2. Fanning paydo bo’lish manbaalari Rivojlanish bosqichlari
Download 33.65 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlari
- Jismoniy tarbiya tizimininrg
2-Mavzu. Jismoniy tarbiya va sport – sog‘lom avlodni tarbiyalash omili.
Reja 1. Jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtiruvchi vazifalari 2. Jismoniy tarbiyaning ta’limiy vazifalari 3. Jismoniy tarbiyaning tarbiyaviy vazifalari Jismoniy tarbiyaning maqsadi jismonan sog‘lom, baquvvat, Vatan mudofaasiga, hayotga va mehnatga tayyorlashdir. Bu maqsad mamlakatimizda kishilarning jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi hamma muassasa va tashkilotlar uchun yagonadir. Ko‘rsatilgan maqsad asosida 1.Sog‘lomlashtirish;, 2. Ta’limiy 3. Tarbiyaviy vazifalar hal etiladi. Suyak, bog‘lam, bo‘gin tizimi tana holatini, shuningdek qismlarining turli yo‘nalishlarda harakatlanish imkoniyatini ta’minlaydi. Suyak apparati bog‘lam va bo‘g‘inlarni to‘g‘ri va vaqtida rivojlantirish tanani me’yorda ushlab to‘rishga hamda hamma organ va tizimlarni rivojlantirishini ta’minlaydi. Umirtqa pog‘onasining qiyshayishi, bukirlik, yassi oyoqlik muhim organlarining ish sharoitlarini buzadi, bu esa kelajakda kasalikka olib keladi. Bolalarda suyak tizimi nisbatan bo‘sh, chunki unda bir qancha nayxujayralari bo‘ladi: bo‘g‘inlar ancha harakatchan, bog‘lash apparati oson cho‘ziladi, paylari kattalarnikiga qaraganda bo‘sh va kalta. Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlari Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlari bu goyavilik, halqchillik va ilmiyliklar. Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyaviyligi bu uning yo‘nalishligidir (vatanparvarlik, o‘z vatanini sevish va boyitish va h.k) Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida ichki dunyoqarash shakllanib boradi hamda jamiyat a’zolarining ahloq kodeksi ruhida ahloqiy sifatlar tarbiyalanib boradi. Bizning jismoniy tarbiya tizimining mustaqil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining har tomonlama jismonan va ruhan qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya tizimining goyasi uning vazifalari, prinsiplari, metodlari, shuningdek tashkiliy asoslarida o‘z ifodasini topgan. Jismoniy tarbiya tizimining yo‘nalishi: mamlakatimizda butun fuqarolar uchun yagona bo‘lgan jismoniy tarbiya tizimi tuzilgan. Jismoniy tarbiya tizimininrg umumiy prinsiplari. Jismoniy tarbiya tizimining umumiy prinsiplari quyidagilar: 1) jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy tayyorgarlik bilan aloqadorlik prinsipi; 2) shaxsni har tomonlama rivojlantirish prinsipi; 3) jismoniy tarbiyani sog‘lomlashtirish maqsadiga yo‘naltirilgan prinsipi. Har qanday mustaqil davlatda jismoniy tarbiya davlat muassasalarida,jamoatchilik asosidagi jismoniy tarbiya tashkilotlarida va oilada amalga oshiriladi. Davlat muassasalarida jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama rivojlantirishning majburiy elementi sifatida qaraladi. Jamoatchilik asosidagi tashkilotlarda jismoniy tarbiya va sport ishi ko‘ngilli tarzda olib boriladi. Download 33.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling