2. Golografiya prinspi va uning qo’llanilishi


Download 362.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana15.06.2023
Hajmi362.61 Kb.
#1478246
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
fizika2 mustqilish2 Sarvar

E
f
k
A
Д





Yuqori kuchlanish texnikasi materiallarining elektr pishiqligi yuqori
elektr nobudligi va elektr o‗tkazuvchanligi oz, namga chidamli bo‗lishi 
shart va ularda elektr nobudligi mumkin qadar kam bo‗lishi lozim. 
Past kuchlanishli texnikasida ishlatiladigan materiallarga turlicha talablar 
qo‗yiladi. Eng asosiy talablaridan biri shuki, vaqt o‗tishi bilan ularning 
xossalari o‗zgarmasligi lozim. Shuningdek, ular eskirmasligi lozim. 
Amaliyotda tovar sifatida qo‗llaniladigan izolyatsion mayetriallar 
klassifikatsiyasini ko‗rib chiqamiz. 
Organik elektr izolyatsion materiallar. 
Uglerod birikmalaridan tuzilgan moddalar izolyatsion material ravishida 
ko‗p ishlatiladi. Bunday organik dielektriklar suyuq, yopishqoq, 
mumsimon, qattiq bo‗lishi mumkin. 
Suyuq izolyatsion materiallar uch xil bo‗ladi: neft moyi; sintetik 
suyuqliklar; o‗simlik moylari. 
Neft moylaridan keng iste‘mol etiladigan – transformotor moyidir. Kabel 
va kondensator sanoatida ishlatiladigan neft moylari kabel va kondensator 
moyi deb aytiladi. 
Texnikada ishlatiladigan mumsimon dielektriklar oson eriydigan 
moddalardan iborat. Ular uncha pishiq bo‗lmasa ham namlikka yaxshi 
chidaydi. Asalari mumi, o‗simlik mumi, mumsimon moddalar shular 
jumlasidandir. Ular turli materiallarga shimdirish va mumlash uchun 
ishlatiladi. 
Tabiiy va sintetik smolalar ham dielektriklardir. Tabiiy smolalar ba‘zi 
hayvon yoki o‗simliklardan olinadi (shellak, kanifol, kopal). Polietilen, 
polistirol, organik shisha – sintetik smolalardir. 


Organik materiallardan yog‗och (tabiiy material), qog‗oz, karton, fibra va 
turli gazmollar (tekistil materiallar) tovar sifatida ishlab chiqarib ko‗p 
ishlatiladi. 
Texnikada va xalq xo‗jaligining turli tarmoqlarida plastik massalar 
(plastmassalar, plastiklar) keng ishlatiladi. Ular tashqi ta‘sir ostida qolip 
shaklini olishi mumkin. Natijada juda ham murakkab shakldagi 
buyumlarni presslab tayyorlasa bo‗ladi. 
Texnikada va turmushda kauchuk va unga yaqin moddalardan ishlangan 
materiallar ko‗p tarqalgan. Bu materiallar juda ham elastik bo‗ladi. 
Amaliyotda tovar sifatida ishlab chiqarilgan elektr izolyatsion materiallar 
– kabellar. Havo kirmaydigan – chiqmaydigan qilib izolyatsiyalangan bir 
yoki bir necha sim eshimi kabel deb ataladi. Kabellar elektr energiyasi 
uzatiladigan kuch kabeli, aloqa kabeli va radiochastota kabeli kabi 
turlarga bo‗linib, ular yer yoki suv ostidan elektr, telefon yoki telegraf 
liniyalarini o‗tkazish uchun ishlatiladi. 
Telefon orqali so‗zlashuvlarni, telegrammalarni, fototasvirlarni va boshqa 
axborotlarni uzatishga mo‗ljallangan kabel aloqa kabeli deyiladi. 
Aholi zich joylashgan joylarda, sanoat korxonalari territoriyalarida elektr 
uzatish liniyalari yer ostidan o‗tkaziladi. Bu maqsadda kabellardan 
foydalaniladi. 
Solishtirma 
elektr 
qarshiligi 
metallarnikiga 
nisbatan 
katta, 
dielektriklarnikiga nisbatan kichik bo‗lgan moddalar yarim o‗tkazgichlar 
deyiladi. Yarim o‗tkazgichning yadro bilan kuchsiziroq bog‗langan 
elektronlari tashqi temperatura, yorug‗lik yoki elektr maydon ta‘sirida 
yadrodan uzoqlashib, erkin elektronlarga aylanishi mumkin. Agar kristall 
holdagi yarim o‗tkazgichga boshqa valentli element qo‗shilib, uning 


kovalent bog‗lanishi buzilsa, masalan to‗rt valentli germaniy kristaliga 
besh valentli surma kiritilsa, ikkala elementning to‗rt juft valentli 
elektronlaridan kovalent bog‗lanishlar hosil bo‗lib, surmaning yadro bilan 
kuchsiz bog‗langan beshinchi elektroni erkin holatga o‗tadi. Natijada 
elektron o‗tkazuvchanlik paydo bo‗ladi. Biror elementga qo‗shilganda 
erkin elektronlar hosil qiluvchi element, masalan, surma donor deyiladi, 
donor qo‗shilgan element esa, n – tipli yarim o‗tkazgich deyiladi (1a-
rasm). 
b) 
Endi, masalan, germaniyga oz miqdorda uch valentli element – indiy 
kiritaylik. Indiyning har bir atomi o‗zining tashqi elektronlari bilan, 
germaniyning uchta qo‗shni atomlari bilan mustahkam bog‗lanadi. 
Germaniyning to‗rtinchi atomi bilan bog‗lanish mustahkam bo‗lmaydi, 
chunki indiyda to‗rtinchi tashqi elektron yo‗q (1b-rasm). Shuning uchun 
kiritilgan indiyning har bir atomi yarim o‗tkazgichda bittadan teshik hosil 
qiladi. Natijada germaniy teshiklar bilan boyiydi. Unda aralashmali 
teshikli o‗tkazuvchanlik asosiy bo‗lib qoladi. Biror elementga 
qo‗shilganda teshik o‗tkazuvchanligi hosil qiluvchi element, masalan 
indiy akseptor deyiladi, akseptor qo‗shilgan element esa, p – tipli yarim 
Ge 
Ge 
Ge 
Ge 
Sb 
In 
Ge 
Ge 
Ge 
Ge 
1-расм 


o‗tkazgich deyiladi. Agar germaniy, kremniy, selen kabi yarim o‗tkazgich 
kristalining bir tomoniga donorli, ikkinchi tomoniga akseptorli element 
kiritilsa ventil xususiyatiga ega bo‗lgan p – n tipli yarim o‗tkazgich hosil 
bo‗ladi. Bunday yarim o‗tkazgich tok manbaiga to‗g‗ri sxemada ulansa, p-
n o‗tish qarshiligi juda kichik, teskari ulanganida esa, juda katta bo‗ladi. 
Yarim o‗tkazgichning bu muhim xususiyatidan elektrotexnika, elektronika 
va avtomatikada keng foydalaniladi. 
n- va p – tipli ikkita yarim o‗tkazgichni, masalan, germaniy bilan 
kremniyni bir-biriga payvandlab hosil qilgan ikki elektrodli, ventil 
xususiyatli asbob yarim o‗tkazgichli diod deyiladi. Bu elementlarning 
o‗zaro birikkan qismida ro‗y beradigan diffuziya hodisasi tufayli 
elektronlar n – tipli elementdan p – tipli element tomon, teshiklar esa p – 
tiplidan n – tipli tomon siljib, elektron va teshiklardan iborat yupqa qatlam 
hosil bo‗ladi. Bu qatlam paydo bo‗lishi bilan uning elektr maydoni 
ta‘sirida diffuziya jarayoni o‗z-o‗zidan to‗xtaydi. Shu sababli bunday 
qatlam berkituvchi qatlam yoki p-n o‗tish deb yuritiladi. 2a-rasmda p-n 
qatlamning tuzilishi, 2b-rasmda uning tok manbaiga to‗g‗ri, 2v-rasmda 
esa teskari ulanish sxemasi ko‗rsatilgan. 
p n 
A K A

a) 
+ - - + 
+ + + + + + - + - - - - -
+ + + + + + + - - - - - - 
+ + + + + + - + - - - - -
p - + n 
- + 
+ - + - 
p - + n
- + 
+ - + - 


v) 
A – Anod; K – Katod. 
2-rasm. 
Teskari ulanishda teshik va elektronlar tok manbaining turli qutblari 
tomon tortilishi sababli, to‗siq juda katta qarshilikka ega bo‗lib, undan 
o‗tadigan tok juda kichik, to‗g‗ri ulanishda esa, aksincha bo‗ladi. Demak, 
p-n qatlam bir tomonlama o‗tkazish, ya‘ni ventil xususiyatiga ega bo‗ladi. 
Shu sababli yarim o‗tkazgichli dioddan o‗zgaruvchan tokni o‗zgarmas 
tokka aylantirishda keng foydalaniladi. 
Elektr signallarini o‗zgartirish va kuchaytirish uchun xizmat qiladigan 
ikkita p-n qatlamli yarim o‗tkazgichli diodlardan iborat asbob tranzistor 
deyiladi. Tranzistor asosan germaniy va uning qarama-qarshi tomonlariga 
payvandlangan indiy elementlaridan hosil qilinadi. 3a-rasmda p-n-p tipli 
tranzistorning tuzilishi, 3b-rasmda uning ulanish sxemasi va 3v-rasmda 
shartli belgisi ko‗rsatilgan. Tranzistorning emitter va baza deb ataladigan 
elektrodlari, ya‘ni p-n qatlamdan iborat birinchi diodi tok manbaiga 
to‗g‗ri, kollektor va baza elektrodlari orasidagi ikkinchi diodi esa, teskari 
sxemalarda ulanadi. Tranzistorning kirishiga berilgan signal uning 
chiqishidan bir necha ming marta kuchaytirib olinishi mumkin. 
Hozirgi zamon texnikasida tranzistorlar nihoyatda keng qo‗llaniladi. Ular 
ilmiy sohada, sanoatda va turmushda ishlatiladigan qurilmalarning ko‗p 
elektr zanjirlarida elektron lampalarning o‗rnini bosadi. Bunday asboblar 
ishlatilgan ixcham radiopriyemniklarni odamlar ―tranzistorlar‖ deyishadi. 
Yarim o‗tkazgichli diodlar va triodlarning o‗lchamlari juda kichik bo‗lishi 
mumkin, ularni qizitish (cho‗g‗lantirish) kerak emas, tuzilishi sodda


mexanik jihatdan mustahkam, ishlash muddatlari uzoq. Shuning uchun 
elektron lampalar bilan muvoffaqiyatli bellasha oladi. 
Yarim o‗tkazgichlarning elektr qarshiligi temperaturaga ko‗p darajada 
bog‗liq. Yarim o‗tkazgichlarning bu xossasidan temperaturani o‗lchashda 
foydalaniladi. Bu asboblar termistorlar yoki termorezistorlar deb ataladi.
Ko‗pchilik termistorlar 170570 K gacha oraliqdagi temperaturani 
o‗lchaydi. Biroq juda yuqori (≈ 1300 K) temperaturalarni va juda past (≈ 
480 K) temperaturalarni o‗lchaydigan termistorlar ham bor. 
Emitter Baza Kollektor p – n – p
1 2 3 

Download 362.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling