2. Fonetik birliklar haqida umumiy tushuncha
Ingliz tilidagi so‘zlarda bo‘g‘in ajratish qoidalari
Download 189.17 Kb.
|
Chet til fonetik xulosa
Ingliz tilidagi so‘zlarda bo‘g‘in ajratish qoidalari
1. Agar so‘zda ikki unli harf o‘rtasida bitta undosh harf bo‘lsa, bo‘g‘in chizig‘i ana shu undosh oldidan o‘tadi. Misol: na/me, ti/me, ki/te, e/ve, ba/by. 2. So‘zda ikki unli harf o‘rtasida ikkita undosh harf bo‘lsa, bo‘g‘in chizig‘i shu undoshlar o‘rtasidan o‘tadi. Misol: pen/ny, in/tend/ doc/tor/ let/ter. Eslatma: Agar ikki unli harf o‘rtasidagi ikki undosh harf quyidagilar kabi bo‘lsa, u holda bo‘g‘in chizig‘i shu ikki undosh oldidan o‘tadi. «bl», «dl», «tl», «gl», «cl», «br», «pr», «dr», «tr», «th» va boshqalar. Misol: a/ble, i/dle, li/brary, A/pril, ba/the. 3. So‘zda ikki unli harf o‘rtasida uchta undosh harf kelsa, yuqoridagi qoidalarni hisobga olgan holda bo‘g‘in chizig‘i o‘tkaziladi. Misol: lit/tle, mid/dle. 4. So‘z o‘rtasida kelayotgan unli harflar digraf bo‘lmasa, bo‘g‘in chizig‘i shu unlilar o‘rtasidan o‘tadi. «Digraf» so‘zi haqida keyinroq to‘xtalamiz. Masalan: pi/a/no, cu/ri/ous. MASHQLAR: I mashq. Quyidagi so‘zlarning bo‘g‘in turini aniqlab, transkripsiya qiling: ham hate full fume bad made pull blue met mete ill line bed be him time II mashq. Quyidagi so‘zlardagi qiyoslab berilgan tovushlarning talaffuziga e’tibor bering: hot home tab table cod code lid little tip type bug bugle pyx cry bat bathe III mashq. Quyidagi so‘zlarda nechta harf va nechta tovush borligini aniqlang: Ann, hut, chute, blue, little, time, name, Bess, note, middle. IV mashq. «o» harfini so‘zdagi holatiga qarab talaffuz qiling: not no note sod so sole got go home Tom toe tole V mashq. «U» harfining so‘zdagi holatini aniqlab, transkripsiya qiling va o‘qing: mule — rule tune — chute dune — June fule — blue cute — lute mute — rude fume — plume cute — jute VI mashq. Unli fonemaning o‘zgarishi bilan so‘zning ma’nosi o‘zgarishiga e’tibor berib, talaffuz qiling: yomon — bad bed — karavot yigit— lad led — boshlab bordi kishi — man men — kishilar qum — sand send — jo‘natmoq jamoa — band bend — egmoq kulba — hut hot — issiq ishqalamoq — rub rob — o‘g‘irlamoq yong‘oq — nut not — emas (yo‘q) zerikarli — dull doll — qo‘g‘irchoq yopmoq — shut shot — otdi (o‘q). Download 189.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling