2. Fizikaning bоshqa fanlar bilan alоqasi


Idеal gaz qоnunlari. Idеal gazning hоlat tеnglamasi


Download 39.2 Kb.
bet6/12
Sana13.04.2023
Hajmi39.2 Kb.
#1350950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fizika oraliq nazorat savollari shppi

14. Idеal gaz qоnunlari. Idеal gazning hоlat tеnglamasi.
Ideal gaz — molekulalari oʻzaro mutlaqo taʼsirlashmaydigan gaz; bunda gazni tashkil etuvchi molekulalarning xususiy hajmlari eʼtiborga olinmaydi.
Holat tenglamasi - sistemaning muvozanatli holatini ifodalovchi parmetrlarning oʻzaro bogʻlanishini koʻrsatuvchi matematik tenglik. Mas, aniq t massaga ega boʻlgan ideal gazning muvozanatli holati R bosim, V hajm, T temperaturadan iborat makroskopik parametrlar orqali toʻla ifodalanadi. Parametrlardan biri, mas, hajmning oʻzgarishi, albatta bosim va temperatura yoki ulardan birining oʻzgarishiga olib keladi. Holat tenglamasiga misol tarzida ideal gaz uchun Klapeyron — Mendeleyev tenglamasini keltirish mumkin:bunda M — gazning molyar massasi, Ya — gaz doimiysi.Suyuqliklar va qattiq jismlar Holat tenglamasilarini olish uchun ularni tashkil etuvchi molekulalarning ilgarilama, aylanma va tebranma harakatlari hamda molekulalar orasidagi oʻzaro taʼsirlari toʻla oʻrganilgan boʻlishi kerak. Guk qonunidat elastiklik modulshtt temperatura va bosimga bogʻlikligi qattiq jismlar uchun Holat tenglamasi hisoblanadi.


15. Idеal gaz molekular - kinеtik nazariyasining asоsiy tеnglamasi. Issiqlik harakati. Issiqlik miqdоri. Issiqlik sig`imi. Solishtirma issiqlik sigʻimi — bir kilogramm modda haroratini bir Kelvinga oshirish uchun sarflanadigan issiqlik energiyasi miqdori. SIga koʻra solishtirma issiqlik sigʻimi «kilogramm Kelvinga Joul» (J/kg K) da oʻlchanadi. Mexanik energiya bilan bir qatorda har qanday jism (yoki tizim) ichki energiyaga ega. Ichki energiya dam olish energiyasidir. U jismni tashkil etuvchi molekulalarning issiqlik xaotik harakatidan, ularning nisbiy holatining potensial energiyasidan, atomlardagi elektronlarning, yadrolardagi nuklonlarning kinetik va potensial energiyasidan va hokazolardan iborat.


16. Idеal gazning ichki enеrgiyasi va gazlarning issiqlik sig`imlari.
Ideal gaz — molekulalari oʻzaro mutlaqo taʼsirlashmaydigan gaz; bunda gazni tashkil etuvchi molekulalarning xususiy hajmlari eʼtiborga olinmaydi. Har qanday real gaz zichligi juda kichik boʻlgan hollarda u oʻzining tabiati boʻyicha I. g . ga yaqinlashib boradi. T-raning katta qiymatlarida, yaʼni molekulalarning oʻrtacha kinetik energiyalari molekulalarning oʻzaro taʼsirlashishi natijasida vujudga kelgan oʻrtacha potensial energiyalaridan juda katta boʻlganda ham real gazlarni I. g . lar deb qarash mumkin. I. g . ning ichki energiyasi shu gazni tashkil etuvchi barcha molekulalarning xaotik (tartibsiz) ilgarilama va aylanma harakat kinetik energiyalari bilan molekulalardagi atomlarning xaotik tebranma harakati kinetik va potensial energiyalarining yigʻindisiga teng . Aniq massa t ga ega boʻlgan I. g . ning muvozanatli holatini bosim r, hajm V va temperatura T dan iborat makroskopik parametrlar orqali toʻla ravishda ifodalaniladi. Bu parametrlarning oʻzaro bogʻlanishini ifodalovchi I. g . ning holat tenglamasi pV=~kT odatda Klapeyronmendeleyev tenglamasi deb ataladi, bunda M — gazning molyar massasi. Koʻpgina amaliy masalalarni hal etishda real gazlarga I. g . lar uchun keltirib chiqarilgan, oddiy koʻrinishga ega boʻlgan qonuniyatlarni katta aniqlik bilan tadbiq etish mumkin.[1]



Download 39.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling