2 kurs №2 mavzu oey
Download 21.01 Kb.
|
Вазиятли масала 2 курс ОЭЕ — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
2 KURS № 2 MAVZU OEY 1-MASALA 5 oylik bola. Asab-ruhiy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolmokda. Ishtahasi sust, kechasi notinch, doim barmog‘ini so‘radi. Terisi rangpar, kulrang, quruq, elastlikligi sust, tez burma hosil bo‘ladi, mushaklar tonusi past, qornida va oyoq-qo‘llarida yog‘ to‘qimasi yo‘qolgan, faqat yuzida saqlangan. Savol: Bolaning holatiga baho bering. 2-MASALA Qabul bo‘limiga 3 yoshli bolani olib kelishdi. Shifokor bemorning umumiy ko‘rigida qo‘yidagilarni aniqladi: teri osti yog‘ qavati o‘ta sust rivojlangan. Ayniqsa tananing yog‘ to‘planadigan joylarda bu yaqqolroq ko‘rinadi. Mushaklar xajmi kichraygan. Suyaklar yaqqolroq ko‘rinidigan bo‘lib qoladi. Teri yupqalashgan, quruq, noelastik, rangpar va sovuq . Sochlar oson to‘kiladi va siyraklashib ketgan. Savol: Bolaning holatiga baho bering. 3-MASALA Shifokor bemorning ko‘rigida qo‘yidagilarni aniqladi: Terisi quruq, yupqa va tirishgan. Teri rangi giperpigmentlangan va yoriluvchan. Periferik va periorbital shishlar kuzatiladi. Palpatsiyada jigar kattalashgan (gepatomegaliya) va qorin bo‘shlig‘ida erkin suyuqlik aniqlanadi (assit). Teridagi o‘zgarishlar tananing turli qismlarida xar xil ifodalangan. Sochlar ingichkalashgan va siyraklashgan, kipriklar sezilarli darajada o‘sgan. Qonda gipoalbuminimiya. Savol: Bolaning holatiga baho bering. 4-MASALA Shifokor bemorning umumiy ko‘rikdan o‘tkazgandan so‘ng bemorda OEY og‘ir darajasi aniqlandi. Diagnostika maqsadida va kasallikni og‘irlik darajasini aniqlashda qanday tekshiruvlarni o‘tkazishni tavsiya etasiz ? Savol: tekshiruvlarni belgilang 5-MASALA Tekshiruvlarda aniqlandi: Tana vazni tanqisligi normaga nisbatan 10-20% ni tashkil qiladi. Bolaning ahvoli qoniqarli, ishtahasi bir oz pasaygan, terisi silliq, elastik, rangpar, ichki a’zolari patologiyasiz. To‘qimalar turgori pasaygan, qorindagi teri osti yog‘ qatlami bir oz kamaygan, lekin yuzida saqlangan. Qonda disproteinemiya va ovqat hazm qiluvchi fermentlar aktivligining pasayishi kuzatiladi. Savol: Bolaning holatiga baho bering. 6-MASALA Shifokor ko‘rigiga 3.5 yoshli qiz bola olib kelindi. Ona ining so‘zidan shikoyati- ishtaxasizlikka, xolsizlikka, bo‘shashgan, kam xarakat qilishga, tengqurlariga nisbatan aqliy faoliyati sustlashgan. Majburlab ovqat beradi va bola qayt qilib yuboradi. Umumiy ko‘rikda qo‘yidagilar aniqlandi. Tana vazni normadan 20-30%, bo‘yi 2-4 sm ga kam. Terisi oqish, quruq. To‘qimalar turgori va elastikligi, mushaklar tonusi pasaygan. Teri osti yog‘ qavati yuzida saqlangan, qorinda kamaygan. Qo‘pincha taxipnoe, aritmik dag‘al nafas, yurak tonlarining bo‘g‘iqligi, taxikardiya va arterial gipotoniyaga moyillik. Laborator tekshiruvda gipoxrom anemiya, gipo- va disproteinemiya kuzatiladi. Savol: Bolaning holatiga baho bering. 7-MASALA Bemor ko‘rikdan o‘tkazilganda qo‘yidagilar aniqlandi. Tana vazni tanqisligi 30% dan ko‘p. Bo‘yi normadan 7-10 sm kam. Bolaning umumiy og‘ir: uyquchan, atrofga befarq, serjaxil, negativizm, tengqurlaridan rivojlanishdan ortda qolgan, anoreksiya. Tashqi ko‘rinishi ozg‘in, terisi kulrang, teri elastikligi va turgori keskin pasaygan. Yuzi qarilarga o‘xshaydi, ajinli. Laborator tekshiruvlar qonning quyuqlashganligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Savol: Bolaning holatiga baho bering. 8-MASALA Shifoxona qabul bo‘limiga 2.5 yoshli bemor olib kelindi va OEY II daraja tashxisi ostida statsionar davo uchun yotqizildi. Bemorning umumiy ko‘rigida qo‘yidagilar aniqlangan: Tana vazni tanqisligi normaga nisbatan 10-20% ni tashkil qiladi. Bolaning ahvoli qoniqarli, ishtahasi bir oz pasaygan, terisi silliq, elastik, rangpar, ichki a’zolari patologiyasiz. To‘qimalar turgori pasaygan, qorindagi teri osti yog‘ qatlami bir oz kamaygan, lekin yuzida saqlangan. Qonda disproteinemiya va ovqat hazm qiluvchi fermentlar aktivligining pasayishi kuzatiladi. Savol: Bolaning holatiga baho bering. Qabul bo‘limi shifokori qanaqangi xatoliklarga yo‘l qo‘ygan. 9-MASALA Shifoxona qabul bo‘limiga 5 yoshli bemor olib kelindi va OEY og‘ir daraja Kaxeksiya tashxisi ostida statsionar davo uchun yotqizildi. Bemorning umumiy ko‘rigida va laborotor tekshiruvlardan so‘ng qo‘yidagilar aniqlangan: Terisi quruq, yupqa va tirishgan. Teri rangi giperpigmentlangan va yoriluvchan. Periferik va periorbital shishlar kuzatiladi. Palpatsiyada jigar kattalashgan (gepatomegaliya) va qorin bo‘shlig‘ida erkin suyuqlik aniqlanadi (assit). Teridagi o‘zgarishlar tananing turli qismlarida xar xil ifodalangan. Sochlar ingichkalashgan va siyraklashgan, kipriklar sezilarli darajada o‘sgan. Qonda gipoalbuminimiya. Savol: Bolaning holatiga baho bering. Qabul bo‘limi shifokori kasallikni tashxisotida xatoliklarga yo‘l qo‘yganmi? 10-MASALA Shifoxona qabul bo‘limiga 5 yoshli bemor olib kelindi va OEY og‘ir daraja Kvashiorkor. tashxisi ostida statsionar davo uchun yotqizildi. Bemorning umumiy ko‘rigida va laborotor tekshiruvlardan so‘ng qo‘yidagilar aniqlangan: teri osti yog‘ qavati o‘ta sust rivojlangan. Ayniqsa tananing yog‘ to‘planadigan joylarda bu yaqqolroq ko‘rinadi. Mushaklar xajmi kichraygan. Suyaklar yaqqolroq ko‘rinidigan bo‘lib qoladi. Teri yupqalashgan, quruq, noelastik, rangpar va sovuq. Sochlar oson to‘kiladi va siyraklashib ketgan. Savol: Bolaning holatiga baho bering. Qabul bo‘limi shifokori kasallikni tashxisotida xatoliklarga yo‘l qo‘yganmi? Download 21.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling