2-Laboratoriya ishi Telnet protokolini sozlash Ishdan maqsad


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1272322
  1   2   3   4


2-Laboratoriya ishi 
Telnet protokolini sozlash 
 
Ishdan maqsad: Telnet protokolini sozlash va u yordamida tarmoq 
qurilmalariga masofadan kirish bo„yicha amaliy ko„nikmalarni hosil qilish.
 
Nazariy qism 
 
Telnet tarmoq protokoli bo„lib, tarmoq yoki Internet orqali masofaviy 
(masofadagi) kompyuterga ulanish va ushbu tizimni masofaviy buyruqlar bilan 
boshqarish uchun ishlatiladi. Telnet matn terminali yordamida masofaviy tizim 
bilan virtual aloqa qilish uchun ishlatiladigan asosiy tarmoq protokoli hisoblanadi. 
Telnet tarmoq yoki Internet orqali ikkita masofadagi hostlar o„rtasida ikki 
tomonlama aloqa uchun ishlatiladigan tarmoq protokoli hisoblanadi. Telnet 
protokolining vazifasi 2.1- rasmda keltirilgan. 
2.1- rasm. Telnet protokoli vazifasi 
Ushbu protokoldan foydalanib, foydalanuvchilar masofaviy tizimga 
kirishlari va virtual terminal yordamida muloqot qilishlari mumkin, lekin Internet 
kabi ishonchsiz tarmoqlarda foydalanish uchun xavfsiz emas. 
Telnet oddiy matnda muloqot qiladi, shuning uchun u ushbu protokol 
yordamida foydalanuvchi nomlari va parollarini o„z ichiga olgan maxfiy 
ma‟lumotlarni jo„natish uchun mos emas, chunki boshqa har kim 


almashtirilayotgan matnni o„qiy oladi va xabarlarni osongina ushlab qolishi 
mumkin. Telnet odatda TCP orqali 23-portda muloqot qiladi va boshqa port va 
xizmatlarga ham kirishi mumkin. Xavfsizligi kamroq bo„lganligi tufayli xususiy 
tarmoqlarda foydalanish mumkin. Telnet protokoli ishlashi 2.2- rasmda keltirilgan. 
2.2- rasm. Telnet protokoli ishlashi
 
Topshiriq: 
Talabalar 2.1-jadvalda keltirilgan o„zlariga belgilangan variantlarni olib 
tarmoqni qurishadi va sozlashadi. 
2.1-jadval. Topshiriq variantlari 
№ 
Topshiriq 
1. 
2 ta kommutator, 4 ta ShK dan tashkil topgan tarmoqni quring.
Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang.
2. 
LSW3 va LSW4 kommutator, 5 ta ShK dan tashkil topgan 
tarmoqni quring. Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang. 
3. 
4 ta kommutator, 8 ta ShK dan tashkil topgan tarmoqni quring. 
LSW2 va LSW3 da telnet protokolini sozlang. 
4. 
3 ta kommutator, 6 ta ShK dan tashkil topgan tarmoqni quring. 
LSW1 va LSW2 da telnet protokolini sozlang. 
5. 
LSW3 va LSW2 kommutator, 5 ta ShK dan tashkil topgan 
tarmoqni quring. Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang. 
6. 
LSW4 va LSW2 kommutator, 6 ta ShK dan tashkil topgan 
tarmoqni quring. Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang. 
7. 
LSW5 va LSW2 kommutator, 4 ta ShK dan tashkil topgan 
tarmoqni quring. Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang. 
8. 
LSW1 va LSW2 kommutator, 7 ta ShK dan tashkil topgan 
tarmoqni quring. Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang. 
9. 
LSW1 va LSW2 kommutator, 5 ta ShK dan tashkil topgan 
tarmoqni quring. Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang. 


10. 
LSW1 va LSW2 kommutator, 7 ta ShK dan tashkil topgan 
tarmoqni quring. Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang. 
11. 
3 ta kommutator, 5 ta ShK dan tashkil topgan tarmoqni quring. 
LSW2 va LSW3 da telnet protokolini sozlang.
12. 
LSW5 va LSW6 kommutator, 8 ta ShK dan tashkil topgan 
tarmoqni quring. Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang. 
13. 
4 ta kommutator, 4 ta ShK dan tashkil topgan tarmoqni quring. 
LSW3 va LSW4 da telnet protokolini sozlang. 
14. 
4 ta kommutator, 8 ta ShK dan tashkil topgan tarmoqni quring.
LSW3 va LSW4 da telnet protokolini sozlang. 
15. 
3 ta kommutator, 6 ta ShK dan tashkil topgan tarmoq quring.
LSW1 va LSW3 da telnet protokolini sozlang. 
16. 
3 ta kommutator, 5 ta ShK dan tashkil topgan tarmoqni quring. 
LSW2 va LSW3 da telnet protokolini sozlang.
17. 
LSW3 va LSW4 kommutator, 5 ta ShK dan tashkil topgan 
tarmoqni quring. Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang. 
18. 
3 ta kommutator, 9 ta ShK dan tashkil topgan tarmoqni quring. 
LSW2 va LSW3 da telnet protokolini sozlang. 
19. 
2 ta kommutator, 6 ta ShK dan tashkil topgan tarmoq quring.
Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang. 
20. 
LSW3 va LSW2 kommutator, 6 ta ShK dan tashkil topgan 
tarmoqni quring. Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang. 
21. 
LSW4 va LSW2 kommutator, 6 ta ShK dan tashkil topgan 
tarmoqni quring. Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang. 
22. 
LSW1 va LSW2 kommutator, 4 ta ShK dan tashkil topgan 
tarmoqni quring. Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang. 
23. 
LSW1 va LSW2 kommutator, 5 ta ShK dan tashkil topgan 
tarmoqni quring. Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang. 
24. 
LSW1 va LSW2 kommutator, 3 ta ShK dan tashkil topgan 
tarmoqni quring. Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang. 
25. 
LSW1 va LSW2 kommutator, 6 ta ShK dan tashkil topganni 
tarmoq quring. Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang. 
26. 
3 ta kommutator, 5 ta ShK dan tashkil topgan tarmoqni quring. 
LSW1 va LSW2 larda telnet protokolini sozlang.
27. 
LSW5 va LSW6 kommutator, 6 ta ShK dan tashkil topgan 
tarmoqni quring. Kommutatorlarda telnet protokolini sozlang. 
28. 
3 ta kommutator, 9 ta ShK dan tashkil topgan tarmoqni quring. 
LSW1 va LSW3 larda telnet protokolini sozlang. 



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling