2-лаборатория иши. Термоэлектрик термометрлар Ishdan maqsad
Download 274.89 Kb.
|
2-лаб
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temperaturani o’lchashning nazariy asoslari
- Kengayish termometrlari
2-лаборатория иши. Термоэлектрик термометрлар Ishdan maqsad: Virtual stendlar yordamida temperaturani o’lchash usullarini o’rganish Talaba ishni bajarish jarayonida sanoatda qo’llaniladigan temperaturani o’lchash usullarini va ularning ishlash printsiplarini virtual stendlar yordamida o’rganib, hisobotda ularning ishlashiga aniq tushuntirish berishlari kerak bo’ladi. Topshiriq: Kengayish termometrlari, manometrik termometrlar, qarshilik termometrlari va termoelektrik termometrlarning ishlash printsiplari bilan tanishish; Kengayish termometrlari, manometrik termometrlar, qarshilik termometrlari va termoelektrik termometrlarning ishlash printsiplari bilan virtual stendlar yordamida tanishish; Temperaturani o’lchash usullarini va ularning ishlash printsiplarini virtual stendlar yordamida o’rganib, ularning ishlashiga aniq tushuntirishlar berish. Temperaturani o’lchashning nazariy asoslari Modda temperaturasi boshqa termometrik modda xususiyatining o’zgarishini nazorat qilish yo’li bilan aniqlanadi. Temperaturani o’lchashda moddaning shunday xususiyatlari tanlanadiki, u temperaturaga bog’liq ravishda o’zgarsin. Bu talablarga termometrik moddalarning quyidagi xususiyatlari mos keladi: xajmiy kengayish, berk xajmdagi bosimning o’zgarishi, elektr qarshilikning o’zgarishi, elekr yurituvchi kuchning (E.Yu.K.) paydo bo’lishi va nurlanish intensivligining o’zgarishi. Bu xususiyatlardan foydalanib temperaturani o’lchash usullari ishlab chiqilgan. Kengayish termometrlari Bu o’lchov asboblarining ishlash printsipi temperatura ta’sirida jismlarning xajmi va chiziqli o’lchamlarining o’zgarishi xususiyatiga asoslangan. Suyuqlikli va mexanik kengayish termometrlari mavjud. Suyuqlikli shisha kengayish termometrlari Bu o’lchov asboblari ishchi termometrik suyuqlik bilan to’ldirilgan rezervuar kichik diametrli kapilyar bilan ulangan bo’lib, temperatura oshganda suyuqlik xajmii ortib kapilyar trubka bo’yicha ma’lum bir balandlikga ko’tariladi. Suyuqlikning kapilyar trubkadagi bo’yicha ko’tarilishi bo’yicha temperatura aniqlanadi. Mexanik kengayish termometrlari. Mexanik termometrlarga dilotametrik va bimetallik termometrlar kiradi. Ularning ishlashi xar xil chiziqli kengayish temperatura koeffitsientiga ega bo’lgan ikki qattiq jismning temperatura ta’sirida xar xil kengayishiga asoslangan. Qattiq jism uzunligining L uning temperaturasiga bog’liqligi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi L=L0 (1+ t); L0 –00S da jism uzunligi; - jismning o’rtacha chiziqli kengayish temperatura koeffitsienti, grad-1. Download 274.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling