2-лаборатория иши. Термоэлектрик термометрлар Ishdan maqsad
Avtomatik potentsiometrlar
Download 274.89 Kb.
|
2-лаб
Avtomatik potentsiometrlar
Agar potentsiometrlarda termopara zanjirida oqayotgan tok nol asbob strelkasini noldan chetlashtirsa, avtomatik potentsiometrlarda nol asbob bo’lmaydi. U elektron nol-indikator bilan almashtirilgan bo’ladi. Avtomatik potentsiometr sxemasida (1.3-rasm) hamma qarshiliklar manganindan tayyorlanadi, Rk qarshiligi esa, mis yoki nikeldan tayorlanadi. Manba zanjiri ikki shahobchadan tashkil topgan: reoxord Rr ulangan ishchi shahobcha va Rne i Rk qarshiliklar ulangan yordamchi shahobcha. Yordamchi shahobcha yordamida termopara sovuq kovshari temperaturasining o’zgarishiga, hamda eski avtomatik potentsiometrlarda ishchi tok qiymatiga avtomatik tuzatishlar kiritiladi. 1.3-rasm.Elektron potentsiometr O’lchanayotgan termo EYuK reoxorddagi Rr va Rn i Rk qarshiliklardagi kuchlanishlar tushishi bilan kompensatsiyalanadi, ya’ni, E(tt0) = I1Rr+ I2Rn- I1Rk= Uav Temperatura o’zgarishi bilan E(tt ) o’zgaradi va u Uav ga teng bo’lmay qoladi. Bunda EK ga o’zgartirish kaskadi O’K orqali nobalans kuchlanishi ∆U beriladi. ∆U= E(tt )- Uav O’K da o’zgarmas tok nobalans kuchlanishi (∆U) o’zgaruvchan tokga aylantiriladi va so’ngra EKda reversiv yuritma (RYu) rotorini aylantirishga yetarli darajada kuchlanish va quvvati bo’yicha kuchaytiriladi. RD rotori kinematik ravishda o’lchov asbobining o’lchash qurilmasi hamda reoxord Rr surgichi bilan kinematik ravishda bog’liq. nobalans kuchlanishi ∆U paydo bo’lishi bilan, RD rotori aylanishni boshlaydi va reaxord Rr yuritgichini suradi, toki ∆U = 0 ya’ni, E(tt0)= Uav Eski avtomatik potentsiometrlarda sxemada ishchi tokni I1 o’rnatish uchun tumbler nazorat “K” holatiga qo’yiladi. Bunda, agar Rne qarshiligidagi kuchlanishning tushishi I1Rne normal element EYuKga teng bo’lmasa, unda elektron kuchaytirgich EK ga bu kuchlanishlar farqiga teng kuchlanish Ene- I1Rne=∆U1 beriladi va RD rotori aylanib I1Rne ni Ene ga yetkazadi. Bunda bo’lib, RD ga signal kelmaydi va ishchi tok qiymati belgilangan qiymatga yetadi. I2 Rne – NE zanjiridagi o’zgarmas manganin qarshilik; Rsh - Rr reoxorddan o’tayotgan tokni cheklashga mo’ljallangan qarshilik; Zamonaviy avtomatik potentsiometrlarda stabillashgan manbaalar qo’llanilganligi sababli, ishchi tokni o’rnatishga mo’ljallangan normal element zanjiri olib tashlangan. Avtomatik potentsiometrlarda sovuq kovshar temperaturasini oshishi bilan termopara ishlab chiqayotgan TEYuK E(tt ) - E(tt ) qiymatga kamayadi. SHuningdek sovuq kovshar qiymati o’zgarishi Uav ning qiymatini ham o’zgarishiga sabab bo’ladi, chunki Rk qarshilik sovuq kovshar bilan bir xil temperaturada bo’ladi, ya’ni E(tt )-E(tt )= I2Rr+I2Rn-I1(Rk+∆ Rk) Sovuq kovshar temperaturasini o’zgarishi natijasidagi TEYuK ning o’zgarishi Rk qarshilik o’zgarishi natijasidagi qo’shimcha kuchlanishlar tushishi I1∆Rk bilan kompensatsiyalanadi. Download 274.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling