mustaxkamlik chegarasi orasidagi bog‘liqlik 2 -jadval
Bu usulda turli materiallarni: yumshoq qattiq va yupqa materiallarni sinash mumkin bо‘lganligi uchun undan sanoatda kо‘p foydalaniladi. Bu usulning yana bir afzalligi sinash vaqtining kamligi, 30—60 sekunddan ortmasligidir.
Ishni bajarish uchun zarur jixoz, material va asboblar. TK-2M tipidagi qattiqlikni о‘lchash asbobi, namunalar komplekti, egov, qumqog‘oz, mikroskop. Qattiqlikni TK-2M asbobida aniqlash tartibi:
Namunaning taxminiy qattiqligiga asoslanib, yuklama qiymati, uchlik va (A, V, S) shkalalardan keraklisi tanlanadi.
Uchlik va shkala priborga о‘rnatiladi.
Namunani tekshirishga tayyorlanadi. Buning uchun namuna sirti egov yoki qumqog‘oz bilan tozalanadi. Tekshirishda pо‘lat sharcha (yoki olmos konus) izining markazidan namuna chekkasigacha yoki boshqa izning markazigacha
bо‘lgan masofa 3 mm dan kam bо‘lmasligi kerak.
Namuna pribor stoliga о‘rnatiladi.
Maxovikni soat strelkasi yо‘nalishida aylantirib, namuna yuqorigi uchlikka tekkuncha kо‘tariladi. Stolchani kо‘tarishni indikatorning kichik strelkasi siferblatdagi qizil nuqta qarshisiga kelguncha, katta strelka esa vertikal xolatni egallaguncha davom ettiriladi.
Indikator priborining siferblatida strelka S shkala bо‘yicha 0 ni yoki V shkala bо‘yicha 30 ni kо‘rsatguncha baraban aylantiriladi.
Mexanizm ishga tushiriladi. Katta strelka soat strelkasi yо‘nalishila aylanadi. Strelkaning xarakati tо‘xtagach, asosiy yuklama olinadi.
Qattiqlik olmos konusdan foydalanganda S shkala bо‘yicha, pо‘lat sharchadan foydalanganda esa V shkala bо‘yicha xisoblanadi.
Maxovikni soat strelkasi yо‘nalishiga teskari aylantirib, namuna tushiriladi, iz chuqurligi о‘lchanadi, sо‘ngra tajriba takrorlanadi.
Olingan natijalar qо‘yidagi jadvalga yoziladi.
Yozma xisobot. Qо‘yidagi tartibda tuziladi:
Laboratoriya ishidan kо‘zda tutilgan maqsad.
Tajriba sxemasi.
Qattiqlikni о‘lchash formulalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |