2. Ishlab chiqarish harajatlari turlari
Download 36.99 Kb.
|
2. Ishlab chiqarish harajatlari turlari
3. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish harajatlarining oʻzgarish tamoyillari
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya’ni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha oʻtgan davr sezilarli ta’sir koʻrsatadi. SHu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi. Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat oʻzgaruvchi xarajatlari miqdorini oʻzgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir. Bunday xarajatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) jonli mehnat xarajatlarini oshirish, ya’ni qoʻshimcha ishchi kuchini yollash va ulardan foydalanish; 2) xomashyo, material, elektr energiyasi va boshqa xarajatlar miqdorini koʻpaytirish; 3) nisbatan arzon va ishlab chiqarishga osonlik bilan joriy etish mumkin boʻlgan mehnat vositalari miqdorini koʻpaytirish va h.k. Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band boʻlgan resurslari miqdorini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlgan davrdir. Uzoq muddatli davrda barcha xarajatlar, shu jumladan, doimiy xarajatlar ham oʻzgaruvchi hisoblanadi. 4. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.
Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’ektlarga turli toʻlovlar amalga oshiriladi. Bu toʻlovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablagʻlari uchun toʻlanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar toʻlaydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablagʻlar kiritadilar. Mablagʻlarning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek jamgʻarish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi. Asosiy tayanch tushunchalar Ishlab chiqarish xarajatlari – tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflardir. Ichki xarajatlar – korxonaning oʻziga tegishli boʻlgan resurslardan foydalanish natijasida vujudga keladigan xarajatlar. Tashqi xarajatlar – tashqaridan jalb qilingan resurslarga toʻlovlarni amalga oshirishga ketgan xarajatlar. Download 36.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling