Yo’rug’likning to’lqin nazariyasi. Yorug‘likning interferensiyasi va
difraksiyasini korpuskular nazariyasi asosida tushuntirishning iloji bo‘lmagan. Aynan
shu hodisalar haqida mulohaza yuritgan inglis fizigi R.Guk (1635-1703)va gollandiyalik
fizik X.Gyuygens (1629-1695) yorug‘lik to‘lqin tabiatiga egaligi haqidagi fikrni olg‘a
surishgan. Ushbu nazariyaga ko‘ra, yorug‘lik to‘lqinlarining manbadan tarqalishi suvga
tosh tashlaganda hosil bo‘lgadigan to‘lqinlarning tarqalishidek tasavvur qilingan.
To‘lqin nazariyasiga muvofiq yorug‘lik to‘lqinlari elastik to‘lqinlardan iborat bo‘lib,
efir deb ataluvchi maxsus muhitda tarqalishi mumkin. Ya‘ni mexanik to‘lqinlar suv
sirtida tarqalganidek, yorug‘lik to‘lqinlari efirda tarqaladi.
Yorug’lik to’lqinlari va ularning xarakteristikasi.
Yorug‘lik qator hodisalarda to'lqin xususiyatini nomoyon qiladi. Shuning uchun
to'lqinlarga oid ba'zi ma'lumotlarni dastlab yaqqollik uchun mexanik to'lqin misolida
ko'rib chiqamiz.
To'lqin deganda tebranishlarining muhitda (bunga vakuum ham kiradi)
tarqalish jarayoni tushuniladi. Yorug’lik to'lqinining tarqalish yo'nalishi nur deb
ixtiyoriy vaqtda tebranishlar yetib kelgan muhit zarralarining geometrik o'rinlari
to'lqin fronti deb ataladi.
To'lqin frontini tebranish sodir bo'layotgan fazoning qismi va tebranish hali
boshlanmagan qismini ajratib turuvchi chegaraviy sirt tarzida tasavvur qilish mumkin.
To'lqin frontining shakli muhit xossalari, tebranish manbaining shakli va o'lchamlariga
bog‘liq.
Bir jinsli va izotrop muhitda joylashgan nuqtaviy tebranish manbaidan
tarqalayotgan to'lqinlarning fronti sferik shaklda bo'ladi. Bunday to'lqinlar sferik
to'lqinlar deyiladi. Agar tebranish manbai tekislik shakliga ega bo'lsa, manbaga
yaqin soxalardagi to'lqinlar yassi to'lqinlar deb ataladi. Tebranish nurga
Do'stlaringiz bilan baham: |