2-laboratoriya ishi formulalardan foydalanish Maqsad
Download 448.65 Kb. Pdf ko'rish
|
2LABARATORIYA
2-LABORATORIYA ISHI Formulalardan foydalanish Maqsad. Formulalardan foydalanish, absolut va nisbiy adreslar. 1. Nazariy qism. Excel programmasidagi jadvallarda hisoblashlar formulalar yordamida amalga oshiriladi. Formulalar matematik amal belgilari bilan bog'langan sonli konstantalar, kataklar adreslari, havolalar va Excel funksiyalarni saqlashi mumkin. Qavslar bajaradigan amallarni standart tartibini o'zgartirish imkoniyatini beradi. Agar katak formula saqlasa, u holda mazkur formulaning hisoblangan natijasi ishchi varaqda aks etadi. Agar formula saqlanayotgan katak faollashtirilsa, Строка
Formulani kiritish = (tenglik) belgisi bilan boshlanishi zarur. Formula havolalarni, ya'ni, boshqa formulalar adresini saqlashi mumkin. Bu holda mazkur kataklar ichidagi hisoblashlar bu formula bilan bog'liq katakka ham tegishli bo'ladi. Formula hisoblashlardagi natija boshqa katakdagi songa bog'liqligini bildiradi. Shunday qilib, formula saqlaydigan katak bog'liq hisoblanadi. Ya'ni, formula saqlaydigan katak qiymati, havola ko'rsatadigan katakdagi qiymat o'zgarishi bilan qayta hisoblanib ko’riladi. Katakka havolani ikki yo'lda berish mumkin: klaviaturadan terib kiritish yo'li va ishchi varaqdagi katakni ko'rsatish yo'li bilan. Birinchi holatda, hisoblanadigan katak ustida havola kiritiladi, bu yo'lda xatolar yuz berishi mumkin, ikkinchi yo'lda kerakli katakka sichqoncha yordamida ko'rsatiladi. Avvaldan kelishilganidek, formuladagi katakka havola nisbiy deb ko’riladi. Bu quyidagini bildiradi, agar havola adreslari formulalarining nusxalari hosil qilinsa, berilgan katakka nisbatan nusxalardagi formulalar ham mos ravishda o'zgaradi. Misol uchun: V2 katagida Al katagiga havola bo'lsin. Shunday qilib, havola bitta katak chapga va bir katak yuqoriga bog'langandir. Agar formulaning nusxasi boshqa bir katakka ko'chirilsa, u holda mavjud nisbiy havolaga ko'rsatish saqlanadi. Ya'ni, misol uchun E27 katakka nusxasini ko'chirsangiz, havola bir katak chap va bir katak yuqoridagi D26 katakni ko'rsatadi. Absolut adreslashda esa havola adresi nusxa ko'chirganda ham o'zgarmaydi. Formulani tahrirlashda adreslash usulini o'zgartirish uchun havolali katakni belgilab, F4 klavishini bosing. Absolut adreslashdan
foydalanuvchi katak nomeri oldida $ belgisi turishi kerak. F4 klavishi bosilsa, turli havola variantlari taklif etiladi. Download 448.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling