2. Globallashuv sharoitida xalqaro iqtisodiy munosabatlar xususiyatlari. Xalqaro savdo aloqalari va xalqaro iqtisodiy munosabatlar


O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarish xususiyatlari


Download 56.14 Kb.
bet7/8
Sana15.12.2022
Hajmi56.14 Kb.
#1007963
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
18-mavzu

O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarish xususiyatlari


Mamlakatimizda investitsiya iqlimini yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish, biznesni jadal rivojlantirish uchun asos sifatida investitsiya va tashqi savdo faoliyatini samarali tartibga solish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
SHu bilan birga, investitsiya jarayonining mahsulotni tashqi bozorlarda ilgari surish yakuniy ko‘rsatkichlari bilan sust bog‘langanligi saqlanib qolmoqda. Davlat boshqaruvining amaldagi tizimi investitsiya va savdo masalalarini alohida tartibga solishga asoslangan, bu esa mazkur sohalarda tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Respublikaning investitsiya salohiyatini oshirish, iqtisodiyotning ustuvor soha va tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya kiritish jarayonining raqobatbardosh eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirishning muhim yo‘nalishlari etib hisoblandi:
birinchi – raqobatbardosh eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida mahalliy va xorijiy tadbirkorlarga O‘zbekistonning ustuvor soha, tarmoq va hududlariga investitsiya kiritish uchun qulay investitsiya iqlimi va rag‘batlarni yaratish, shuningdek, har bir davlat organi tomonidan investitsiyalarni faol jalb qilish va savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi vazifalarning so‘zsiz bajarilishi;
ikkinchi – mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini hal qilish uchun davlat moliyaviy vositalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz resurslari va texnik ko‘maklashish vositalari (grantlari)dan foydalanish samaradorligini oshirishga imkon beruvchi markazlashgan investitsiyalarning boshqaruv tizimini yaratish;
uchinchi – O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarini jadal rivojlantirishni ta’minlash, ilg‘or texnologiyalarni transfer qilish uchun xorijiy, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb qilish, ishbilarmonlik va investitsiya iqlimini bosqichma-bosqich takomillashtirish;
to‘rtinchi – respublikaning iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining xorijiy investorlar, savdo bo‘yicha hamkorlar, xorijiy hukumat va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro samarali aloqalarini ta’minlash;
beshinchi – barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida optimal bojxona-tarif siyosatini amalga oshirish, Jahon savdo tashkilotiga integratsiyalash, boshqa ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy tizimlar bilan hamkorlik qilish;
oltinchi – eksport qiluvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, savdo, shu jumladan, tashqi savdo infratuzilmasini, elektron tijorat tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish, mazkur sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;
ettinchi – mahalliy tovarlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, samarali transport yo‘laklarini shakllantirish, etkazib berish geografiyasini diversifikatsiya qilish maqsadida zamonaviy logistika tarmoqlarini rivojlantirish;
sakkizinchi – tashqi bozorlarda mahalliy tovarlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun mahsulotni sifat jihatdan boshqarishning zamonaviy tizimlarini keng joriy qilishni hamda ularning xalqaro standartlar va texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini ta’minlash, savdoning barqaror o‘sishi va investitsiya siyosatini faollashtirishni ta’minlovchi ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining vakolatli vakillari va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari negizida Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalari tashkil etish.
Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, xorijiy, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni muvofiqlashtirish, xalqaro moliya institutlari (boshqaruv ofislari) va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, shuningdek, tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul vakolatli davlat organi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan o‘rta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi asosida hududlar va tarmoqlarning rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi;
mamlakatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish doirasida vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda eksportni qo‘llab-quvatlash strategiyasini, shu jumladan, uni rag‘batlantiruvchi instrumentlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
xalqaro va xorijiy hukumat moliya institutlarining jalb qilinadigan kredit resurslari va texnik ko‘maklashish vositalari (grantlari)dan, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘laridan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan markazlashgan investitsiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazining ichki va tashqi bozorlardagi savdo faoliyatiga ta’sir qiluvchi choralarni qo‘llash qismi bo‘yicha harakatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda davlat organlari vakolatlarining investitsiyaviy, shuningdek, savdo faoliyatiga ta’sir etish nuqtai nazaridan xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlasin va qo‘llaniladigan choralarni Vazirlik bilan kelishish tartibini tasdiqlandi.
4. Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatda o‘zaro samarali hamkorlikni amalga oshirish;
davlat organlari va tashkilotlarining, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamda xorijiy moliya va iqtisodiy institutlardagi doimiy vakillarining, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasalarida tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining investitsiyaviy hamkorlik masalalari borasidagi xalqaro shartnomalarini tayyorlash, kelishish va imzolashda ishtirok etish;
investorlar bilan doimiy qayta aloqani yo‘lga qo‘yish, investitsiyalarni jalb qilishda hududlar va mahalliy kompaniyalarga ko‘maklashish, investitsiya takliflarini ishlab chiqishni tashkillashtirish;
tashqi savdo sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tiziminingsamarali ishlashiga ko‘maklashish va ta’minlash, tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
savdoda tarif va notarif tartibga solish choralarini qo‘llash hamda elektron tijorat tartib-taomillarini takomillashtirish bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlash;
O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish va boshqa ko‘p tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
ulgurji va birja savdolarini tartibga solish masalalarini muvofiqlashtirish, bozor holatini monitoring va tahlil qilish, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va tovarlar narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish;
tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yo‘laklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish.
Vazirlik investitsiya va savdo faoliyatiga, shu jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muammolarni o‘rganishni ta’minlaydi;


Xulosa


Xulosa qilib aytganda, Savdo siyosati – byudjet soliq siyosatining, tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to’g’ridan-to’g’ri cheklashlar orqali tartibga solishni o’z ichiga olgan, nisbatan mustaqil yo’nalishdir. Tashqi savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul importga tarif belgilash bo’lib, buning natijasida ichki baholarning o’sishi kuzatiladi. Importga tariflarni joriy qilishdan iste’molchilar ko’rgan zarar ishlab chiqaruvchilar va davlat ko’rgan foydadan katta bo’ladi. Importga tariflarni joriy qilishdan ko’riladigan foyda va zararlar nisbati munozarali masaladir. Ammo import tariflari ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish, to’lov balansini tartibga solish mahsadlarida keng qo’llaniladi. Ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish usuli ham qo’llaniladi. Eksportga subsidiyalar valyuta tushumini ko’paytirish, ortiqcha mahsulotdan qutulish, tashqi bozorni egallash uchun qo’llaniladi. Eksport subsidiyalarini qo’llash dempingga olib kelmasligi kerak, chunki demping xalqaro savdo qoidalariga ko’ra ta’qiqlangan. Tashqi iqtisodiy faoliyatni litsenziyalash va kvotalar o’rnatish xalqaro savdoni tartibga solishning bevosita usullaridir. Xalqaro savdo siyosati vositalari va tadbirlari mamlakat iqtisodiyoti holatidan kelib chiqib echilayotgan vazifalarga muvofiq tanlanadi.
Mamlakatimizda olib borilgan islohatlarning ilk davridan e`tiboran respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishga asosiy e`tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo munosabatlari qismida uning majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, halqaro majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. 
Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zining mustaqil ovoziga ega bo‘lgan davlat darajasiga ko‘tarildi va nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘ldi. Dunyodagi sanoati rivojlangan etakchi mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatmoqda. Ikki va ko‘p tomonlama manfaatli aloqalar tobora rivojlanib bormoqda.
SHunday sharoitda mamlakatning tashqi iqtisodiy imkoniyati tabiiy resurslarning mavjudligi, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik imkoniyatlarning barpo etilishi, infratuzilma, ijtimoiy soha, mahsulot va xizmatlarning mamlakat tashqarisiga eksport qilinishi yoki chet el fuqarolariga, korxona va tashkilotlariga, shu jumladan respublikadagi xorijiy korxonalar va qo‘shma korxonalarga sotilishi bilan aniqlanadi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro ayirboshlash va xalqaro savdoning rivojlanishida globallashuvning ahamiyati to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, mamlakatlar qadim zamonlardan buyon moddiy noz- ne’matlarni tayyor mahsulotlar va turli xil resurslar ko‘rinishida o‘zaro ayirboshlab kelishgan, ya’ni bir-birlari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishishgan. O‘z navbatida, ayirboshlashning hajmi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga va tovar ishlab chiqarish hajmining oshishiga bog‘liq bo‘lgan. CHunki, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, bir tomondan, mamlakatlar o‘rtasida xo‘jalik aloqalarining kengayishiga imkon yaratsa, ikkkinchi tomondan, turli xil xomashyolar, materiallar va boshqa resurslarga bo‘lgan talabning oshib borishi ayirboshlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.



Download 56.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling