2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
Download 177.2 Kb.
|
2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
Iqtisodiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real xodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etadigan ilmiy-nazariy tushunchalardir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, moliya, kredit, narx, pul shular jumlasidandir.
5. Davlatlararo iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiyot nazariyasining tutkan o’rni Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo‘jaliklarining chambarchas birlashish jarayonlaridir. Mikrodarajada bu jarayon hudud jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlar alohida firmalarining o‘zaro ta’siri orqali, ular o‘rtasidagi turli tuman iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi, shu jumladan chet ellardagi filiallarini tashkil etish asosida boradi. Davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar: - erkin savdo hududlari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Erkin savdo hududlarining tashkil etilishi ichki bozorda milliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirib, bu bir tomondan, milliy ishlab chiqaruvchilarning bankrot bo‘lishi xavfini kuchaytirsa, boshqa tomondan ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun rag‘bat yaratadi. Bunga Yevropa erkin savdo uyushmasi va MDH mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bitim misol bo‘la oladi; - bojxona ittifoqi. Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo hududlarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari o‘rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo qiladi. Yevropa Ittifoqi (EI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir; - to‘lov ittifoqi. Bu milliy valyutalarning o‘zaro erkin almashuvini va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishini ta’minlaydi. Yevropa hamjamiyati, Janubi-sharqiy Osiyo va MDH mamlakatlari uchun to‘lov ittifoqi pirovard maqsaddir; - umumiy bozor. Bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bo‘lib, uning qatnashchilariga erkin o‘zaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o‘zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta’minlanadi. Bunga Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozorini misol qilib keltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj to‘lovlari va import me’yor (kvota)lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablag‘lari va ishchi kuchining chegaradan erkin o‘tishi ta’minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o‘tkaziladi; - iqtisodiy va valyuta ittifoqi. Bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi. Hozirgi bosqichda xalqaro tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -global iqtisodiyotning rivojlanishida va pul-moliya sohasida barqarorlikni ta'minlash; -turli shakllarda mamlakatlar o'rtasida iqtisodiy hamkorlikni shakllantirish; davlatlar va guruhlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarda kamsitishga barham berish; -xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko'maklashish; -muayyan mamlakatda yoki jahon bozorida inqirozni bartaraf etish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni tasdiqlash; -davlatlarning makroiqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirish ,bu alohida hududlarning iqtisodiy integratsiyasining xolis tendentsiyasi bilan bog'liq Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar davlatlararo iqtisodiy munosabatlarning barcha tomonlarida hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. BMT tizimidagi hukumatlararo tashkilotlar xalqaro huquqiy tartibga solishni rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega. O'z faoliyati davomida ular milliy huquqiy tizimlar va davlat qonunchiligiga muhim ta'sir ko'rsatadigan shunday mexanizm va normalarni ishlab chiqmoqdalar. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: -xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim muammolari bo'yicha tadqiqotlar va choralar ko'rish; -valyutani barqarorlashtirish ta'minoti; -savdo to'siqlarini bartaraf etishga va davlatlar o'rtasidagi keng tovar ayirboshlashini ta'minlashga ko'maklashish; -texnologik va iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish uchun xususiy kapitalga qo'shimcha mablag'lar ajratish; -mehnat munosabatlari va mehnat sharoitlarini yaxshilashni rag'batlantirish; -jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solish doirasidagi qarorlar va tavsiyalarni tasdiqlash. Ta'kidlash joizki, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar ob'ektiv ehtiyojga asoslangan davlatlar o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikning tashkiliy shakli sifatida shakllangan. Ushbu tashkilotlar birinchi navbatda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish ehtiyojlari bilan belgilanadi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohalari: sanoat va iqtisodiy hamkorlik; transport sohasidagi hamkorlik; pul tizimidagi hamkorlik; jahon savdo doirasidagi hamkorlik; intellektual mulk tizimidagi hamkorlik; mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida hamkorlik qilish; investitsiya sohasidagi hamkorlik; ilmiy-texnik hamkorlik; xalqaro tijorat amaliyoti sohasidagi hamkorlik. Ushbu turdagi hamkorliklarni amalga oshirish tegishli profil va vakolatlarga ega bo'lgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. BMT tashkilotlari, shuningdek mintaqaviy tashkilotlar xalqaro iqtisodiy hamkorlikni ixtisoslashgan muassasalar va avtonom tashkilotlar, EKOSOS organlari orqali amalga oshiradilar.
_______________________ O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlari, Toshkent, 2019 yil, 6 bet. Xulosa Xulosa qilib qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot – uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari ma‘nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e‘tibor berilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma‘nosi anglatib, faqatgina uy yoki individual xo’jalik yuritish yoki tejamkorlik ma‘nosini anglatmaydi. Balki, iqtisodiyot – yirik xususiy xo’jalik, jamoa xo’jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo’jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, kontsernlar, qo’shma korxonalar, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat usha murakkab ijtimoiy tizimini anglatadi. Umuman olganda, “iqtisodiyot” – bu oddiy tushuncha sifatida xo’jalik va xonadon a‘zolari o’rtasida o’zaro iqtisodiy aloqalari va iqtisodiy munosabatlarini bildiradi. Keng ma‘noda “iqtisodiyot” - butun jahon mamlakatlari va ularning xalqlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuisidir Iqtisodiyotning asosiy mazmuni va mohiyati shundan iboratki, tabiatdagi cheklangan resurslardan unumli va oqilona foydalanib, xalq ommasini to’xtovsiz o’sib borayotgan moddiy va nomoddiy ehtiyojlarini uzluksiz ravishda qondirib borishdir degan xulosa keldim. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishi va uni yaxlitliliga bo’yicha – jahon iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, funktsional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti, korxona va firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyotidan iboratdir. Bu ko’rinishdagi iqtisodiyot turlarini yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb yuritiladi. Download 177.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling