2-лаборатория иши. Термоэлектрик термометрлар Ishdan maqsad


Download 274.89 Kb.
bet2/5
Sana14.01.2023
Hajmi274.89 Kb.
#1092658
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-лаб

Manometrik termometrlar
Manometrik termometrlarning ishlashi berk xajmdagi gaz, suyuqlik yoki bug’ning bosimini temperatura ta’sirida o’zgarishiga asoslangan.
O’lchov asbobi qanday ishchi modda bilan to’ldirilganiga qarab, manometrik termometrlar gazli, suyuqlikli va bug’-suyuqlikli turlarga bo’linadi.
Elektr qarshilik termometrlari
Ushbu termometrlarning ishlash printsipi temperatura ta’sirida metal o’tkazgichlarning yarim o’tkazgichlarning elektr qarshiligini o’zgarishiga asoslangan. Temperatura oshganda metallarning elektr qarshiligi oshadi.
Qarshilik termometrlarining afzallik tomonlariga quyidagilarni kiritish mumkin: o’lchashning yuqori aniqliligi; kichik diapazonda o’lchash mumkinligi; avtomatik o’lchab yozib borishning va masofaga uzatishning osonligi.
Termoelektrik pirometrlar
Temperaturani termoelektrik pirometrlar bilan o’lchash termoelektrik effektga asoslangan. Ikki yoki bir nechta xar xil jinsli o’tkazgichlardan tashkil topgan berk zanjirida, agar o’tkazgichlar ulangan (kovsharlangan) joylarining kamida ikkitasida temperatura xar xil bo’lsa, elektr toki xosil bo’ladi.
Ikki xar xil jinsli o’tkazgichlardan tashkil topgan zanjirga termojuft deyiladi. O’zgaruvchan temperaturaga (t) ega bo’lgan kovshar issiq ishchi kovshar va o’zgarmas temperaturaga (t0) ega bo’lgan kovshar sovuq kovshar deyiladi. A va B o’tkazgichlar termoelektrodlar deyiladi.
Termoelektrik effekt metallarda erkin elektronlar mavjudligi bilan tushuntiriladi. Erkin elektronlar soni o’tkazgich turiga (jinsiga) va uning temperaturasiga bog’liq bo’ladi.
Faraz qilaylik, A metalda B metaldagidan ko’proq erkin elektronlar mavjud (1.1-rasm) va shu sababli A metaldan B metalga B metaldan A metalga nisbatan ko’proq elektronlar diffuziyasi kuzatiladi. Natijada A metal musbat va B metal manfiy zaryadlana boshlaydi.
Kovsharda xosil bo’layotgan elektr maydoni bu elektronlar diffuziyasiga to’sqinlik qiladi va elektronlar diffuziyasi tezligi elektronlarning orqaga qarab diffuziyalanish tezligiga teng bo’lib qoladi (ya’ni, A dan B ga qancha elektron o’tayotgan bo’lsa B da A ga ham shuncha elektron diffuziyalanib o’tadi). Bunda A va B elektrodlar orasida qandaydir potentsiallar farqi hosil bo’ladi.
Termoparada hosil bo’layotgan yig’indi termoelektr yurituvchi 1.1-rasm. kuch (T.E.Yu.K) odatda issiq kovshar temperaturasiga (t) bog’liq o’zgaradi (sovuq kovshar temperaturasi (t0) o’zgarmas bo’lganda)
E(tt0)=eAB(t)-eAB(t0)
Termoelektrik pirometrlar bilan birgalikda elektr o’lchov asboblari sifatida pirometrik millivoltmetrlar va potentsiometrlar ishlatiladi.


Download 274.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling