2 Ishlab chiqarish jarayoni, uning mazmuni va natijalari
Respublika YaIMda tovarlar va xizmatlar ulushi
Download 110.01 Kb.
|
Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2005 yil 2006 yil
- Birinchi bo’linmada
Respublika YaIMda tovarlar va xizmatlar ulushi
(joriy narxlarda)*
* Manba: O’zbekiston Respublikasi DSQ: Yillik statistik to’plam, 2007. -33s. Moddiy ishlab chiqarish sohasi o’z navbatida ikki bo’linmadan — birinchi va ikkinchi bo’linmalardan iborat bo’ladi. Birinchi bo’linmada ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish iste’moli uchun zarur bo’lgan vositalar — stanok, mashina, asbob-uskuna, xom ashyo va turli materiallar ishlab chiqariladi. Ikkinchi bo’linmada esa xalq iste’moli uchun zarur bo’lgan iste’mol tovarlari ishlab chiqariladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan iste’mol qiymatni (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o’sish jarayonidir. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayoni bir tomondan, iste’mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo’lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning o’sish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun har bir tonnasi 1000 so’mdan 100 tonna, hammasi bo’lib 100 ming so’mlik paxta tolasi sotib oldi deylik. U shu paxta tolasidan ip yigiradi, qo’llanilgan asosiy vositalar amortizatsiyasi, energiya va boshqa xarajatlar 20 ming so’mni, ish haqi 30 mingni tashkil etsa, 30 ming so’mlik foyda oladigan bo’lsa hammasi bo’lib yaratilgan mahsulotning qiymati 180 ming so’mni, qo’shilgan qiymat 80 ming so’mni tashkil etgan bo’ladi. Agar biz 80 ming so’mlik qo’shilgan qiymatdan 20 ming so’mini amortizatsiya, energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya’ni oldindan yaratilgan qiymatlar deb qarasak 60 ming so’mlik qiymat, ya’ni 30 ming so’mlik ish haqi va 30 ming so’mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini quyidagicha ifoda etishimiz mumkin (3-chizma). Меҳнат жараёни ёки нафлиликнинг яратилиши ва кўпайиши жараёни Истеъмол қиймати, яъни нафлилиги Ишчи кучи ва ишлаб чиқариш воситалари (натурал шакллари) Натижа: товар ва хизматлар Ишлаб чиқариш жараёни Ишлаб чиқаришнинг омиллари Сарфланган ва қўшилган қиймат Қийматнинг ўсиш жараёни Капитал: ишлаб чиқариш воситалари ва ишчи кучи қиймати Download 110.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling