2. Davriy to‘lovlarni hisoblash. Amortizasiyani hisoblash uchun Excel funksiyalari Kredit va qarzlar bo’yicha operasiyalarni hisoblash uchun Excel funksiyalari


Download 146.3 Kb.
bet5/20
Sana23.02.2023
Hajmi146.3 Kb.
#1224913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
5-маъруза

Joriy mablag’ni aniqlash
Ko’plab hisoblashlarda davriy kirim va chiqimlarda joriy (davriy) mablag’lar tushunchasi ishlatiladi. Bu tushuncha pulning vaqtinchalik qiymati konsepsiyasiga asoslanib, bu vaqtning bir lahzasiga tegishli bo’lmagan kirim va chiqimlar bir muddat diskontirlash vositasida mos tushirilishi mumkin. Joriy mablag’ davriy kirim va chiqimlarni vaqtning boshlang’ich davriga keltirish natijasida olinadi.
Excel hisoblashga ruxsat beradigan bir nechta funksiyalarga ega:

  • omonat (qarz) ning yagona summasi va fiksirlangan davriy to’lovlarning joriy mablag’i – PZ funksiyasi;

  • davriy daromad va o’zgaruvchan xarajatlarning toza joriy mablag’i – NPZ funksiyasi;

  • nodavriy daromad va o’zgaruvchan xarajatlarning toza joriy mablag’i – ChISTNZ funksiyasi.

NPZ va PZ funksiyalarni ishlatadigan hisoblashlar kutilayotgan daromad va xarajatlarning joriy mablag’ini hisoblashda xususiy hol hisoblanadi, qayerdaki umumiy holda o’zgaruvchi bo’lishi va vaqtning turli davrlarida sodir bo’lishi mumkin. PZ funksiyasi yordamida hisoblashni operasiyalar orasida teng kattaliklar va teng intervallardagi pulli oqimlarda ishlatishadi. NPZ funksiyasi vaqtning teng oralig’i orqali amalga oshadigan o’zgaruvchan kattaliklarning pulli oqimida ishlatiladi. ChISTNZ funksiyasi notekis o’zgaruvchi pulli oqimlarni toza joriy mablag’ini hisoblashaga ruxsat beradi.
PZ funksiyasi. Bu funksiya omonat (qarz) ning va davriy fiksirlangan to’lovlarning yagona summasining joriy mablag’ini hisoblash uchun mo’ljallangan. Bu hisoblash BZ funksiyasi yordamida davriy mablag’ni teskari hisoblash hisoblanadi.
Sintaksisi: PZ(norma;kper;vыplata;bs;tip).
PZ funksiyasi qaytaradigan qiymat bu (12.43) formuladagi pv argumentdir.
Bu funksiyani aniq hisoblashlar orqali ko’rib chiqamiz.

  1. Omonatning (qarzning) davriy (ko’paygan) qiymati ma’lum deb hisoblaymiz. Bu omonatning joriy qiymatini aniqlash talab qilinsin, ya’ni bugun hisobga qo’yilishi kerak bo’lgan summa n-chi davr oxirida berilgan qiymatga teng bo’lsin. Bu qiymatni (12.45) formuladan olish mumkin:


(12.49) formula klassik modeldagi (12.23) formulaga mos keladi.
Omonat joriy qiymatining umumiy ko’rinishini hisoblash uchun PZ funksiyani quyidagicha yozish mumkin: =PZ(norm;kper;bs).

  1. Har bir hisoblash davrining boshida yoki oxirida amalga oshadigan bo’lajak davriy doimiy to’lovlarning joriy mablag’ini topish talab etilsin deb hisoblaymiz. Vaqtinchalik mablag’ konsepsiyasiga ko’ra, vositalarning daromadi yoki harajati qanchalar haqiqiy vaqtdan uzoqda bo’lsa, u joriy qiymatni shunchalik kam tasvirlaydi. Shunday qilib, boshqa barcha narsalar teng bo’lgan taqdirda, numerandodan oldingi depozitlarning hozirgi qiymati numerandodan keyingi depozitlarning hozirgi qiymatidan katta.

    1. Har bir davr boshida amalga oshirilgan va rentabellik darajasi r bilan chegirilgan kelajakdagi doimiy davriy (majburiy) to’lovlar seriyasining joriy qiymatini hisoblash quyidagi formulaga muvofiq amalga oshiriladi:


Klassik modelga mos (12.42) formula doimiy prenumerando rentasining hozirgi qiymatini hisoblash imkonini beradi. PZ funksiyasi yordamida bu kattaliklarni hisoblash uchun norma, kper, vыplata hamda tip = 1 argumentlari ishlatiladi.
Bu masalani yechish uchun umumiy formula quyidagi ko’rinishga ega =PZ(norma;kper;vыplata;;1).

    1. Davr oxirida amalga oshirilgan doimiy davriy to’lovlarning (muntazam to’lovlar) joriy qiymatini hisoblash uchun (12.50) formulani o’zgartirish kerak:


Klassik modelning o’xshash formulasi – (12.40). Bu hisoblashga to’g’ri keladigan Excel dagi formula quyidagicha bo’ladi: =PZ(norma;kper;vыplata).
Jimlik qoidasiga ko’ra, tur argumenti 0 ga teng bo’lgani uchun, uni ko’rsatmasa ham bo’ladi.
Masala. Firmaga 12 yildan keyin 5000 ming rubl kerak bo’ladi. Agar qo’yilishi kerak bo’lgan depozit bo’yicha foiz stavkasi yiliga 12% ni tashkil qilsa, depozitga qo’yilishi kerak bo’lgan bitta joriy depozit miqdorini aniqlang.
Yechimi. Hisoblash uchun (12.49) formula yoki unga mos PZ funksiyaning yozuvi ishlatiladi. norma=12%, kper=12, bs=5000 bo’lsa, quyidagicha yozamiz:
PZ(12%;12;;5000)=-1283,38 ming rubl.
Hisoblash natijasi manfiy chiqdi, chunki bu qo’yilishi kerak bo’lgan summa.
Masala. Agar uy sotib olishning ikki varianti bo’lsa: birdaniga 99000 ming rublga sotib olish yoki 15 yil mobaynida oyiga 940 ming rubldan oyiga to’lash. Agar foizli stavka yillik 8%ni tashkil etsa, qaysi variant afzal ekaligini aniqlang.
Yechimi. Taqqoslash uchun biz ushbu pul oqimlarini bir muddatga o’tkazamiz, ya’ni kelajakda belgilangan davriy to’lovlarning joriy qiymatini hisoblaymiz. To’lovlar har bir hisoblash davrining oxirida amalga oshiriladi deb hisoblaymiz. Masala shartiga ko’ra foizlarni hisoblash davri bir oyga teng. 12.3-jadvalga ko’ra kper=15*12 to’lovlar davrining umumiy sonini va norma=8%/12 hisoblash davrining foizli sonini aniqlaymiz. Hisoblash (12.51) formula yoki PZ funksiyasini qo’llab bajarish mumkin:
PZ(8%/12; 15*12;-940) = 98362,16 ming rubl.
So’raladigan narx (99000 ming rubl) davriy to’lovlarning hisoblangan qiymatidan yuqori, shuning uchun uyni darhol sotib olish foydali emas, to’lovlarni 15 yilga uzaytirish yaxshiroqdir.

Download 146.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling