2 laboratoriya ishi mavzu: Kimyoviy muvozanat. Gomogen reaktsiyalarning muvozanat konstantasini aniqlash Ishni bajarishdan maqsad


Download 79.68 Kb.
bet1/5
Sana22.12.2022
Hajmi79.68 Kb.
#1040939
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Lab-2 (1)


2 - LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Kimyoviy muvozanat. Gomogen reaktsiyalarning muvozanat konstantasini aniqlash

Ishni bajarishdan maqsad: eritmalarda boradigan qaytar reaktsiyalarning muvozanat konstantasi qiymatini aniqlashdan iborat.

Mavzuga oid qisqacha nazariy tushunchalar:

Hamma kimyoviy reaktsiyalar bir vaqtning o‘zida ikki qarama-qarshi yo‘nalishda sodir bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan to‘g‘ri reaktsiyaning tezligi kamayib, teskari reaktsiyaning tezligi ortib boradi. Ikkala tezlik tenglashganda kimyoviy muvozanat yuzaga keladi.


v

to‘g‘ri reaktsiya tezligi
teskari reaktsiya tezligi
Kimyoviy muvozanat bitta fazada vujudga kelsa gomogen muvozanat deyiladi. Misollar:
gaz fazasida ( ham 3560 Cda bug‘ holatda bo‘ladi)




Etilatsetatning hosil bo‘lish reaktsiyasi suyuq fazadagi muvozanatga misol bo‘ladi:
suyuq fazada

Bir necha fazalarda yuzaga keladigan muvozanat geterogen muvozanat hisoblanadi.
CaC03(q) Ca0(q)+C02(g) (agar reaktsiya yopiq idishda ketayotgan bo‘lsa, reaktsiya chapga siljishi mumkin.) Geterogen sistemalarda reaktsiya tezligi qattiq moddaning kontsentratsiyasiga bog‘liq emas, chunki reaktsiya uning sirtida ketadi. Geterogen tuzumlar uchun

reaktsiya ham o‘rinli bo‘ladi.

Biz gomogen tizimda boradigan reaktsiyalarnigina ko‘rib chiqamiz.

Istalgan reaktsiyaning gomogen muvozanati masalalar ta’siri qonuniga bo‘ysunadi. Masalalar ta’siri qonunini 1867 yilda Guldberg va Vaagelar aniqlashgan. Bu qonunga binoan:
kimyoviy reaktsiyaning tezligi reaktsiyaga kirishuvchi modda kontsen-tratsiyalari ko‘paytmasiga to‘g‘ri proportsional.

Ba’zi reaktsiyalar faqat bir tomonga boradi va dastlabki olingan moddalarning hammasi mahsulotga aylanadi. Ba’zan, bir vaqtning o‘zida jarayon ikki tomonga – to‘g‘ri va teskari tomonga boradi. Bunday jarayonlar qaytar jarayon (reaktsiyalar) deyiladi. Bu hil jarayonda dastlabki olingan moddalarning qanchasi mahsulotga aylanganini; ya’ni jarayonning chiqimini muvozanat konstanta deb atalgan kattalik (K) ko‘rsatadi.

Download 79.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling