2. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining shakllanishi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibi va muddati bo‘yicha tahlili. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining shakllanishi
Download 150.5 Kb.
|
Mavzu Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili
2. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining shakllanishi
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil yetishda ularning shakllanishiga, qarzdorlikning o‘zgarishiga, qarzdorlikning muddati o‘tgan, uzaytirilgan qismiga muhim ye’tiborni qaratish lozim. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining katta summada shakllanishi korxona mablag‘larining immobilizatsiyasi, oborotdan chiqib ketishiga, likvidlikning tushishiga, moliyaviy ahvolning qiyinlashishiga sabab bo‘ladi. Muddati o‘tgan, uzaytirilgan debitorlik va kreditorlik qarzdorligi ayniqsa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari o‘zaro hisob-kitoblarda mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritish va ular bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirishning turli hisobot sanalariga tushishidan ro‘y beradi. Agarda kelishilgan muddatlar yoki qonunchilikda belgilangan muddatlar oshib ketmasa, ularning yuzaga kelishi hech qanday salbiy oqibatlar olib kelmaydi. Korxonada debitorlik va kreditorlik qarzlarining bitta korxonada yuzaga kelishi faqat uning o‘zigagina jarayonlarni murakkablashtirmaydi, balki qarshi tomonlar bilan bog‘langan butun bir tizimdagi holatni ham izdan chiqishiga olib keladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini haqiqiy miqdorini bilish uchun ularni inventarizatsiyalash zarur. Inventarizatsiya natijalari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar saldosini tasdiqlaydigan solishtirish dalolatnomalari yoki xatlar bilan rasmiylashtiriladi. O‘tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek‚ ularni o‘tkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks yettirilishi kerak.5 “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug‘iga ko‘ra buxgalteriya balansida debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tarkibining quyidagi qatorlari tarkiblanadi.6 Debitorlik majburiyatlarining shakllanish qatorlari7
Korxonada debitorlik majburiyatlari davr boshiga nisbatan quyidagi o‘zgarishlarga yega bo‘lgan. Jami debitorlik majburiyatlari davr boshiga nisbatan 8 667 306 ming so‘mga ortgan. Shundan: xaridor va buyurtmachilarning qarzi (4000 dan 4900 ning ayirmasi) 36 901 779 ming so‘mga, xodimlarga berilgan bo‘naklar (4200) 104 708 ming so‘mga, budjetga soliq va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (4400) 18 684 450 ming so‘mga, maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (4500) 5 636 288 ming so‘mga, xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzi (4700) 102 387 ming so‘mga, boshqa debitorlik qarzlari (4800) 4 328 834 ming so‘mga kamaygan. Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarning qarzi (4120) 1 453 605 ming so‘mga, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar (4300) 11 171 374 ming so‘mga ortganligini ko‘rish mumkin. Kreditorlik majburiyatlarining shakllanish qatorlari
Korxonada joriy majburiyatlar davr boshiga nisbatan 20 140 515 ming so‘mga ortgan. Jumladan, tarkibi bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz (6000) 7 046 060 ming so‘mga, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarga qarz (6120) 68 226 790 ming so‘mga, kechiktirilgan daromadlar (6210, 6220, 6230) 160 913 ming so‘mga, budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (6400) 6 968 476 ming so‘mga, maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz (6520) 11 178 370 ming so‘mga, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz (6700) 32 669 522 ming so‘mga, boshqa kreditorlik qarzlar (6950 dan tashqari 6900) 7 169 260 ming so‘mga ortgan. Olingan bo‘naklar (6300) 61 221 791 ming so‘mga, qisqa muddatli bank kreditlari (6810) 6 926 845 ming so‘mga, qisqa muddatli qarzlar (6820, 6830, 6840) 1 038 121 ming so‘mga davr boshiga nisbatan kamaygan.
Download 150.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling