2. Koshi masalasi, mavjudlik va yagonalik teoremalari. Pikar teoremasi
Download 14.22 Kb.
|
Taqriz Diffur
Farg`ona davlat unversiteti matematika – informatika fakulteti matematika yo`nalishi 20.01- guruh talabasi Tojiakbarov Nozimjonning “Hosilaga nisbatan yechilgan birinchi tartibli oddiy differensial tenglamalar va Koshi masalasi” mavzusidagi kurs ishiga TAQRIZ Ushbu kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Kurs ishi 34 varoq hajmida yozilgan, unda 8 nomdagi adabiyotlar ro`yxati keltirilgan, u zamonaviy darsliklarni, o`quv qo`llanmalarni, huquqiy meyoriy hujjatlarini va ko`pchilik tomonidan keng foydalanilayotgan interten saytlarini o`z ichiga oladi. Kirish qismida kurs ishini dolzarbligi, obyekti, maqsad va vazifalari bayon qilingan. Asosiy qismda quyidagi mavzular bo`yicha ma`lumotlar berilgan: 1. Hosilaga nisbatan yechilgan birinchi tartibli oddiy differensial tenglama va uning yechimi haqida tushuncha; 2. Koshi masalasi, mavjudlik va yagonalik teoremalari.Pikar teoremasi; 3. Vektor yozuvli Koshi masalasi; 4. Hosilaga nisbatan yechilgan birinchi tartibli oddiy differensial tenglamaning umumiy, xususiy va maxsus yechimlari. Kurs ishi oxirida xulosa chiqarilib, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati keltirilgan. Kurs ishi unga qo`yilgan talablarga to`liq javob beradi. Ba`zi imloviy xatolarga yo`l qo`yilgan. Bular kurs ishining mazmuniga tasir etmaydi. Yuqoridagilardan xulosa qilib, kurs ishini himoyaga tavsiya etaman. Ilmiy rahbar: F-m.f.f.d.(PhD). A.Mamanazarov Download 14.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling