2. Holat parametrlari Termodinamikaviy jarayon
Download 215 Kb.
|
Termodinamika asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zichlik
- 3. Termodinamikaviy jarayon
Absolyut bosimU jism sirtiga normal bo‘yicha ta’sir etuvchi va bu sirtning yuza birligiga nisbatan olingan kuchdan iborat. Bosimni o‘lchash uchun turli birliklar: Paskal (Pa), bar, atmosfera (1 kg/sm2), suv yoki simob ustuni millimetri ishlatiladi. HajmModdaning solishtirma hajmi moddaning zichlik birligi egallagan hajmdan iborat. Solishtirma hajm jism massasi m va uning hajmi V bilan quyidagi nisbat bilan bog‘langan. (1) Moddaning solishtirma hajmi, odatda, m3/kg yoki sm3/gr hisobida o‘lchanadi. Zichlik(2) odatda, kg/m3 yoki g/sm3 hisobida o‘lchanadi. Sof moddaning har qanday uchta holat parametri ( P, va T) o‘zaro bir qiymat bilan bog‘langan. Bu moddalarni o‘zaro bog‘laydigan tenglama ayni moddaning holat tenglamasi deb aytiladi va uni quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin. F(P, ,T)=0 (3) Holat parametrlari orasidagi bog‘lanishni P,v va T koordinatalar tizimida termodinamikaviy yuza ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Koordinatalarning bunday turi, odatda moddalarning holat diagrammasi deb aytiladi. 3. Termodinamikaviy jarayonHam o‘zaro, ham atrofdagi muhit bilan ta’sirlashib turuvchi material jismlar to‘plamini termodinamikaviy tizim deb ataymiz, ko‘rib chiqilayotgan tizim chegarasidan tashqarida bo‘lgan boshqa barcha material jismlarni tashqi muhit deb atash qabul qilingan. Agar holat parametrlaridan loaqal bittasi o‘zgarsa, u holda tizimning holati o‘zgaradi, ya’ni tizimda termodinamikaviy, jarayon sodir bo‘ladi. Termodianmikaviy tizimda sodir bo‘ladigan barcha jarayonlarni muvozanatdagi va muvozanatdagimas, qaytar va qaytmas jarayonlarga bo‘lish mumkin. Muvozanatdagi jarayon tizimning barcha qismlari bir xil temperaturaga va bir xil bosimga ega ekanligi bilan tavsiflanadi. Jarayonning o‘tish jarayonida tizimning turli qismlari har xil temperatura, bosim, zichlik va hokazolarga ega bo‘lsa, bunday jarayon muvozanatdagimas jarayon deb aytiladi. Har qanday real jarayon ma’lum darajada muvozanatdagimas holatda bo‘ladi. Bundan keyin «jarayon» deganda biz muvozanatdagi jarayonni tushunamiz. Termodinamikaning eng muhim tushunchalaridan biri qaytar va qaytmas jarayonlar haqidagi tushunchadir. Termodinamikaviy jarayon termodinamikaviy tizimning uzluksiz o‘zgarib turadigan holatlari to‘plamidan iboratdir. Tizimning har qanday ikkita holati: 1 va 2 oralig‘ida bitta yo‘lning o‘zidan o‘tadigan ikkita jarayonni tasavvur etishi mumkin: holat 1 dan holat 2 ga va aksincha holat 2 dan holat 1 ga; bunday jarayonlar to‘g‘ri va teskari yo‘nalishdagi jarayonlar deb aytiladi. To‘g‘ri va teskari yo‘nalishdagi jarayon natijasida termodinamikaviy tizim dastlabki holatiga qaytadigan jarayonlar qaytar jarayonlar deb aytiladi. To‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda o‘tkazilganda tizim dastlabki holatiga qaytmaydigan jarayonlar qaytmas jarayonlar deb aytiladi. Tajribadan ma’lumki, o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan barcha tabiiy jarayonlar qaytmas bo‘ladi; tabiatda qaytar jarayonlar bo‘lmaydi. Tizimda o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan har qanday jarayon va binobarin, qaytmas jarayon tizimda muvozanat qaror topmaguncha davom etadi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, muvozanatga erishgan tizim keyinchalik shunday holatda qolaveradi, ya’ni holatini o‘zicha o‘zgartira olmaydi. Yuqorida aytib o‘tilganlar asosida quyidagi natijaga kelish qiyin emas: tizim faqat muvozanat holatiga kelmaganiga qadargina ish bajara oladi. Download 215 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling