ChISTNZ funksiyasi. Ushbu funksiya o’zgaruvchan to’lovlar va tushumlarning sof joriy qiymatini hisoblab chiqadi:
qayerdaki, r – foizli stavka (diskontirlash normasi); di – i-chi bitim sanasi; d0 – nol bitim sanasi (boshlang’ich sana); valuei - i-chi bitim yig’indisi.
Sintaksisi: ChISTNZ(stavka, {summa0;summa1;...;summaN},{data0; data1;...;dataN}).
Bitimlar sanalari to’lovlar va tushumlar miqdoriga mos kelishi kerak. Hisoblash birinchi operasiya sanasida, ya’ni joriy sana uchun amalga oshiriladi. Shunday qilib, birinchi to’lov (summa0) diskontirli emas. Agar birinchi operasiya sanasidan oldingi sanada hisoblanishi talab etilsa, nolga teng summa0 argumentni berish talab etiladi. Agar bir nechta bitimlar (kutilayotgan to’lovlar va tushumlar) kutilayotgan bo’lsa, oddiy formatdagi bitimlarning sanasi va to’lovidan iborat yacheykalarga havolalarni ko’rsatish mumkin.
Masala. 1 iyul 1998 yildan boshlab 10 mln rubl miqdoridagi sarmoya quyidagicha foyda keltiradi: 15 sentyabr 1998 yilda 2750 ming rubl, 1 noyabr 1998 yilda 4250 ming rubl, 1 yanvar 1999 yilda 5250 ming rubl. Diskontirlash normasi 9%. 1 iyul 1998 yil va 1 iyul 1999 yil uchun sarmoyaning sof joriy miqdorini aniqlang.
V1:Ye1 yacheykaga to’lovlar va tushumlar sanasini, V2:Ye2 yacheykaga bitimlar to’lovini joylashtiramiz. Boshlang’ich to’lov argumentlar soniga minus belgisi bilan joylashtiriladi (yacheyka V2=-10000). A1 yacheykaga 1.07.1997 sanasini, A2 yacheykaga nol qiymatni kiritamiz. 1 iyul 1998 yil va 1 iyul 1999 yil uchun sarmoyaning sof joriy miqdorini quyidagi ko’rinishda yozamiz:
ChISTNZ(9%,V2:Ye2,V1:Ye1) = 1856,25 ming rubl;
ChISTNZ(9%,A2:U2,A1:Ye1) = 1702,99 ming rubl.
Boshlang’ich nol xarajatlarda (V2=0) bo’lajak tushumlarning joriy qiymati 1.07.1998 yilda 11 856,25 ming rublni tashkil etadi.
To’lov muddati va foiz stavkasini aniqlash
Bu guruhning funksiyalari, agar qo’lda bajarilsa, birmuncha qiyin hisoblashlarning kattaliklarini topishga ruxsat beradi:
berilgan davriy qiymatga erishish uchun zarur bo’ladigan doimiy to’lovlar davrining umumiy soni va qarz (omonat) ning boshlang’ich qiymati berilgan qiymatga erishadigan davrlar soni – KPER funksiyasi;
fiksirlangan davriy to’lovlar seriyasi uchun bir davrga doimiy foizli stavka qiymati va omonat yoki qarz bo’yicha foizli stavka qiymati – NORMA funksiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |