Laboratoriya qurilmasining bayoni
Laboratoriya qurilmasi virtual stendlar ko’rinishida tayyorlangan bo’lib, ularda temperaturani xar xil o’lchash usullari anematsiya ko’rinishida virtual ravishda ko’rsatilgan. Hususan, kengayish termometrlari (suyuqlikli, dilatometrik va bimetallik), manometrik termometrlar, qarshilik termometrlari (avtomatik muvozanat ko’priklari, logometrlar), avtomatik potentsiometrlarning virtual stendlari yordamida ko’rsatilgan.
Laboratoriya ishini bajarish usuli va tartibi
Kengayish termometrlari ishlashini o’rganish
Kompyuterda kengayish termometrlarining virtual stendlari keltirilgan faylni topib oching. Dasturni ishga tushirib, kengayish termometrlari ishini kuzating, so’ngra virtual stendlardagi kuzatuv bo’yicha o’lchov asbobi ishlash printsipini yozing.
2. Manometrik termometrlarni o’rganish
Kompyuterda manometrik termometrlarining virtual stendlari keltirilgan faylni topib oching. Dasturni ishga tushirib, manometrik termometrlar ishini kuzating, so’ngra virtual stendlardagi kuzatuv bo’yicha o’lchov asbobi ishlash printsipini yozing.
3. Qarshilik termometrlarini o’rganish
Kompyuterda qarshilik termometrlarining virtual stendlari keltirilgan faylni topib oching. Dasturni ishga tushirib, qarshilik termometrlari ishini kuzating, so’ngra virtual stendlardagi kuzatuv bo’yicha o’lchov asbobi ishlash printsipini yozing.
4. Termoelektrik pirometrlarni o’rganish
Kompyuterda termoelektrik pirometrlarning virtual stendlari keltirilgan faylni topib oching. Dasturni ishga tushirib, termoelektrik pirometrlar ishini kuzating, so’ngra virtual stendlardagi kuzatuv bo’yicha o’lchov asbobi ishlash printsipini yozing.
Hisobotni tayyorlash
Hisobot virtual stendlarni ko’rib, o’rganish natijasida o’lchov asboblarining chizmalari va ishlashi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Nazorat savollari:
Haroratni o’lchashning qanaqa usullarini bilasiz?
Qanday haroratni kontaktli o’lchash vositalarini bilasiz va ularni qo’llanilish sohasi?
Qanday haroratni kontaktsiz o’lchash vositalarini bilasiz va ularni qo’llanilish sohasi?
SHisha suyuqlik termometrlari?
Manometrik termometrning ish printsipi?
Do'stlaringiz bilan baham: |