2. Industrlashishgacha bo'lgan jamiyat va uning belgilari


Download 15.32 Kb.
Sana30.12.2022
Hajmi15.32 Kb.
#1072481
Bog'liq
Industrlashishgacha bo\'lgan jamiyat va uning belgilari


2.Industrlashishgacha bo'lgan jamiyat va uning belgilari.
Industrial oʻsish, industrial ravnaq, industriyalash — mamlakat xalq xoʻjaligining hamma sohalarida, ayniqsa sanoatda qudratli mashinalashgan ishlab chiqarishni barpo etish jarayoni; sanoat, ogʻir sanoatning ilgarilab yuksalib borishi. Industrial oʻsish mamlakat iqtisodiyotida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish ning ustun boʻli-shi, agrar yoki agrarindustrial mamlakatning industrialagrar yoki industrial rivojlangan mamlakatga aylanishini taʼminlaydi. Industrial oʻsish mamlakat xalqxoʻjaligi taraqqiyotini ifodalovchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Bu obʼyektiv qonuniyat boʻlib, sanoat siyosatining mahsulidir. Industrial oʻsish ikti-sodiy va ijtimoiy taraqqiyot uchun moddiy zamin yaratib beradi. Industrial oʻsishning oʻziga xos xususiyati, surʼati, mablagʻ manbalari, maqsadlari va ijtimoiy oqibatlari har bir mamlakatning tarixiy va iqtisodiy shartsharoitlari, hukmron ishlab chiqarish (mulkchilik) munosabatlari bilan belgilanadi. Industrial oʻsishni ifodalovchi asosiy belgi — bu xalq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi boʻlgan ogʻir sanoatning yuksalishidir. Ogʻir sanoat ishlab chiqarish vositalari — metall, koʻmir, neft, gaz, elektr energiyasi; ishlab chiqarish kurollari, mashina va mexanizmlar, turli jihozlar, asbob-uskunalar va qurilish materiallari ishlab chiqaradi.

Industrial oʻsish dastlab 18-asrning oxiri va 19-asrning 1 -choragida dastlab Bukj Britaniyada, soʻngra Yevropaning boshqa mamlakatlari va AQSH da yuz bergan sanoat toʻntarishi davomida amalga oshirildi. 18-asr 60—70-yillarida Angliyaning toʻqimachilik sanoatida dastlab yigiruv, soʻngra toʻquv mashinasi kashf etildi va ular gazlama chiqaradigan korxonalarda qoʻllanildi. Sanoat rivojlanishi davomida mayda tovar ishlab chiqarish va qoʻl mehnatiga asoslangan manufakturani siqib chiqargan fabrika — zavod tipidagi sanoat paydo boʻldi, oʻsha davr rivojida mashinalar davrini boshlab berdi. Tarixiy tajribalarning koʻrsatishicha, Industrial oʻsish odatda, yengil sanoatdan boshlanadi, bu soha ogʻir sanoat tarmoqlariga qaraganda kapital quyilmalarni kamroq talab etadi, kapitalning ayla-nuvchanligi tez boradi va foyda koʻp olinadi. Industrial oʻsishning birinchi bosqichida yengil sanoatning ustun oʻsishi AQShda 19-asrning 1-yarmida, Rossiya va Yaponiyada 20-asrning boshlariga qadar davom etgan.

19-asrning 2-yarmi koʻpgina mamlakatlarda yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning ulkan oʻsishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish isteʼmol buyumlarini ishlab chiqarishga nisbatan yetakchi oʻrinni egalladi. Bu esa kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning zaruriy sharti edi.

Industrial oʻsish tufayli 20-asrning 50-yillaridan boshlab hozirgi zamon fan-texnika rev-yasi keng avj oldi. U ishlab chiqarishda eng yangi, mukammal mashinalar, texnologik jarayonlar, energiya manbalari va materiallardan foydalanishni taqozo etdi. Bu davrda yuz bergan Industrial oʻsish ayrim taraqqiy etgan mamlakatlar-gagina va ayrim sohalargagina xos boʻlgan. Yadro energiyasini egallash, kosmosni oʻzlashtirish, kimyo sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish eng rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirildi.

20-asrning oxirgi choragida ilmiytexnika taraqqiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda ham amalga osha boshladi. Bu mamlakatning ayrimlarida qishloq xoʻjaligi hisobiga sanaotni rivojlantirish iqtisodiy taraqqiyotning bosh strategiyasi qilib belgilangan.

20-asrning oxirlariga kelib jahonning turli mamlakatlarida Industrial oʻsish dara-jali oʻrtasida keskin farq yuzaga keldi. Mas, Yaponiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanadada Industrial oʻsish oʻz choʻqqisiga chiqdi va ular "postindustrial" mamlakatlarga aylandi. Bu paytga kelib ayrim mamlakatlar sanoati rivojlangan davlatlarga, ayrimlari esa qoloq mamlakatlarga aylanib qoldi. Hatto sanoat sohasida iqtisodiy tangliklar yuz berdi. Mas, Rossiya 50 ta eng yirik industrial mamlakatlar orasida ishlab chiqarayotgan mahsulot qiymati boʻyicha 12-oʻringa, Ukraina esa 48-oʻringa tushib qoldi.



Oʻzbekiston hududida Industrial oʻsishning boshlanishi 20-asrning 20—30-yillariga toʻgʻri keladi. Bu davrda respublikada neft, elektr energiyasi, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mineral oʻgʻitlar va qurilish materiallari ishlab chiqarishga asos solindi. Sanoatda industrial iqtisodiyotiga xos yangi proporsiyalar yuzaga keldi. 1940-yil umumiy sanoat mahsuloti hajmida ogʻir sanoatining oʻsishi 13,3% ga koʻtarildi (1913-yil da 2%).
Download 15.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling