2-kurs Malay-ingliz guruhi talabasi Rahmonaliyeva Husnoraning O’zbekistonni rivojlanish strategyasi. Fuqarolik jamiyati fanidan tayyorlagan


O‘zbekistonda xalq bilan muloqot qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizimga


Download 111.9 Kb.
bet2/2
Sana10.11.2021
Hajmi111.9 Kb.
#172775
1   2
Bog'liq
2 5228910060524013180

O‘zbekistonda xalq bilan muloqot qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizimga

Inson hayotga bir marta keladi, baxtli yashashni istaydi va uning bunga to‘la haqqi bor. Xalqimizning huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlaridan ko‘zlangan maqsad-muddao ham aslida shu: bugungi kunimiz kechagidan, ertamiz bugungi kunimizdan ko‘ra baxtli va farovon bo‘lishiga erishish. Ana shunday ulug‘ va xayrli maqsadlarimizning ro‘yobga chiqishi ko‘p omil va mezonlarga bog‘liq. Ammo ularning ichida hayotimizda adolatni qaror toptirish eng zaruriy shart hisoblanadi. Zotan, ijtimoiy adolat ta’minlangan davlatda xalqning bunyodkorlik salohiyati, yaratuvchanlikka intilishi va ishtiyoqi hosil beraveradi.

Mustaqillik yillarida erkin ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun zarur bo‘lgan huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy shart-sharoitlar shakllandi. OAVning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar izchil davom etmoqda. Diqqatga sazovor muhim tomoni shundaki, erkin OAVni rivojlantirmay turib, fuqarolik jamiyati qurish va inson erkinligi, huquqlarini ta’minlash mumkin emasligini jamoatchilik anglab etdi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash masalasi alohida o‘rin egallashini nazarda tutib Birinchi Prezidentimiz I.Karimov shunday deydi: «Jamiyatimizni yanada rivojlantirish va sifat jihatidan yangilash borasidagi eng muhim ustuvor yo‘nalish – bu inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so‘zda yoki qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi».175 Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi axborot sohasini liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashda ham yangi bosqichni boshlab berdi. O‘tgan yillar davomida ushbu sohada keng qamrovli islohotlar, ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu borada axborot vositalari faoliyatiga oid mukammal huquqiy baza yaratilganligini va u insonlar uchun axborot olish sohasida erkinlik va huquqlarini ta’minlashda muhim rol o‘ynayotganligini alohida qayd etish zarur. Avvalo, mamlakatimizda axborot sohasida olib borilayotgan siyosat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan ommaviy axborot vositalari erkinligi va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritishi176har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligiga, hamda o‘zi istagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega177ekanligi haqidagi me’yorlarni izchillik bilan va to‘laligicha ta’minlanishi asosida amalga oshirilishini qayd etish zarur. SHu ma’noda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyatidagi roliga alohida to‘xtalib: “Ochiq va kuchli fuqarolik jamiyatini bugungi kunda erkin ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlangan tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi... ularning faoliyati samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan zarur me’yoriy-xuquqiy baza, iqtisodiy va huquqiy kafolatlar yaratilgani ham bu sohadagi katta ishlarimizdan bo‘ldi”,178 deb ta’kidlagani bejiz emas. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning tahlili bu sohaga oid huquqiy bazani takomillashtirish izchil va tizimli tarzda amalga oshirib borilganligini ko‘rsatmoqda. O‘tgan yillarda mamlakatimizda yaratilgan huquqiy makon va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida bosma nashrlar soni ko‘paydi, xususiy gazeta va telestudiyalar tizimi yuzaga keldi.

Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzura qilganlik, jurnalistning qonuniy faoliyatiga to`sqinlik qilganlik, uning so`rov va axborot olish huquqini buzganlik, jurnalistga tazyiq o`tkazganlik va faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikka tortiladilar. Jurnalistning materiallari va texnika vositalarini g`ayriqonuniy ravishda olib qo`yish mumkin emas. Jurnalist sha'ni va qadr-qimmatini haqorat qilish, uning hayoti, sog`lig`i va mol-mulkiga tahdid, zo`ravonlik yoki tajovuz qilish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi.

O`zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning axborot olish huquqi maxsus qonunlar bilan ham mustahkamlab qo`yilgan. 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida»gi Qonuni bevosita ushbu huquqni amalga oshirish bilan bog`liq masalalarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan va qabul qilingan. Ushbu qonun har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosbatlarni tartibga soladi.

Davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o`zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga dahldor bo`lgan qonun hujjatlari bilan, shuningdek, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. Axborot olish imkoniyati qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e'lon qilish va tarqatish yo`li bilan ta'minlanadi2[17].

Davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat siri yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirlardan iborat axborotni berishi mumkin emas. Davlat organlarining, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning fuqarolarning axborot olishga doir huquqlarini kamsituvchi hatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Shu ma’noda mustaqil Vatanimiz tarixida, xalqimiz hayotida yana bir yangi davr, yangi taraqqiyot bosqichi boshlandi, deyishga barcha asosimiz bor. Strategik maqsadlarimiz aniq va ravshan – demokratik, insonparvar davlat qurish, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, pirovardida, xalqimizni hayotdan rozi qilish, uning yanada farovon yashashi uchun barcha shart-sharoitni yaratish. Bunday yuksak marralarga xalq bilan muloqot qilib, odamlarning ichiga kirish, ularning dardu tashvishlari bilan yashash, inson manfaatlarini ta’minlash orqaligina erishish mumkin.

Konstitutsiyamizning 2-moddasida qayd etilganidek, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.

Ushbu qomusiy tamoyillar Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida mukammal ravishda ro‘yobga chiqarilmoqda. Bu borada mamlakatimiz adliya idoralari tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

O‘zA muxbirining O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan suhbati shu haqda bo‘ldi.

– Bosh qomusimizda birinchi o‘rinda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari va undan keyin davlat organlari va ularning huquq va majburiyatlari o‘z aksini topgan, – deydi R.Davletov. – Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekanligi, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etilishi davlat organlarining xalqimiz oldida mas’ulligidan dalolat beradi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatida ham aynan shu ma’no mujassamlangan. Davlatimiz rahbarining har bir harakati, fikr va mulohazalari, ayniqsa “xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan so‘zlari, Konstitutsiyamizning 2-moddasidagi qoidaning yorqin amaliy ifodasidir.

Harakatlar strategiyasi asosida qabul qilinib, amalga oshirilayotgan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi orqali mazkur konstitutsiyaviy normalar o‘zining yangi sifat va samara bosqichiga ko‘tarilganini bugungi kunda butun dunyo tan olyapti.

Xalq bilan muloqotning yangi konsepsiyasi e’lon qilinishi, Prezidentimizning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari tashkil etilishi, uni boshqarish uchun yaxlit vertikal tizimning joriy etilishi, shuningdek, fuqarolarining dunyoqarashini butunlay o‘zgartirgan muvaffaqiyatli faoliyati, bularning barchasi shunday katta ahamiyatga ega bo‘ldiki, ko‘plab olimlar va ekpertlar mazkur yangi fenomen sohadagi nazariy asoslarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilayotganini ta’kidlamoqda.

Mamlakatimizda so‘nggi bir yilda olib borilgan samimiy va ochiq muloqot, ommaviy axborot vositalarining faollashishi, informatsion sohaning shiddatli rivoji jamiyatni batamom o‘zgartirdi. Bu odamlarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki, fuqarolik faolligining oshganligida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Adliya organlari o‘z navbatida davlat institutining bir bo‘lagi sifatida yuklangan vazifalarni bajarishda konstitutsiyaviy tamoyillarga tayangan holda fuqarolarning talabi, kelajakda kutayotgan umidlari va istaklaridan kelib chiqib o‘zining sa’y-harakatlarini inson manfaatlarini to‘la ta’minlashga yo‘naltirmoqda.

Adliya vazirligi tizimida inson huquqlarini himoya qilish izchil yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning 9 oyi mobaynida adliya idoralariga bu yo‘nalishda 3,2 mingga yaqin jismoniy va yuridik shaxs murojaat qildi. Ularning aksariyati qanoatlantirilib, mingga yaqin shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.

Fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab sudlarga 440 da’vo arizasi hamda aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 180 ma’muriy va 11 jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi.

O‘tkazilgan monitoring va nazorat tadbirlari davomida tegishli idoralarga kiritilgan taqdimnoma va ogohnomalar natijasida 46 noqonuniy hujjat ijrosi to‘xtatildi va bekor qilindi. 527 mansabdor shaxs tegishli intizomiy jazoga tortildi. Shulardan 84 nafari egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Bunda asosiy e’tibor fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklashgina emas, balki ularning huquqlari buzilishining oldini olishga qaratilmoqda.

Xalq bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlar hamda jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilish natijalariga ko‘ra, amaldagi qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Fuqarolarning hayotiy muammolarini, ya’ni yaqin qarindoshlari yoki o‘zining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etish holatlarining oldini olish maqsadida Mehnat kodeksining 78-moddasiga shaxsni ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etishni taqiqlovchi norma belgilash bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Bu esa, vatanparvar, tashabbuskor, bilimli, intiluvchan fuqarolarning mehnat qilish va erkin kasb tanlash kabi konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlashga xizmat qiladi.

– Aholining fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) bo‘limlari, notariat va advokaturaga kundalik turmushda ko‘proq ishi tushadi. Bu tizimlarda odamlarga qulaylik yaratish, manfaatlarini ta’minlash qay darajada?

– Mazkur yo‘nalishlar adliya organlarining bevosita fuqarolarga xizmat ko‘rsatadigan sohalaridir. Hozirda ulardagi xizmat ko‘rsatish sifati va holati, albatta, bizni ham, xalqimizni ham qoniqtirmaydi. Shuning uchun bu sohalarni yanada takomillashtirishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.



Fuqarolarimiz ushbu idoralarga borganida navbat kutib qolmasligi, ularga tez va sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbariyati tomonidan qat’iy vazifalar qo‘yilgan.
Download 111.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling