2-fakultet «iqtisodiyot» kafedrasi mavzu: O’zbekistonning eksport salohiyati va uning tavsifi


Mamlakatimizning jahon bozoriga kirib borishdagi mavjud muammolari


Download 190.55 Kb.
bet9/12
Sana04.11.2023
Hajmi190.55 Kb.
#1745632
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Javoxir Mikro-Makro

4.Mamlakatimizning jahon bozoriga kirib borishdagi mavjud muammolari


va ularning yechimlari.
Mamlaklatimiz iqtisodiyotida amalgam oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar alohida e‘tiborga loyiqdir. Ma‘lumki, bizga sobiq sovet tizimidan bir tomonlama rivojlangan, faqat xomashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan, paxta yakkahokimligi halokatli darajaga chiqqan, ishlab chiqarish va sotsial infratuzilmasi o‘ta qoloq, aholi jon boshiga iste‘mo ko‘rsatkichi eng past bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Shuni e‘tiborga oladigan bo‘lsak, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalgam oshirish respublikamiz uchun muhim strategic ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu o‘z o‘rnida mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazmay qolmadi. Mustaqillikning ilk yillarida mamlakatimiz chetga faqatgina xomashyo eksport qilish bilan cheklanib, kata miqdorda tayyor mahsulotlarni import qilishiga to‘g‘ri keldi. Prezidentimizning olib borgan odilona siyosatlari va o‘z vaqtida qabul qilgan aqlli qarolari natijasida mamlakatimizda xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan zavot fabrikalar qurilmoqda. Ammo hali ham respublika eksportida xomashyo tovarlari tayyor mahsulotlarga qaraganda ko‘proq ulushga ega.
«Biz uchun asosiy vazifa – ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat bo’lishi zarur. Shu borada ichki imkoniyat va zaxiralarimizni ishga solishning eng muhim yo’nalishi bizning zaminimizdagi boy mineral xomashyo va o’simlik dunyosi resurslarini chuqur qayta ishlashni bosqichma-bosqich oshirib borish, shuningdek, yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishning hajmi va turini kengaytirishdan iborat bo’lishi kerak. Boshqacha aytganda, xomashyoni jahon bozorida talab kata bo’lgan mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlashning 3-4 bosqichli tizimiga o’tishimiz zarur. Bu tizimning ma‘no-mohiyati shundan iboratki, u birinchi bosqichda xomashyoni dastlabki qayta ishlash, ya‘ni yarim fabrikatlar tayyorlash, keying bosqichda sanoat asosida ishlab chiqarish uchun tayyor materiallarga aylantirish, uchinchi, yakuniy bosqichda esa iste‘mol uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Bu boradagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda har bir turdagi birlamchi xomashyo, ya‘ni yarim fabrikatlarni chuqur qayta ishlashdan tortib, uni iste‘mol uchun tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo’lgan yakuniy bosqichga qadar butun ishlab chiqarish jarayonini kuzatib borish zarurati paydo bo’lmoqda. Muxtasar aytganda, ishlab chiqarishni tashkil etishning butun jarayonini – xomashyoni chuqur qayta ishlashdan toki uni tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo’lgan yo’lini – siklini, sarflangan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi va nechog’liq o’zini qoplashini asoslab bergan holda, prognoz qilishni ta‘minlash darkor.
Hisob-kitoblar shuni ko’rsatmoqdaki, yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida 2030-yilda, yangi turdagi tovarlar tayyorlashni o’zlashtirish asosida neft-gaz-kimyo sohasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 3,2 barobar, rangli metall mahsulotlari 2,2-marta, qora metalldan tayyorlanadigan buyumlar 2,3 karra, kimyo sanoati mahsulotlari, jumladan, mineral o’g’itlar 3,2 barobar ko’payishi mumkin.
Zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini va meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tashqi va ichki bozorda talab yuqori bo’lgan tayyor, ekologik toza to’qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030-yilda 5,6-marta, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini esa 5,7 karra oshirish imkonini beradi»7.
Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada ortib ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda eksportchi korxonalarni og‘ir ahvolga solib qo‘yish mumkin.
Buning natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, eksport umumiy hajmining kam sonli davlatlarga bog‘lanib qolishi ham qaltis holat hIsoblaanadi.



Download 190.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling