2. Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Yevropa tizimi Hozirda alohida mamlakatlarda inson huquqlari himoyasini ko'rib chiqish borasidagi xalqaro hamjamiyat huquqlarining kengayish tenden- siyasi kuzatilmoqda
Download 35 Kb.
|
Европа инсон хукуклари
2. Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Yevropa tizimi Hozirda alohida mamlakatlarda inson huquqlari himoyasini ko'rib chiqish borasidagi xalqaro hamjamiyat huquqlarining kengayish tenden- siyasi kuzatilmoqda. Bu, ayniqsa, umumyevropa jarayoni doirasida ko'zga tashlanadi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hujjatlarida, xususan, 1991-yilda Moskvada bo'lib o'tgan Insoniylik mezonlari to 'g 'risidagi konferensiya hujjatlarida “inson huquqlari, asosiy erkinliklari, demokratiya va qonun ustuvorligi xalqaro xarakterga ega, chunki, ushbu huquq va erkinliklarga rioya qilish xalqaro huquqiy tartibot asoslaridan birini tashkil qiladi”, - deb ta’kidlanadi. Shu hujjatning o'zida ishtirokchi- davlatlar to'g'risida “ular tomonidan YeXHT insoniylik mezonlari bo'yicha qabul qilingan majburiyatlar har bir ishtirokchi-davlat uchun bevosita va qonuniy manfaatga ega bo'lgan masala hisoblanadi” deb ta’kidlanadi va inson huquqlari masalasi tegishli davlatning mutlaq ichki vakolatiga taalluqligina masala bo'lib qolmayotganini va bu masala har bir davlat xalqaro hamkorligining obyektiga aylanganligini ko'rsatib o'tadi. Yevropa Kengashi inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot sifatida. Yevropada inson huquqlari va erkinliklarini himoya etish bilan shug'ullanuvchi eng mo'tabar va nufuzli tashkilot Yevropa Kengashi hisoblanadi. 1949-yilning 5-may kuni London shahrida qabul qilingan Statut (Nizomning)ning 1-moddasiga binoan, mazkur Kengashning maq- sadi o'z a ’zolarining “mushtarak merosi bo'lgan hamda ulaming iqtisodiy va ijtimoiy ravnaq topishini kuchaytirishga yordam beradigan” g'oyalari bilan tamoyillarini saqlab qolish hamda bunday g'oya va tamoyillami ro‘- yobga chiqarish muddaosini ko'zlab, a’zolar birligiga erishishdan iborat. 214 Yevropa Kengashi 1949-yil 5-mayda 10 mamlakatdan kelgan ish- tirokchi-davlatlar tomonidan tashkil etildi. Uning a’zolari soni yildan- yilga o‘sib bormoqda. 2012-yilga kelib, ulaming soni 47 taga yetdi. Uning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: inson huquqlari himoyasi, plyuralistik demokratiyani targ‘ib etish; ozchilikni tashkil qiluvchi hamda boshqa millat va diniy guruh vakillariga nisbatan notolerantlik munosabat va ksenofobiya bilan bog‘liq muammolar yechimini izlash; buyuk Yev ropa birlashuviga xizmat qilish hamda mustaqillik va matbuot plyuraliz- mini mustahkamlashdir. Kengash ikki asosiy organdan iborat: Vazirlar Qo'mitasi va Parlament Assambleyasi. Vazirlar Qo'mitasi qarorlar qabul qiladigan organ bo'lib, a’zo-davlatlaming tashqi ishlar vazirlaridan iborat. Yilda ikki marotaba yig'iladi va maxsus sessiyalar ham o'tkazilishi mumkin. Rais har olti oyda almashadi. Parlament Assambleyasi a’zo-davlatlaming milliy parlamentlari tomonidan tayinlangan vakillaridan iborat. Bugungi kunda Yevropa Kengashi jahondagi yirik tashkilotlardan biri bo'lishi bilan bir qatorda, inson huquqlarini himoya etish borasida nufuzli tuzilma ham hisoblanadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, inson huquqlariga rioya etish tamoyili Yevropa Kengashi Nizomi (Statuti)da mustahkamlab berilgan. Mazkur hujjatning 3-moddasida ta’kidlab ko'rsatilishicha, “Yevropa Kenga shining har bir a’zosi qonun ustuvorligi tamoyilini hamda har qanday shaxs qaysi tamoyilning yurisdiksiyasi ostida bo'lganda inson huquqlari va asosiy erkinliklaridan foydalanadigan bo'lsa, xuddi shu tamoyilni e’tirof etadi” 1. In son huquqlarini va uning asosiy erkinliklarini jiddiy tarzda buzish Yevropa Kengashiga a’zolikni to'xtatib qo'yish va hatto, a’zolikdan chiqarish uchun asos bo'lishi mumkin. Mazkur Tashkilot tomonidan bu yo'nalishda olib borilgan ishlaming amaliy samarasi shuki, Yevropa Kengashining faoliyati mobaynida 200 ga yaqin konvensiya, shu jumladan, Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya etish to'g'risidagi Yevropa konvensiyasi qabul qilingan. Yevropa miqyosida qabul qilingan 10 ta konvensiya va bitim, shu jumladan, Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya etish to'g'risidagi Yevropa konvensiyasi va Ijtimoiy xartiya yopiq hujjatlar hisoblanadi. Boshqa hujjatlar esa, ochiq yoki qisman ochiq xususiyatga ega. Yevropa Kengashining nazoratni amalga oshirish mexanizmi tarkibiga Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi va Yevropa Vazirlar qo'mitasi kiradi. Yevropa konvensiyasiga muvofiq tashkil topgan inson huquqlarini himoya etish mexanizmi Yevropa Kengashiga a’zo-davlatlaming davlat suverenitetini mutlaqlashtirishda qaror topgan andozalardan voz kechishni taqozo etadi. 1950-yilda qabul qilingan Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya etish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi o‘zida ko'pgina huquqlami, chunonchi, yashash huquqi, qiynoqlarga duchor etilmaslik huquqi va qullikdan ozod bo'lish huquqini kafolatlagan edi. Yevropa konvensiyasida qo'shimcha protokollar, shu jumladan, mol- mulkka egalik qilish huquqi va ta’lim olish huquqi to'g'risidagi protokol (1-protokol) qabul qilinishi natijasida huquqlar doirasi yanada kengayib bordi. Hozirgi paytgacha mazkur Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya etish to'g'risidagi Yevropa konvensiyasiga 14 ta qo'shimcha pro tokol qabul qilingan. 1961-yilda qabul qilingan Yevropa ijtimoiy xartiyasi ham Yevropa konvensiyasi singari Yevropa Kengashi rahnamoligi ostida ishlab chiqilgan. Mazkur Xartiya fuqarolik va siyosiy huquqlami kafolatlovchi konvensiyani iqtisodiy va ijtimoiy huquqlami himoya etish uchun mintaqaviy yevropacha tizim yaratish yo'li bilan to'ldiradi. Shu Xartiyaga muvofiq, davlatlaming ular o'z majburiyatlariga qanday rioya etayotganligini nazorat etib borishni ta’minlaydigan ma’ruzalami taqdim etish tizimi ishlab chiqilgan. Yevropa Kengashi tomonidan shaxsiy m a’lumotlar va axborotlami himoya qilish, mehnatkash-migrantlar, ozchilikka mansub xalqlar va shaxslar, qiynoqlardan foydalanish amaliyotining oldini olish hamda biotib- biyot sohalariga tegishli bir qator maxsus shartnomalar qabul qilingan. Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi. Inson huquqlari va asosiy erkinliklari bo'yicha Yevropa konvensiyasi nafaqat inson huquqlari doirasidagi asosiy huquqlami e’lon qildi, balki ulami himoya qilishning o'ziga xos mexanizmini ham tashkil etdi. Dastlab, ushbu mexanizm uchta organdan iborat edi: Inson huquqlari bo'yicha Yevropa komissiyasi, In son huquqlari bo'yicha Yevropa sudi va Yevropa kengashining Vazirlar qo'mitasi. 1998-yilning 1-noyabridan Yevropa konvensiyasining 11-sonli protokoli kuchga kirishi bilan Inson huquqlari bo'yicha Yevropa komis siyasi, Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi bitta, doimiy faoliyat yuri- tuvchi organ - Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudiga birlashtirildi. Uning joylashgan joyi sifatida Strasburgdagi Inson huquqlari saroyi (Fransiya) tanlandi, Yevropa Kengashi ham shu yerda joylashgan. Dastlabki tizimga muvofiq, individlar yoki Konvensiya a’zolari bo'lgan davlatlar tomonidan taqdim etilgan shikoyatlar dastlab Inson huquqlari bo'yicha Yevropa komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilgan va u shikoyatlarni maqbulligi bo'yicha ko'rib chiqqach, u maqbul deb topilsa, 216 yakuniy, majburiy hal qiluvchi qarorini qabul qilish uchun Sudga berilgan. Agar ish Sudga berilmasa, u Vazirlar qo'mitasi tomonidan hal etilgan. 1994-yilning 1-oktabridan boshlab, Komissiya tomonidan maqbul deb topilgan shikoyatlami murojaat qiluvchi laming o'zlari Sudga berishlari mumkinligi huquqi berildi. Konvensiyaga qo'shimcha 11-Protokol kuchga kirgandan boshlab, mazkur Komissiya faoliyatiga dahldor barcha vazifalar Sudning o'ziga yuklatildi va hozirda individlar to'g'ridan-to'g'ri Sudga murojaat qilishi mumkin. Sudning o'zi shikoyatning daxldorligi va maqbulligini ko'rib chiqadi. Yevropa konvensiyasiga binoan, Sud dastlab faqat taraflar o'rtasidagi nizolar bo'yicha yurisdiksiyaga ega edi, xolos. 1970-yilda Konvensiyaga doir Protokol kuchga kirganligi natijasida mazkur Sud maslahat yuris- diksiyasiga ham ega bo'lgan. Konvensiyaga muvofiq, bu Sudga individlar, ya’ni ayrim shaxslar murojaat qilish huquqiga ega. Umuman, bu sud in- sonni xalqaro huquqning cheklangan subyekti sifatida e ’tirof etishga asos bo'ladigan yurisdiksiyaga ega. Y a’ni, bilamizki, xalqaro huquqqa muvofiq, individlar o 'z davlati ustidan BMTning Xalqaro sudiga murojaat qilish huquqiga ega emaslar, chunki ushbu Xalqaro sudning Statuti individlami Sudning tomonlari sifatida e ’tirof etmaydi. Ammo, Yevropa sudi, birinchi o'rinda, individlaming murojaatlarini ko'rib chiqish uchun tashkil etilgan bo'lib, bu sohada samarali sudlov tizimi hisoblanadi. Sudga, shuningdek, boshqa davlatlaming fuqarolari ham murojaat etishi mumkin, agar ulaming huquqlari Sudning yurisdiksiyasini tan olgan davlatlar hududida buzilgan bo'lsa. Bugungi kunda Yevropa konvensiyasi davlatlar yurisdiksiyasidan- da huquqiy jihatdan ustuvor bo'lgan inson huquqlari bo'yicha monitoring olib borishning ilg'or tizimi sifatida e ’tirof etiladi. Sud tomonidan qabul qilinadigan qarorlar yakuniy bo'lib, ulaming ishtirokchi-davlatlar tomonidan bajarilishi huquqiy jihatdan majburiydir. Ushbu qarorlaming bajarilishi ustidan Yevropa Kengashining oliy siyosiy idorasi hisoblanmish Vazirlar qo'mitasi monitoring olib boradi. 1998-yili kuchga kirgan Yevropa Ijtimoiy xartiyasiga qo'shimcha Protokolga muvofiq, ayrim tashkilotlarga Ijtimoiy huquqlar bo'yicha Yevropa qo'mitasiga ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi berilgan. Shikoyat yoki ariza taalluqli deb topilgan taqdirda, taomil hara- katga kelib, ish bo'yicha Qo'mita tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi. Qaror ma’rnza orqali ishga aloqador tomonlarga va Vazirlar qo'mitasiga yuborilib, to'rt oy ichida jamoatchilikka ma’lum qilinishi shart. Va ni- hoyat, Vazirlar qo'mitasi tomonidan mavjud holatning Xartiya talablariga 217 mos kelishini ta’minlash borasida tegishli tomonga maxsus chora-tadbir- lar ko‘rishi tavsiya etiladigan rezolyutsiya qabul qilinadi. Hozirgacha Yevropa kengashi doirasida inson huquqlari bo‘yicha qabul qilingan eng muhim xalqaro shartnomalar ro‘yxatini quyidagicha berish mumkin: Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi (1950-1953) va unga qo'shimcha 14 ta Fakultativ protokol; Yevropa Ijtimoiy xartiyasi (1961-1965), unga qo'shimcha Fakultativ protoko liar va yangi tahrirdagi Yevropa Ijtimoiy xartiyasi (1996-1999); Mehnatkash-migrantlaming huquqiy maqomi to'g'risidagi Yevropa konvensiyasi (1977-1983); Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi Yevropa konvensiyasi (1987-1989); Mintaqaviy yoki ozchilikka mansub xalqlar so'zlashadigan tillar to'g'risidagi Yevropa xartiyasi (1992-1998); Milliy ozchilikka mansub shaxslami himoya qilish bo'yicha namunaviy konvensiya (1995-1998); Bolalaming huquqlarini amalga oshirish bo'yicha Yevropa konvensiyasi (1996-2000); Inson huquqlari va Biotibbiyot bo'yicha konvensiya (1997-1999); Fuqarolik to'g'risidagi Yevropa konvensiyasi (1997-2000). Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti 1975-yilda imzolangan Xelsinki Yakunlovchi hujjati Yevropada xavfsizlik va Hamkorlik kon ferensiyasi olib borgan ishlar samarasining cho'qqisi bo'lgan. Sharqiy va G'arbiy Yevropadagi barcha suveren davlatlar, shuningdek, AQSh va Kanada ishtirokidagi Kengash tomonidan qabul qilingan Yakunlovchi hujjat hukumatlar uchun yuridik jihatdan majburiy shartnoma emas edi. Shunga qaramay, u siyosiy ahamiyatga molik g'oyat muhim hujjat hisoblanadi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi tomonidan qabul qilingan keyingi muhim hujjatlar orasida Vena (1989-yil) va Kopengagen (1990-yil) uchrashuvlarining yakuniy hujjatlarini, shuningdek, Yangi Yevropa uchun mo'ljallangan Parij xartiyasini (1990-yil)1 alohida ta’kidlash kerak. Budapesht kengashining 1994-yildagi qaroriga muvofiq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi (YeXHK) Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) sifatida qayta tashkil etildi. Qarorda YeXHTning quyidagi maqsadlari belgilab berildi: 1 Qarang: Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Insoniylik mezonlari bo'yicha hujjatlari. - Toshkent, 2002. 218 1) yalpi xavfsizlik hududlarini yaratish yo‘lida norma va standartlardan qat’iyat bilan foydalanish; 2) YeXHKning barcha majburiyatlari bajarilishini ta’minlash; 3) maslahatlashish, qarorlar qabul qilish va hamkorlik qilish uchun fo rum vazifasini o‘tash; 4) preventiv diplomatiyani kuchaytirish; 5) nizo va mojarolami tartibga solish va tinchlik o‘matish operatsiya- larini amalga oshirish layoqatini yanada oshirish; 6) qurollar va qurolsizlanish bo'yicha nazoratni amalga oshirish yo‘li bilan xavfsizlikni mustahkamlash; 7) inson huquqlari sohasidagi faoliyatni rivojlantirish. Mustahkam bozor iqtisodiyotini joriy etish yo‘lida hamkorlikni rivoj- lantirishdan iborat maqsad, ayniqsa, e’tiborga sazovordir. YeXHTga Yevropa mamlakatlari, AQSh, Kanada, shuningdek, MDHning barcha davlatlari, shu jumladan, Osiyoda joylashgan MDH davlatlari ham a’zo hisoblanadi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, dastlab, y a’ni 1970-yil- laming boshida Sharq va G‘arb o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlik va o‘zaro munosabatlami rivojlantirish maqsadida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi nomi bilan tashkil qilingan. 1975-yil 1-avgustda Xelsinkida yig‘ilgan 35 davlat boshliqlari Yev ropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining Xelsinki Yakunlovchi Aktini imzoladilar. Bu yakunlovchi akt Xelsinki Kelishuvi1 nomi bilan mashhur bo'lib, unda ishtirok etuvchi davlatlar o'rtasidagi munosabat va hukumatlaming o‘z fuqarolari o'rtasidagi munosabatlaming tamoyillari belgilandi. Xelsinki Yakunlovchi Akti bilan YeXHKning rivojlanish jarayoniga asos solindi. Uning mazmuni bo'yicha uchta asosiy hujjat ishlab chiqildi: 1. Yevropa xavfsizligiga bog‘liq masalalar; 2. Iqtisodiyot, fan va texnika hamda atrof-muhit sohalarida hamkorlik; 3. Gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlik. O‘tgan asrimizning 90-yiIlarida xalqaro maydonda ro‘y bergan tub siyosiy o ‘zgarishlar YeXHKning davlatlararo munosabatlardagi rolining oshishiga, uning huquq va majburiyatlarining yanada kengayishiga olib keldi. Shunga ko‘ra, bu YeXHK a’zolarining 1994-yil Budapeshtda bo'lgan Oliy darajadagi uchrashuvi, uni shunchaki oddiy Kengash emas, balki Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti deb atashga qaror qildi. 1990-yilda Parijda imzolangan Yangi Yevropa uchun xartiya mazkur Tashkilot tarixida muhim burilish bo‘ldi. Unda bu Tashkilotning kelajak faoliyati uchun yangi yo‘nalishlari belgilandi va doimiy harakatdagi yan gi institutlar, ya’ni Venada Nizolami (kelishmovchiliklami) bartaraf qi lish bo‘yicha markaz; Varshavada Erkin saylovlar bo‘yicha byuro; Pragada Kotibiyat tashkil qilindi. Xartiyaga asosan tashkilotning uchta asosiy siyosiy maslahatlashuv organi tasdiqlandi. Jumladan, YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo ‘yicha byurosi quyidagilami amalga oshiradi: - saylovlarda kuzatuvchilik vazifasini bajaradi va milliy saylov organlarining vujudga kelishida ko‘maklashadi; - inson huquqlari bo'yicha milliy institutlaming rivojlanishiga ko‘maklashadi va texnikaviy yordam beradi; - turli mamlakatlarda nodavlat tashkilotlarining tashkil etilishi va fuqarolik jamiyatining shakllanishiga yordam beradi; - a’zo-mamlakatlarda inson huquqlarining ahvolini o ‘rganadi, bu mamlakatlardagi saylovlarga o‘z kuzatuvchilarini, jumalistlami jo ‘natadi. Doimiy kengashning iltimosiga ko‘ra, YeXHT seminarlarini o'tka- zishda texnikaviy yordam ko‘rsatadi va Tashkilot maxsus loyihalarining amalga oshirilishida ko'maklashadi. Nizolaming oldini olish va tugatilishida YeXHTning kam sonli mil latlar bo'yicha Oliy Komissari institutining ham roli katta. Oliy komissar nizolaming iloji boricha barvaqt tahlil qilinishi va bartaraf etilishi chora larini ko'radi. Konsultatsiyalar o'tkazish va tavsiyalar berish yo'li bilan nizodagi tomonlami to'qnashuvlarga bormaslikka chaqiradi. Hozirgi kunda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti - tarkibiga 57 mamlakat a’zo bo'lgan xavfsizlik masalalari bilan shug'ullanuvchi mintaqaviy tashkilotidir. Uning ta’sis etuvchi hujjatlari: 1975-yilda Xel sinkida imzolangan Yakunlovchi hujjat; 1990-yilda Parijda qabul qilingan Yangi Yevropa uchun xartiya va unga qo'shimcha hujjat; 1992-yil Xelsinkida qabul qilingan “O'zgarishlar vaqti chaqirig'i” deklaratsiyasi - Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining asosiy faoliyat yo'na- lishlari va tuzilishini belgilovchi paket hisoblanadi. Shunga muvofiq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining asosiy faoliyat sohalari: xavfsizlik, qurolsizlanish, kelishmovchiliklami bartaraf etish, iqtisodiyot, madaniyat, ekologiya, inson huquqlari, erkinliklari va boshqa masalalarda hamkorlik qilishdan iborat. YeXHT Nizomiga ko'ra, Yevropadagi nizolaming oldini olish va ulaming yechimini topish maqsadida mintaqaviy tashkilot sifatida tashkil etilgan. Ushbu tashkilot tomonidan uning amal qilish hududida Albaniya, 220 Bosniya va Gersegovina, Chemogoriya, Serbiya, Albaniya, Kosovo, Moldovada missiyalari, Belorus, Ozarbayjon, Armanistonda Ofislari, To- jikiston, Turkmaniston, Qozog'iston, Qirg'izistonda Markazlari va Ukraina, 0 ‘zbekistonda Loyihalar koordinatorlari ochilgan. YeXHTning oliy organi - Davlatlar va hukumatlar boshliqlari kengashidir. Tashqi ishlar vazirlaridan tashkil topgan Vazirlar kengashi qarorlar qabul qilish va YeXHTni boshqarishda muhim o‘rin tutadi. Boshqaruv kengashi siyosatni muhokama etadi va shakllantiradi, budjetga oid umumiy masalalami hal etadi, shuningdek, iqtisodiy masalalami muhokama etishda o'ziga xos forum bo'lib xizmat qiladi. Doimiy kengash siyosiy konsultatsiyalar o'tkazish va qarorlar qabul qilish organidir. U a’zo-davlatlaming doimiy vakillaridan tashkil topgan. Ijro faoliyati uchun yalpi javobgarlik amaldagi rais zimmasiga yuklangan bo'lib, u o 'z vazifasini vakillar “uchligi” (oldingi rais, amaldagi rais va keyin bo'lishi lozim bo'lgan rais) asosida amalga oshiradi. YeXHT Bosh kotibi asosiy ma’muriy shaxs hisoblanadi. 1991-yilda a’zo-davlatlaming parlamentlararo hamkorlik organi bo'l- mish YeXHT Parlament Assambleyasi ta’sis etilgan. YeXHT Parlament Assambleyasining har yili o'tkaziladigan sessiya- larida tashkilot faoliyatiga tegishli masalalar muhokama etiladi, mintaqa- da xavfsizlik va hamkorlikni kuchaytirish borasida deklaratsiya, tavsiya va takliflar tayyorlanadi. YeXHT tashkil topgandan hozirgi kunga qadar o'zi faoliyat ko'rsatayotgan hududlarda xavfsizlikni ta ’minlash masalalari bilan bir qatorda, inson huquqlarini himoya qilish borasida ham muhim ishlami amalga oshirmoqda. U BMT tomonidan inson huquqlari va ulami himoya qilishga doir barcha hujjatlami e ’tirof etish hamda ularda belgilangan tamoyillami amalga oshirishga intilmoqda. Uning BMT bilan bu boradagi hamkorligi inson huquqlarini himoya qilish sohasida amalga.oshirilayot gan ishlar ko'lamining oshib borishiga yordam bermoqda. YeXHTning inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatida undagi barcha a’zo-davlatlar singari O'zbekiston Respublikasining o'm i va roli ham alohida ahamiyatga egadir. O'zbekiston Respublikasi 1992-yil 30-yanvarda mazkur Tashkilotga a’zo bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o'sha yil- ning 26-fevralida 1975-yil 1 -avgustda Xelsinkida qabul qilingan Yakunlovchi hujjatni, 1993-yil 27-oktabrda esa, 1990-yil 21-noyabrda qabul qilingan Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasini imzoladi. 1995-yilning oktabr oyida Toshkentda YeXHTning Markaziy Osiyo bo'yicha byurosi ochildi. Mazkur Byuroning O'zbekistondagi hozirgi maqomi YeXHTning O'zbekistondagi Loyihalari Koordinatori maqoraiga almashtirilgan. O'zbekiston Respubhkasi Prezidenti I.A. Karimov 1996-yil 3-dekabr kuni YeXHTning Lissabonda bo'lib o'tgan sammitida ishtirok etib, ushbu anjumanda quyidagi mulohazalami bildirgan edi: “O'zbekiston - YeXHTning asosiy tamoyillaridan biri bo'lgan xavfsizlik yaxlitligini to'la qo'llab-quwatlaydi. Xavfsizlikning, shu jum ladan, Yevropa xavfsizligining chegarasi yo'q. Shunga asoslanadigan bo'lsak, bizning nazarimizda, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilo ti - YeXHTning o'm i va ahamiyati, agar ta’bir joiz bo'lsa, mas’uliyati Yevropa doirasi bilangina cheklanib qolishi mumkin emas, balki uning tash- qarisidan kelayotgan mavjud xavfni ham, albatta, hisobga olishi kerak bo'ladi. Mintaqa mojarolari tobora tez-tez terrorizm va zo'ravonlik, narkobiz- nes va g'ayriqonuniy qurol savdosi, inson huquqlarini ommaviy ravishda buzish kabi xavfli xatti-harakatlaming doimiy manbaiga aylanmoqda. Bunday holatlar davlat chegarasi nimaligini bilmaydi. Shu sababli, xalqaro xavfsizlik tizimi geografik belgilarga qarab emas, balki mintaqalararo darajada muvofiqlashtirilgan birgalikdagi harakatlar bilan belgilanishi lozim. Shu munosabat bilan biz Afg'onistonda 18 yildan buyon urush davom etayotganligidan, bu mamlakat faqat Markaziy Osiyodagi emas, balki butun dunyodagi xavfsizlik uchun hozir o'ta xatarli xavfga, xalqaro terrorizmning, Yevropaga ko'plab miqdorda narkotik moddalar yetkazib berilishining manbaiga - o'ta xatarli markazga aylanib qolganidan YeXHT va boshqa Yevropa tuzilmalari tashvishlanayotgani va xavfsirayotganini mutlaqo asosli, deb bilamiz” 1. Ushbu anjuman doirasida O'zbekiston o'zining xavfsizlik muammo- lariga oid nuqtayi nazarini ifoda etish imkoniga ega bo'ldi. 1999-yil 18-19-noyabr kunlari Turkiyaning Istambul shahrida YeXHT- ga a’zo-mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlarining oliy darajadagi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Anjumanda shu kunning dolzarb muammolari muhokama qilindi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkam- lashning XXI asrdagi yangi tamoyillari belgilandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning mazkur uchrashuvdagi nutqi - aniq taklif va mulohazalari bilan yig'ilganlar e’tiborini qozondi. Jumladan, unda YeXHT homiyligida terrorizmga qarshi 1 Устав Совета Европы // Международное сотрудничество в области прав человека: Документы и материалы. - М .: 1993. Вып.2. - С. 121. 2 Право Совета Европы и Россия (сборник документов, материалов). - Краснодар, 1996. 215 1 O'zbekiston jahon hamjamiyati safida. П Murodov H. va boshqalar. - Т.: “Adabiyot va san’at”, 2000. - B . 43. 219 1. I Inson huquqlari um um jahon deklaratsiyasi va 0 ‘zbekistonda inson huquqlarini him oya qilish milliy tizim i / M a s’ul m uharrir A.X . Saidov. - Т.: “0 ‘zbekiston”, 2010. - 282 b. 221 1 Karimov I.A. Yangicha flkrlash va ishlash - davr talabi. - Т.: “O'zbekiston”, 1997. - B. 249-252. Download 35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling