Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o’rganuvchi sohalar.
A) yosh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlarining ontogenezda rivojlanishini o’rganadi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi, o’smirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo’linadi.
B) patopsixologiya- miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o’rganadi.
Oligofrenopsixologiya - miyaning tug’ma kamchiliklari tufayli paydo bo’ladigan bo’limlarni o’rganadi.
Surdopsixologiya - eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo’lgan bolalarning
rivojlanishini o’rganadi.
Tiflopsixologiya - ko’rish qobiliyati past yoki umuman ko’rmaydigan kishi faoliyatini o’rganadi.
Qiyosiy psixologiya -hayotning filogenetik shakllarini o’rganuvchi psixologiya sohasi bo’lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali o’xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi.
Akmeologiya yetuklik darajasiga erishgan shaxs rivojlanishining yuqori darajasi ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini, ayniqsa rivojlanishining eng yuqori cho’qqiga erishish xususiyatlarini o’rganadi.
Inson va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning psixologik tomonlarini o’rganuvchi psixologiya sohalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |