2. Fanning paydo bo’lish manbaalari Rivojlanish bosqichlari
Reja 1.Mutaxassislarni tayyorlashda tizimli yondashuv
Download 33.65 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sportning o‘rni.
Reja
1.Mutaxassislarni tayyorlashda tizimli yondashuv 2.Iqtidorli mutaxassislarni aniqlash 3.Fan bo’yicha olib borilayotgan tadqiqotlar O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limning birinchi va ikkinchi bosqichida kasb ta’lim dasturlari talablarini quyidagicha blok fanlarni o‘zlashtirishini ko‘zda tutilgan va u doimiy ravishda takomillashtirilib borilmoqda: 1. Gumanitar va sotsial-iqtisodiy fanlar; 2. Matematik va tabiiy ilmiy fanlar; 3. Umumiy kasbiy ta’lim fanlari; 4. Maxsus kasbiy ta’lim fanlari; Bu blokdagi fanlarning hammasi bir-biri bilan organik bog‘langan bo‘lib, bakalavrlarni pedagogik trenerlik, tashkilotchilik, boshqaruvchanlik va ilmiy izlanish faoliyatini mamlakatimizdagi jismoniy harakatni har-xil pog‘onasida ishlashga tayyorlaydi. O‘quv fanlarini o‘rgatish jarayonida, shu jumladan yengil atletika mashqlarga o‘rgatish jarayonida bo‘luvchi bakalavrlarni jismoniy tarbiya nazariyasini va uslubiyatini va sport trenirovkasi bilimlari bilan qurollantirish zarur; - jismoniy tarbiya tizimini ilmiy, sotsial-iqtisodiy va tashkiliy metodik usullarini; - jismoniy tarbiyani tabiiy-ilmiy asoslari va sport trenirovkasini umum metodologik, psixo-pedogogik tomonlarini; - yengil atletikadagi har xil yoshdagi va sport tasnifidagi sportchilarni tayyorlashda ilmiy-metodik, tashkiliy boshqaruvchanlik va xususiy uslublarni bilishi; - yengil atletika sportini nazariyasi va amaliyotini zamonaviy holatini, aralash bilimlarning joriy ilmiy tadqiqotlari natijalari asosiy yo‘nalishlarini; - yengil atletika sportini yengil atletika mashqlarning texnika evolyusiyasini, sport trenerovkasi va o‘rgatish uslublarini asosini, shuningdek boshqa sport turlarini boshlang‘ich uslublarini; Ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sportning o‘rni. Jismoniy tarbiya va sportning o‘rni hamda ta’lim tizimidagi funksiyalari deganda unga xos bo‘lgan insonga ta’sir o‘tkazish va insoniy munosabatlarning ob’ektiv xususiyatlari, shuningdek shaxs va jamiyatning ma’lum talablarini qanoatlantirish va rivojlantirish tushuniladi. Sportning funksiyalarini, shartli ravishda, ixtisoslik (alohida ob’ektiv hodisa sifatida faqatgina unga xos bo‘lgan) va umumiy funksiyalarga bo‘lish mumkin. Ixtisoslik funksiyalariga musobaqaviy – etalonli va evristik – yutuqlilik funksiyalari kiradi. Umumiy funksiyalarga, hozirgi paytda, ijtimoiy-jamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan shaxsiy - yo‘naltirilgan tarbiya, ta’lim va rivojlantirish funksiyalari; sog‘lomlashtirish - rekreativ funksiyalar; emotsional - tomoshabinlik funksiyasi; ijtimoiy integratsiyalash va shaxsni ijtimoiylashtirish funksiyasi; kommunikativlik funksiyasi va iqtisodiy singari funksiyalar kiritiladi. Download 33.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling