2-geografik kartalar va ularning elementlari ma’ruza rejasi


 Xaritalarni masshtabi va ularda tasvirlangan hudud maydoniga ko‘ra


Download 201.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana23.02.2023
Hajmi201.51 Kb.
#1224053
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu

2. Xaritalarni masshtabi va ularda tasvirlangan hudud maydoniga ko‘ra 
tasniflash. 
Geografik (umumgeografik) xaritalar masshtabining yirik-maydaligiga qarab 
qo‘yidagi uchta guruh xaritalarga bo‘linadi. 
-yirik masshtabli (masshtabi 1:100 000 va undan yirik). 
-o‘rta masshtabli (masshtabi 1:200 000 dan 1:1 000 000 gacha). 
-mayda masshtabli (masshtabi 1:1 000 000 dan mayda). 
Masshtabi 1:100 000 va undan yirik bo‘lgan umumgeografik xaritalar 
topografik xaritalar deyiladi. Bu xaritalarda hudud topografik jihatdan aniq va 
mukammal tasvirlanadi. Shuning uchun ham topografik xaritalar hududni aniq va 
mukammal o‘rganish hamda tekshirish, turli inshootlar qurish, shuningdek, aniq 
o‘lchash va hisoblash ishlarida, joyda oriyentirlashda keng qo‘llaniladi. 
Masshtabi 1:200 000 dan 1:1 000 000 gacha bo‘lgan umumgeografik xaritalar 
obzor topografik xaritalar deb ataladi. Bu xaritalarda hudud topografik xaritalarga 
qaraganda 
birmuncha 
umumlashtirib 
tasvirlanadi. 
Ulardan 
iqtisodiyotni 
rivojlantirish rejalarini va loyihalarini tuzishda, yirik qurilish inshootlarini joylarini 
belgilashda, hududni dastlabki o‘rganishda keng foydalaniladi. Obzor topografik 
xaritalar hududni geografik jihatdan o‘rganish, geografik rayonlashtirish, shu xarita 
masshtabida turli xil mavzuli va maxsus xaritalar hamda mayda masshtabli obzor 
xaritalar va atlaslar tuzishda asos sifatida, harbiy ishlarda, chunonchi turli operativ-
taktik masalalarni hal qilishda qo‘llaniladi. 
Masshtabi 1:1 000 000 dan mayda bo‘lgan umumgeografik xaritalar obzor 
xaritalar deyiladi. Bu xaritalarda hudud topografik jihatdan ancha umumlashtirib 
tasvirlanadi. 
Shuning 
uchun 
ham 
ular hudud to‘g‘risidagi umumiy 
ma’lumotlarnigina bera oladi. 
Xaritalar ularda tasvirlangan hudud maydoniga ko‘ra dunyo, yarim sharlar. 
materiklar (qit’alar), okeanlar, dengizlar, alohida davlatlar xaritalari va boshqa 
xaritalarga bo‘linadi. Tabiiy geografik, iqtisodiy geografik va ma’muriy-hududiy 
tamoyillarga (bo‘linishga) ko‘ra har bir davlat yoki materik xaritalarini yana 
guruhlarga ajratish mumkin. Masalan, materiklarning tabiiy geografik rayonlari 
xaritasi, alohida davlatlarning tabiiy-geografik rayonlari xaritasi bunga misol bo‘la 
oladi. Farg‘ona, Chirchiq-Ohangaron, Mirzacho‘l, Zarafshon, Qashqadaryo, 
Surxondaryo, Qizilqum, Ustyurt va Qo‘yi Amudaryoning xaritalarini 
O‘zbekistonning tabiiy-geografik rayonlari xaritalariga misol qilib ko‘rsatish 
mumkin. 
Toshkent, Mirzacho‘l, Samarqand. Farg‘ona, Buxoro-Navoiy, 
Qashqadaryo, Surxondaryo va Qo‘yi Amudaryoning xaritalarini O‘zbekistonning 


iqtisodiy-geografik rayonlari xaritalariga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Dunyo 
okeani xaritalari ham dastlab okeanlar yoki ularni havzalari va so‘ngra alohida-
dengizlar, qo‘ltiqlar va bo‘g‘ozlar xaritalariga bo‘linadi. Alohida davlatning 
ma’muriy-hududiy bo‘linishi xaritalariga misol qilib O‘zbekiston Respublikasi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ma’muriy viloyatlar va rayonlar (tumanlar) 
xaritalarini ko‘rsatsa bo‘ladi. 

Download 201.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling