2. Ijodkorlik tushunchasining mohiyati O‘quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari


O‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishga tabaqalashtirilgan yondoshuv


Download 92 Kb.
bet3/9
Sana14.10.2023
Hajmi92 Kb.
#1702704
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ijodkorlik ko’nikmalarini mukammallashtirish.

O‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishga tabaqalashtirilgan yondoshuv.


Respublikamizda tabaqalashtirilgan ta’limni joriy qilish rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiluvchi milliy ta’lim tizimini yaratishning muhim tadbirlardan biri sifatida e’tirof etildi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni joriy etishning ikkinchi bosqichida muhim vazifa etib belgilandi.
O‘z navbatida, kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘yilgan talablarda uning intellektual va ma’naviy-axloqiy barkamol, ijodiy qobiliyatlarini to‘la namoyon eta oladigan darajada tarbiyalash zarurati alohida qayd etilgan. Biz milliy ta’lim tizimini shakllantirishning ushbu talablarini asos sifatida qabul qilib, shaxs ijodkorlik faoliyatini tabaqalashtirilgan metodlar vositasida amalga oshirish yo‘llarini tadqiq qildik.
Tanlangan tadqiqot sohasida bugungi kundagi asosiy vazifalar tabaqalashtirilgan ta’limning darajalari, mazmuni, shakli, vositalari, amalga oshirish metodlari, pedagogik hamda psixologik asoslarini aniqlash, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini individual yondoshuv asosida rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
Inson jamiyatda oliy qadriyat hisoblanadi. Ammo, turli kishilar turli qiziqish, turli iqtidor, turli o‘sish sur’atga ega, u turli sohalar bo‘yicha turli darajada muvaffaqiyatga erishadi. Ushbu omillarni shaxs qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida hisobga olish kerak. Pedagogika nazariyasida ta’limni o‘quvchilar qiziqishlariga ko‘ra tabaqalashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan. Biroq amaliyotda turli darajadagi iqtidor va qobiliyatga ega bo‘lgan o‘quvchilar ijodiy sifatlarini rivojlantirish muammosi o‘zining to‘laqonli echimini topmagan.
Tabaqalashtirilgan ta’limni tashkil etishning eng qulay metodi bu o‘quvchilarning qiziqishiga ko‘ra tabaqalashtirishdir. Mazkur metodning demokratik harakterda ekanligi, ushbu asosda o‘quvchilar xohishiga ko‘ra ixtiyoriy fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilganligini e’tiborga olib biz uni o‘z izlanishlarimizda asos sifatida qabul qildik.
O‘quvchilarni qiziqishlariga ko‘ra tabaqalashtirishga oid tavsiyalarda o‘qituvchining individual yondashuvi, sinfning o‘ziga xos xususiyatiga, o‘quvchilar yoshining e’tiborga olinishi asosiy omillar sifatida qaraladi. Ta’limda tabaqalashtirishni amalga oshirishning asosiy yo‘llari sifatida doimiy guruhlarni shakllantirish taklif qilinadi. Guruhlarni taqsimlash avvalo majburiy tayyorgarlik darajasi muvaffaqiyatining mezoni asosida amalga oshiriladi.
O‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatini tabaqalashtirish asosida tashkil qilishda bunday yondoshuvning ikkita kamchiligi mavjud, ya’ni:
- o‘quvchilarni ijodkorlik qobiliyatlariga ko‘ra tabaqalashtirishda majburiy tayyorgarlik darajasi muvaffaqiyatining mezoni asosiy va hal qiluvchi omil vazifasini bajara olmaydi;
- o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini samarali tashkil etishda guruh o‘quvchilarining soni va tarkibi ham muhim ahamiyat kasb etadi, shu sababli guruhga yaxlit ob’ekt sifatida yondoshish kutilgan natijaga erishish imkonini bermaydi.
Qayd etilgan kamchiliklarni tuzatish maqsadida biz o‘quvchilarni ijodiy qobiliyatlariga ko‘ra tabaqalashtirish mezonlarini quyidagi xislat hamda sifatlar asosida amalga oshirni tavsiya qilamiz:



SHaxs xislatlari

SHaxs sifatlar

I. Ijtimoiy

Dunyoqarashi, ma’naviy, estetik, mehnat

II. Tajriba

Anglanganligi, ilmiyligi, mahorati, ko‘lami

III. Aqliy

Tasavvuri, diqqati, fikrlash kengligi, xotirasi

IV. Irsiy

Zehnlilik, topqirlik, ziyraklik, ixtirochilik, ishchanlik, hozirjavoblik, mantiqiylik, og‘lom fikrlilik

Ijodkorlik faoliyatini samarali tashkil qilish nuqtai nazaridan o‘quvchilarni tabaqalashtirishda keltirilgan shaxs xislat hamda sifatlarini uning barcha sohalardagi faoliyat ko‘rsatkichlarini umumiy majmuasi sifatida qarab, talab etilayotgan xususiyatlar salmog‘ini oshirishga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Buning uchun yuqorida qayd etilgan shaxs sifatlarni tahlil qilib, ulardan quyidagilarini ijodiy guruhni shakllantirish uchun asos sifatida taklif etish mumkin:

Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling