2 Laboratoriya ishi Aktiv va sig‘im elementli o‘zgaruvchan tok zanjirida istemolchilarni ulash. Kirish


Download 94.31 Kb.
bet2/3
Sana15.12.2022
Hajmi94.31 Kb.
#1008402
1   2   3
Bog'liq
2.1-LAB E

I. Qisqacha nazariy tushunchalar.
O‘zgaruvchan tok zanjiriga aktiv qarshilik R va reaktiv element sifatida
S sig‘imli kondensatro ketma-ket ulangan bo‘lsin (2.1- rasm)

a b
2.1- rasm. Aktiv va sig‘im elementli o‘zgaruvchan tok zanjiri (a) va
zanjirning vektor diagrammasi (b).
Tarmoq kuchlanishi U = Um Sin ω t garmonik qonuniyat asosida o‘zgaradi, zanjirning to‘la qarshiligi aktiv va reaktiv qarshiliklarning geometrik yig‘indisidan iborat
Z = (R2 + XC 2)1/2 , (2.1)

bu erda XC = 1/ ω S - kondesatorning sig‘im qarshiligi. Kondensator plastinkalarining aktiv qarshiligi amalda juda kichik bo‘lgani uchun hisobga olinmaydi va Om qonuniga ko‘ra zanjirdagi tok kuchi


I = U/Z (2.2)


Aktiv qarshilikdagi aktiv kuchlanish va kondensatordagi reaktiv kuchlanishlarning orasidagi burchak siljishi zanjirning quvvat koeffitsienti orqali aniqlanadi


Cos = R/Z , (2.3)
Zanjirdagi aktiv va reaktiv quvvatlar mos xolda:

P = I2 R , va Q = I2 XC (2.4)


Zanjirdagi to‘la quvvat


S = (P2 +Q2 ) ½ yoki S = I2 Z. (2.5)




II. Ishni bajarishdan maqsad
Aktiv qarshilik va sig‘im elementlar ketma-ket ulangan o‘zgaruvchan tok elektr zanjirida kuchlanishlar taqsimotini, hamda kondensatorda tok va kuchlanishlar orasidagi faza siljishlarni amalda tekshirish. Nazariy jixatdan o‘rganilgan kuchlanishlar va qarshiliklar uchburchaklarini amalda qurish. Kodensatorning sig‘im qarshiligi va sig‘im elementli zanjirning quvvat koeffitsienti xaqida tushunchaga ega bo‘lish.


III. Ishni bajarish tartibi
Laboratoriya ishi K4822-2 rusumli laboratoriya qurilmasi asosida o‘tkaziladi.
Laboratoriya ishini bajarishdan avval texnika xavfsizligi talablari bilan tanishib chiqish talab qilinadi. So‘ngra 2.1-rasmda ko‘rsatilgan sxema asosida laboratoriya ishini bajarib, tegishli hisoblashlar amalga oshiriladi.
Laboratoriya ishini topshirish uchun o‘lchashlar va barcha hisoblar bajarilgandan so‘ng nazorat savollariga javob beriladi va xulosa qism yoziladi.
Laboratoriya ishini bajarish uchun 2.1-rasmdagi sxemani yig‘ing.



2. 1 - rasm. Aktiv va sig‘im qarshilikli o‘zgaruvchan tok zanjiri.


mA – o‘zgaruvchan tok milliampermetri 300 mA; V1 va V2- o‘zgaruvchan tok
voltmetrlari, 50 V; R – rezistor PEV-75-750 Om;
S – kondensator 4 mkF 400 V.

Sxemani yig‘ib bo‘lgach uni mashg‘ulot raxbariga ko‘rsating. Sxemaning to‘g‘ri yig‘ilganiga ishonch xosil qilgach, uning kirishiga o‘zgaruvchan 220V kuchlanish bering. Sxemaga berilgan U0 kuchlanishni V1 voltmetr yordamida, zanjirdagi I tok kuchini mA milliampermetr


yordamida o‘lchab, yozib oling. Aktiv qarshilikdagi kuchlanish UR va kondensatordagi kuchlanish UC larni V2 voltmetr yordamida o‘lchang.
O‘lchash natijalarini 1-jadvalga yozing.
1-jadval



U0 (V)

I (mA)

UR (V)

UC (V)











Download 94.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling