2. Davriy to‘lovlarni hisoblash. Amortizasiyani hisoblash uchun Excel funksiyalari Kredit va qarzlar bo’yicha operasiyalarni hisoblash uchun Excel funksiyalari


Download 146.3 Kb.
bet4/20
Sana23.02.2023
Hajmi146.3 Kb.
#1224913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
5-маъруза

BZRASPIS funksiyasi. Agar foizli vaqt davomida o’zgarsa, sarmoyaning (yagona to’lovning) davriy qiymatini hisoblash uchun murakkab foizlarni hisoblagandan keyin BZRASPIS funksiyasini ishlatish mumkin.
Sintaksisi: BZRASPIS(sarmoya, {stavka1;stavka2;…;stavkaN}).
Foizli stavkalarning massivini ishlatishda {stavka1;stavka2;…;stavkaN}stavkalarni foizli ko’rinishda emas, balki son ko’rinishida, masalan, {0,1;0,15;0,05} kiritish kerak. Biroq stavkalar massivi o’rniga mos ravishda foizli stavkalarning o’zgaruvchan qiymatidan iborat yacheyka intervalini yozish qulay.
BZRASPIS funksiyasi (inglizcha varianti FvSchedule) quyidagi ko’rinishga ega:

O’zgaruvchan stavkalarni ishlatishda murakkab foizlar metodi bo’yicha omonatning ko’paygan summasini hisoblashda (12.48) formula (12.19) klassik formulaga mos keladi.
Masala. Olti yilga chiqarilgan 100 ming rubllik obligasiyada foizlarni hisoblashning quyidagi tartibi belgilangan: birinchi yil 10%, ikkinchi yil 20%, qolgan uch yil 25%. Obligasiyaning davriy (ko’paygan) miqdorini murakkab foizli stavka bo’yicha hisoblash.

12.9-rasm. Podbor parametra to’ldirilgan oynasining ko’rinishi
Yechimi. A1:A6 yacheykalarga 10%, 20%, 20%, 25%, 25%, 25% qiymatlar mos ravishda kiritilgan. U holda obligasiyaning ko’paygan mablag’i quyidagicha bo’ladi:
BZRASPIS(100, A1:A6) = 309,38 ming rubl.
(12.48) formula bo’yicha hisoblashda ko’paygan mablag’ quyidagicha bo’ladi:
100(1+0,1)(1+0,2)(1+0,2)(1+0,25)(1+0,25)( 1+0,25)=309,38 ming rubl.
Masala. Oldingi masalada berilgan foizlarni hisoblash rejasidan kelib chiqib, agar obligasiyaning davriy mablag’i 1546,88 ming rubl ekanligi ma’lum bo’lsa, obligasiya nominali hisoblansin.
Yechimi. Masalani yechish uchun Servis, Podbor parametra buyruq menyusi bilan chaqiriladigan Excel paketining parametrni tanlash apparati ishlatiladi.
A1:A6 yacheykaga foizni hisoblash rejasi kiritilsin. V1 yacheykaga =BZRASPIS(V2,A1:A6) formula kiritiladi. V2 yacheyka bo’sh bo’lganligi uchun V1 yacheykada nol qiymat bo’ladi. Kursorni V1 yacheykaga qo’yib, Excel menyusida Servis, Podbor parametra buyruq tanlanadi va Podbor parametra muloqot oynasi 12.9-rasmda ko’rsatilgandek to’ldiriladi.
Natijada V2 yacheykada obligasiya qiymati – 500 ming rubl chiqadi.

Download 146.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling