2. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish strategiyasi


Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish strategiyasi


Download 33.79 Kb.
bet2/3
Sana24.03.2023
Hajmi33.79 Kb.
#1290277
1   2   3
Bog'liq
terror

2.Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish strategiyasi
Inson huquqlarini himoya qilish va huquq ustuvorligini ta’minlash Konstitutsiyamizda mustahkamlangan. Har bir fuqaroga tabiiy va ajralmas huquqlar – yashash, shaxsiy hayot daxlsizligi, fikrlash erkinligi, axborot olish huquqi, aybsizlik prezumsiyasi kafolatlanadi.
Shu o‘rinda inson huquqlari nimada namoyon bo‘ladi va u qay holatlarda huquqiy kafolatlanadi, degan savol vujudga keladi. Bu borada qator me’yoriy hujjatlar qabul qilinib, bular jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 31-oktyabrdagi farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-noyabrdagi «Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi qarorini misol qilib keltirish mumkin. Unga ko‘ra, BMTning inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etilib, uning nizomi va tuzilmasi tasdiqlangan.
Davlatimiz rahbarining 2020-yil 22-iyundagi «Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni ham inson huquqlari ustuvorligini ta’minlash, bu harakatlarni amalga oshirish jarayonida terrorizmga qarshi kurashning fundamental asoslarini ham o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonunining 2-moddasiga ko‘ra, terrorizm – siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob’ektlarning yo‘q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar tushunilishi bildirilgan.
So‘nggi yillarda terrorizmning diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bog‘liqlik holatlari kuzatila boshlangan. Mazkur qonunning 8-moddasida terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlari – Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining vazifalari belgilab berilgan.
Shu bilan birga, Prezidentimizning 2021-yil 1-iyuldagi «2021 – 2026-yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilingan. Respublikamiz konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, milliy xavfsizlik, shuningdek, fuqarolarning ushbu sohadagi huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha samarali va bir vaqtning o‘zida muvofiqlashtirilgan davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash strategiyaning maqsadi sifatida belgilangan.
Yangi O‘zbekistonning 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da mamlakatimizni rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida qariyb 100 ta maqsadga erishish nazarda tutilmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 22-yanvardagi «2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonining «Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish» deb nomlangan oltinchi bo‘limida ham kelgusida terrorizmga qarshi murosasiz kurash olib borilishi qayd etilgan. Mamlakatimizning terrorizmga qarshi kurashdagi qat’iy pozitsiyasini namoyon qiluvchi ushbu bo‘limda quyidagilar o‘z aksini topgan:
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha samarali davlat siyosatini amalga oshirish;
ekstremizm va terrorizmni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olishga qaratilgan preventiv mexanizmlarni takomillashtirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yot g‘oyalar ta’sirining oldini olish va ularning ta’siriga tushib qolganlar bilan tizimli ishlash orqali ularning muammolarini bartaraf etish;
aholi, ayniqsa, yosh avlodda terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi qat’iy va barqaror immunitetni shakllantirish;
ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning xalqaro-huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda xorijiy davlatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish;
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishga qarshi kurash sohasida axborot hamda tajriba almashish;
faoliyati ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda faol ishtirok etish;
Markaziy Osiyoda BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni birgalikdagi harakatlar rejasi doirasida muvofiqlashtirish;
Markaziy Osiyoda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi ishlar doirasida axborot almashinuvi va hamkorlikni rivojlantirishga yordam beruvchi xalqaro tashabbuslarni amalga oshirishda O‘zbekistonning rolini kengaytirish;
dunyo hamjamiyati va mintaqaviy tashkilotlar e’tiborini Afg‘onistonda tinchlik va hamjihatlikni ta’minlash borasidagi tashabbus­larni jadallashtirish hamda ushbu mamlakatni mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga, shu jumladan, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga jalb qilish.
Shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish, huquq ustuvorligini ta’minlashda hamda terrorizmga qarshi kurashda quyidagilar amalga oshirilishi kerak, deb hisoblaymiz:
Birinchidan, qabul qilingan hujjatlar to‘liq amalga oshirilishi va so‘zsiz rioya etilishi holatini doimiy tahlil qilib borish.
Ikkinchidan, xalqaro tashkilotlar va ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasini chuqurroq o‘rganishni davom ettirish va uni milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish.
Uchinchidan, aholining huquqiy savodxonligi va ijtimoiy-siyosiy bilimlarini muntazam oshirib borish.
To‘rtinchidan, hozirda dunyoning qator davlatlarda turli vayronkor g‘oyalarni amalga oshirish maqsadida terroristik harakatlarni amalga oshirayotgan siyosiy guruhlarga ko‘r-ko‘rona qo‘shilib ketishning oldini olish maqsadida soha mutaxassislari tomonidan targ‘ibot ishlarini muntazam olib borishni davom ettirish. Bunda inson huquqlariga zid bo‘lgan, o‘zgalar huquqini poymol etishga qaratilgan harakatlarning mazmun-mohiyati va farqli jihatlarini to‘liq tushuntirish lozim. 
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 1 iyuldagi farmoni (PF-6255) bilan 2021−2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasi tasdiqlandi.
«Strategiyaning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, milliy xavfsizlik, shuningdek, fuqarolarning ushbu sohadagi huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha samarali va bir vaqtning o‘zida muvofiqlashtirilgan davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlashdir», — deyiladi hujjatda.
Strategiyada qayd etilishicha, estremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi mavjud tajriba, shuningdek, mintaqa davlatlaridagi mazkur tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha holatning retroprospektiv va qiyosiy tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, Markaziy Osiyoda ekstremistik va terrorchilik faoliyati, asosan, millatchilik (milliy), ijtimoiy, diniy va boshqa radikal siyosiy g‘oyalar ostida amalga oshirilmoqda.
Quyidagilar strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishining oldini olish maqsadida vatanparvarlik, an’anaviy qadriyatlar va bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilish;

  • voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldini olish;

  • xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi rolini kuchaytirish;

  • uzoq muddat xorijda bo‘lgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish;

  • ekstremistik va terrorchilik maqsadlarida Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishga qarshi kurashish;

  • fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi ishtirokini ta’minlash;

  • ekstremistik va terrorchilik harakatlari, shuningdek, ularni moliyalashtirganlik uchun huquqiy ta’qib va javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish;

  • ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

  • xalqaro va mintaqaviy hamkorlik.

Strategiyani uch bosqichda amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Download 33.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling