2-laboratoriya ishi Mavzu: Deshifratorni tekshirish


Download 175.74 Kb.
bet1/2
Sana11.03.2023
Hajmi175.74 Kb.
#1259647
  1   2
Bog'liq
2-Laboratoriya Ishi RBT

2-laboratoriya ishi

Mavzu: Deshifratorni tekshirish




Ishning maqsadi: Deshifratorlarning ishlash prinsipi bilan tanishish va ularni tekshirish.


Nazariy ma’lumot

D eshifrator kod o‘zgartkich vazifasini bajaradi, ya’ni kirishiga ikkilik sistemadagi n-razryadli signal berilganda chiqishlaridan birida mantiqiy «1»ga (yoki agar invers deshifrator bo‘lsa mantiqiy «0» ga) teng signal hosil bo‘ladi. Deshifratorlar asosan raqamli qurilmalarning ijro etuvchi qismida joylashib kirish qismiga beriladigan signalga asosan boshqaruvchi signalni shakllantiradi.


2.1-rasm. Deshifratorni vazifaviy ko’rinishi
Kirishlari soni n va chiqishlari soni 2n bo‘lgan sxemaga to‘liq deshifrator deyiladi. Bunday deshifratorning kirishiga mumkin bo‘lgan hamma to‘plamlar berilishi mumkin, masalan: n=4 uchun (1 – rasm а) to‘plamlar soni 16 ga teng: dan gacha. Mantiqiy bir 16 ta chiqishdan (f0 – f15) birida hosil bo‘ladi, qolgan chiqishlarda esa signal nolga teng. Umumiy holda , bu yerda belgisi yoki bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
To‘liq bo‘lmagan deshifratorda chiqishlar soni kam bo‘ladi, masalan, 4028 turdagi deshifrator to‘rtta kirishga va o‘nta (o‘n oltita emas) chiqishga ega.
Ayrim hollarda invers deshifratorlardan foydalaniladi. Ularning chiqishlaridan birida yagona nol signal, qolganlarida esa mantiqiy bir hosil bo‘ladi. Bunday deshifratorlar uchun umumiy holda , ya’ni , ,
.
Ko‘pchilik hollarda deshifratorlar ruxsat etish (strobirlash) kirishi р ga ega bo‘ladi. Bunday deshifratorlar uchun .
Strobirlash kirishi kod masofa birdan katta bo‘lganda, kirishdagi to‘plamlar o‘zgarayotgan vaqtda chiqishda noto‘g‘ri signal hosil bo‘lishining oldini oladi. Masalan: 0011 – 3 to‘plamdan 0100 – 4 to‘plamga o‘tilayotgan bo‘lsin. O‘tish jarayonida quyidagi to‘plamlar hosil bo‘lishi mumkin: 0010=2, 0000=0 va ularga mos ravishda f2 va f0 chiqishlarda halaqitlar impulslari yuzaga kelishi mumkin. O‘tish jarayonida chiqishda birlik signal hosil bo‘lishi р – kirish yordamida tasdiqlanadi.
Strabirlash kirishi р – kirish o‘zgaruvchilarining sonini va chiqishlar sonini ham ortirish imkonini beradi. Masalan: 5та a,b,c,d,e o‘zgaruvchilar bo‘lganda: 2.2 – rasmda ko‘rsatilgan deshifratorlardan ikkitasi yordamida to‘la deshifratorni tayyorlash mumkin. Ulardan birinchisi р=е bo‘lganda, ikkinchisi esa bo‘lganda ishga tushadi.


b)


2.2 – rasm. Deshifrator (a) va uni mantiqiy funksiyalarni amalga oshirish uchun qo‘llash (b)

Deshifrator to‘liq bo‘lmasligi, ya’ni chiqishda kirish o‘zgaruvchilarining to‘liq bo‘lmagan konyunksiyalar to‘plamini hosil qilishi xam mumkin. Masalan: o‘nlik indikatorni boshqarish uchun signal hosil qilishda 0000=0 dan 1001=9 gacha bo‘lgan chiqishlar yetarli.
Deshifratorlardan n ta o‘zgaruvchining funksiyasini amalga oshirish uchun foydalanish mumkin. Quyidagi ва funksiyalarni
(2.3-rasm), da ko‘rsatilgan deshifrator yordamida amalga oshirishni ko‘raylik.
Tenglamalarni konyunksiyalar hamma o‘zgaruvchilarni o‘z ichiga oladigan mukammal shaklda yozamiz:


; .

Deshifratorning chiqishlarini yuqoridagi tenglamalarga asosan YOKI sxemasi yordamida birlashtirib (2.4 – rasm) kichik IMSlarda bajarilganiga nisbatan ixchamroq yechimga ega bo‘lamiz. (2.1-jadval) da to‘liq bo‘lmagan 4028 turdagi deshifratorning haqiqiylik jadvali keltirilgan. Bunday deshifratorning 0 dan 9 gacha bo‘lgan o‘nta chiqishidan foydalanish mumkin.



2.3-rasm.Deshifrator


dishifratorning haqiqiylik jadvali (2.1-jadval)




Download 175.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling