1.Kalimai shahodat
|
(Arabcha – guvohlik so`zlari),tashahhud – islom dinidagi 5 asosiy rukndan birinchisi – imonning asosi.
|
2. Imon
|
«Imon» so’zining lug’aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo’lib, istilohda esa Lo iloha illa-lloh, Muhammadun rasululloh («Allohdan o’zga ilohiyat yo’q va Muhammad – Allohning payg’ambari») kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l-lison), dil bilan tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir. Mazkur ta’limot boshqalaridan imon masalasida amalni alohidalashi bilan farqlanadi. Imonning yetti sharti bor
|
3. Zakot
|
«poklash» ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojdan tashqari bo’lgan boylikning qirqdan bir qismini (1/40) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga yetgan badavlat kishilar uchun farz etilgan. Zakot yetim-yesir, beva-bechoralar, musofirlar, qarzdorlar, Alloh yo’lida yurganlar, zakot yig’uvchilarga beriladi. Zakot hijriy hisob bilan bir yil davomida ishlatilmay turgan yoki shaxsiy ehtiyojdan tashqari, xususiy mulk sifatida foydalanilayotgan mablag’dan beriladi
|
4. Ro’za
|
yilda bir oy: hijriy qamariy kalendarning ramazon oyi davomida kunduz kunlari yeyish-ichish va jinsiy aloqada bo’lishdan tiyilish. Ro’za Hijratning ikkinchi yili farz bo’lgan. Bu ibodat kasal yo safarda bo’lgan kishilardan boshqa kunlarda tutib berish sharti bilan soqit qilinadi. Sababsiz ro’zani buzgan kishi boshqa kunda tutib berish bilan birgalikda, uning jazosi sifatida ikki oy paydar-pay ro’za tutishi lozim bo’ladi.
|
5. Haj
|
qodir bo’lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat qilish va ushbu ibodat o’z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat. Haj farz amallardan hisoblansada, O’rta Osiyo Arabistondan uzoq masofada joylashganligi sababli yuqorida zikr etilga «qudrati yetganlik» sharti ulamolar tarafidan kiritilgan.
|
6. Namoz
|
Namoz – islomda imondan keyin musulmonlar ustiga farz qilingan ikkinchi amal hisoblanadi. Namoz arkonlari Qur’oni karimda to’liq bayon etilmagan bo’lsa ham, ammo u haqda ba’zi ko’rsatma va tartiblar berilgan. Namozning vaqti, miqdori hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan
|
7.Hadis
|
(arab. – xabar, yangilik) – Muhammad s.a.v aytgan so`zlari , qilgan ishlari, iqrorlari to`g`risidagi rivoyat.
|
8.Sura
|
faqat Qurʻonga xos tushuncha, uning boʻlimlari Sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Islom Ulamolari istilohida esa, Sura — Qurʼon oyatlarining boshlanish va tugashi belgilangan mustaqil toifasidir.
|
9. Qurʼon
|
musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh
|
10. Vahiy
|
Diniy e`tiqodga ko`ra, Alloh taoloning o`z payg`ambarlariga farishtalar orqali yuborgan buyruq yoki ko`rsatmalari
|