2-Laboratariya mashg’ulot. Mavzu: Zamonaviy interaktiv texnologiyalar (elektron doska) bilan ishlash
Download 24.64 Kb.
|
2-labaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kutilayotgan natija
- Kerakli jihozlar
- NAZARIY QISM
- Nazorat savollari
2-Laboratariya mashg’ulot. MAVZU: Zamonaviy interaktiv texnologiyalar (elektron doska) bilan ishlash. Ishning maqsadi: Talabalarda ma’ruzada olingan bilimlarni mustahkamlash, zamonaviy interaktiv texnologiyalar (elektron doska) bilan ishlash bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish. Kutilayotgan natija: Zamonaviy interaktiv texnologiyalar (elektron doska) bilan ishlash bo’yicha ma’lumot oladi. Zamonaviy interaktiv texnologiyalar (elektron doska) bilan ishlash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladi. Kerakli jihozlar: Kompyuter, proyektor, darslik, ko’rgazmali materiallar, tarqatma materiallari, topshiriqlar. AMALIY TOPSHIRIQLAR: Pedagogik texnologiyalarning hozirgi kunda eng ommalashgan turi qaysi? Dars jarayonida interaktiv metodlardan qanday foydalaniladi? Elektron interaktiv doska qanday avzalliklar va kamchiliklarga ega? NAZARIY QISM Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng ommalashgan turlaridan biri-bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchining birgalikdagi faoliyati bo’lib, asosan o’quvchilarni fikrlashga undaydi. Kerakli xulosalarga kelishni, ular o’zini tahlil qilishni va amaliyotda qo’llashni o’rgatadi. O’qituvchining asosiy vazifasi bu yerda o’quvchilarga yo’l ko’rsatish, yo’nalish berish, eng to’g’ri xulosani aytishdan iborat. Interaktiv usullar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o’qituvchi o’quvchining fikrini xech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to’g’ri xulosani aytib o’tib ketadi. Natijada o’quvchi xatosini o’zi tushunib oladi. Bu esa ularni tushkunlikka tushish, fikrlashda tormozlanish kabi xolatlarning oldini oladi. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro hurmatga asoslanadi. O’qituvchi qanday bo’lmasin o’quvchining fikrini tinglaydi va hurmat bilan qarashini bildiradi, shu bilan birga o’quvchilarni bir-birlarini tinglashga o’rgatadi. e`tirozlar, qo’shimchalar ham “hurmatli”, “sizning fikringizga qo’shilgan holda”, “bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi” kabi so’zlar orqali bildiriladi. Bunday tarzda tashkil etilgan darsda o’quvchi o’zini hurmat qilinayotganligini sezadi va bunday sharoitda xech qanday tayziqsiz erkin fikrlay boshlaydi va uni ochiq bayon eta oladi. Ushbular bilan birgalikda u boshqalarni ham hurmat qilishga o’rganadi. Interaktiv metodlar o’quvchilarda doimiy faollikni ta`minlaydi. O’quvchilar dars davomida bo’sh qolmaydilar, ular mavzuga oid biror bir muammo bilan band bo’ladilar. Natijada esa zerikish holatini oldi olinadi. Interaktiv meiodlardan foydalanishda o’qituvchi, eng avvalo, darsning texnologik loyihasini tuzib olishi lozim. Darsni texnologik loyixalash uchun esa o’qituvchi interaktiv metod strategiyalari va usullari bilan tanish bo’lishi lozim. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida boy tajriba to’plagan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar o’ziga xos ahamiyatga egadir. Elektron interaktiv doska – raqamli, dasturiy va Internet texnologiyalari sohasidagi oxirgi yutuqlar kombinatsiyasidir. Bu ta’lim sohasidagi keskin ‘zgarish hisoblanadi, chunki an’anaviy doska va bo‘rlar elektron ko‘rinishga o‘tadi. Elektron interaktiv doska - personal kompyuter uchun periferiya qurilmasi hisoblanadi. Proektor qurilmasi bilan birgalikda videoroliklarni, rasmlarni va boshqa obyektlarni yaratish va namoyish etish, kompyuter xotirasiga saqlash yoki printer orqali bosmaga chiqarish mumkin. Elektron interaktiv doska tarkibiga quyidagi elementlar kiradi: Doskaga yozish uchun 3 dona elektron ruchka Doskani kompyuterga ulash uchun 10 metrli USB-RS232 kabeli Diskda elektron doska dasturiy ta`minoti Doskadan foydalanish yo`riqnomasi Elektron doska ikki xil ko`rinishda o`rnatilishi mumkin. Xarakatlantirishga qulay bo`lishi uchun maxsus oyoqli moslamalarga mahkamlanishi yoki qo`zg`almas bo`lishi uchun maxsus uskunalar yordamida devorga maxkamlanishi mumkin Nazorat savollari Interaktiv nima? Zamonaviy dars berish metodlariga misol keltiring. Interaktiv metod boshqa metodlardan nimasi bilan farq qiladi? Download 24.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling