R,C - aktiv qarshilik va sig’m ketma-ket ulangan zanjir
1. Sinusoidal o‘zgaruvchan tokli kuchlanish manbaiga aktiv qarshilik, induktiv g‘altak va sig‘im ketma-ket ulangan, elektr zanjirning virtual sxemasini (2.3-rasm) yig‘adi, hamda tok, kuchlanish, aktiv quvvat va quvvat koeffitsiyentining qiymatlarini o‘lchash uchun virtual o‘lchov asboblarini ulaydi, S1 va S3 kalitlarni ochiq qoldiradi.
2.3-rasm
2. Sinusoidal o‘zgaruvchan kuchlanish va tok ossillogrammalarini kuzatish uchun ossillografni ulaydi.
3. Virtual o‘lchov asboblarining va ossillografning shaklini kattalashtiradi.
4. Ulash (1 raqami) tugmasini bosib virtual sxemani (2.4-rasm) ishga tushiradi va o‘lchov asboblari ko‘rsatgan tok, kuchlanish va quvvat qiymatlarni 2.1-jadvaldagi «O‘lchashlar» qatoriga yozadi. So‘ngra «Hisoblashlar» qatorini to‘ldirib Om qonunini va Kirxgoff qoidalarini tekshiradi.
5. Tok va kuchlanishning tebranma harakat ossillogrammasini kuzatadi.
2.4-rasm
R,L,C- aktiv qarshilik, Induktiv g’altak va sig’im ketma-ket ulangan zanjir
Sinusoidal o‘zgaruvchan tokli kuchlanish manbaiga aktiv qarshilik, induktiv g‘altak va sig‘im ketma-ket ulangan, elektr zanjirning virtual sxemasini (2.5-rasm) yig‘adi, hamda tok, kuchlanish, aktiv quvvat va quvvat koeffitsiyentining qiymatlarini o‘lchash uchun virtual o‘lchov asboblarini ulaydi, S1 , S2 va S3 kalitlarni ochiq qoldiradi.
2.5-rasm
2. Sinusoidal o‘zgaruvchan kuchlanish va tok ossillogrammalarini kuzatish uchun ossillografni ulaydi.
3. Virtual o‘lchov asboblarining va ossillografning shaklini kattalashtiradi.
4. Ulash (1 raqami) tugmasini bosib virtual sxemani (2.6-rasm) ishga tushiradi va o‘lchov asboblari ko‘rsatgan tok, kuchlanish va quvvat qiymatlarni 2.1-jadvaldagi «O‘lchashlar» qatoriga yozadi. So‘ngra «Hisoblashlar» qatorini to‘ldirib Om qonunini va Kirxgoff qoidalarini tekshiradi.
5. Tok va kuchlanishning tebranma harakat ossillogrammasini kuzatadi.
2.6-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |