2-laboratoriya ishi. Mavzu: Turgor hodisasi.(2 soat) Nazariy qism
Download 14.53 Kb. Pdf ko'rish
|
2-laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi
- Ishni bajarish tartibi.
- 2-rasm. Kartoshka bo‘lakchasining shakli va hajmi (mm).
2-LABORATORIYA ISHI. Mavzu:Turgor hodisasi.(2 soat) Nazariy qism: Oddiy o‘sishi va rivojlanishi uchun o‘simlik hujayralari hujayra membranalarining kuchlanish holatida bo‘lishi kerak, ya'ni hujayralar odatda suv bilan ta'minlanganda kuzatiladigan turgor holatida bo‘lishi kerak. Hujayralarda yetarli miqdorda suv bo‘lmasa, hujayra membranalarining kuchlanishi zaiflashadi va tashqi tomondan bu barglarning qurib ketishi va to‘qimalar hajmining pasayishi bilan namoyon bo‘ladi. Odatda tabiatda o‘sadigan o‘simliklarning ko‘pchiligi suvga to‘yinmagan ya’ni suvga muhtoj holatda bo‘ladi. Faqat suv o‘simliklarigina suvga to‘yingan bo‘ladi. Yer ustida o‘sadigan ba’zi o‘simliklar sutkaning ayrim vaqtlarida va kechki soatlarda, hamda ertalabki soatlarda, bulutli kunlarda yoki yomg‘ir yog‘gan paytlardagina suvga to‘yingan bo‘ladi, xolos. O‘simliklarning suvga to‘yinishi natijasida hujayralar hajmining kengayib, taranglashish holatiga turgor hodisasi deb ataladi. Turgor hodisasini quyidagi tajribalar orqali kuzatish mumkin. Ishning maqsadi: Hujayra va to‘qimalarda suvning kirib kelishi va chiqishi misolida turgor hodisasini kuzatish, tajriba bilan ishonch hosil qilish. Kartoshka tugunagida turgor hodisasini kuzatish Kerakli reaktiv va asboblar. Kartoshka, 1n li KNO 3 , NaCl va saxaroza eritmalari, pichoq yoki lanset, lineyka yoki millimetr qog‘ozi, 4 ta Petri kosachasi yoki kimyoviy stakan, pinset. Ishni bajarish tartibi. Buning uchun kartoshka olib, undan uzunligi 40-50 mm va eni 10-12 mm bo‘lgan kesmalar tayyorlanadi(3-rasm). So‘ngra, 4 ta Petri kosachasi yoki kimyoviy stakan olib, ularning birinchisiga 1n li KNO 3 , ikkinchisiga NaCl, uchinchisiga 1n li saxaroza eritmasidan, to‘rtinchisiga esa distillangan suv solinadi. 2-rasm. Kartoshka bo‘lakchasining shakli va hajmi (mm). Mana shu olingan eritmalarning har bittasiga kartoshkadan tayyorlangan kesmalar tushiriladi va 30-60 daqiqa tutiladi. Tajribaga ajratilgan vaqtning tamom bo‘lishi bilan, kesmalar pinset yordamida eritmalardan olinadi va lineyka yoki millimetr qog‘ozi yordamida o‘lchanadi va daftarga yozib olinadi. Tajribadan olingan natijalar asosida xulosa qilinadi. Sabzi ildizmevasida turgor hodisasini kuzatish. Kerakli reaktiv va asboblar: sabzi ildizmevasi, to‘yingan NaCl eritmasi, distillangan suv, lineyka, 200 mlli ikkita stakan, pichoq (lanset). Ishni bajarish tartibi. Sabzi ildizmevasining o‘rtasidan ildizmeva uchidan boshlab 8-12 mm kenglikdagi uzun tasma shaklida kesib oling va uni olib tashlang. Ildizmevaning ikki qismi butun uzunligining taxminan 1/5 qismida bog’langan holda qoladi (4-rasm). Ildizmevaning ikkala qismi yonma-yon turgan ikkita birida - natriy xloridning to‘yingan suvli eritmasi, ikkinchisida – distillangan suv bo‘lgan stakanga joylashtiriladi. 1,5 - 2 soatdan keyin ildizmeva stakanlardan chiqariladi, so‘ngra ikkala yarmining uzunligi o‘lchagich bilan o‘lchanadi va turgori taqqoslanadi. Bunda NaCl eritmasida bo‘lgan qismi suvda bo‘lgan qismiga nisbatan ancha qisqaroq bo‘ladi. Nazorat uchun savollar 1. Hujayrada turgor bosimni nima ta`minlaydi? 2. Turgorlik hodisasi deb nimaga aytiladi? 3. Gipertonik eritmaga solingan kartoshka bo`lagida qanday hodisa kuzatiladi? Topshiriqlar: 1. Turgor bosimni aniqlash uchun kartoshka yoki sabzi sabzavotlarida olib borilgan tajriba natijasini daftarga yozing. 2. Tajribani bajaring, rasmini chizing. 3 xil eritmaga solingan kartoshka bo`laklaridagi o`zgarishlarni sababini tushuntiring. Download 14.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling