2-laboratoriya mashg’uloti: Lipomaning ekspertizasi – soat


Download 49.5 Kb.
Sana13.03.2023
Hajmi49.5 Kb.
#1265765
Bog'liq
12-laboratoriya pat anatomiya


12-laboratoriya mashg’uloti: Lipomaning ekspertizasi – 2 soat.
PASPORTI

Darsning maqsadi: Talabalarga xavfsiz o‘smalar to‘g’risida tushuncha va lipoma o‘smasini makroskopik va mikroskopik tuzulishini o‘rgatish.


Ko‘rgazmali asbob-uskunalar va jihozlar:Organ, mikrotom, buyum oynachasi, qoplahich oynacha, gematoksilin, eozin bo‘yoqlari. Spirt, ksilol, balg’am, parafin, mikroskop, gistopreparatlar № 2, 1 diapozitivlar va muzey preparatlari
Mashg’ulotning o‘tkazilish tartibi:
Mikroskopik va makroskopik ko‘rinishini o‘rganish.

  1. Lipomadan pat material olinib ishchi bo‘lakchalari kesib olinadi.

  2. Bo‘lakchalar yuvilib spirt batareyasida suvsizlantiriladi.

  3. Parafinli bloklar tayyorlaniladi.

  4. Mikrotomda kesmalar kesib olinadi.

  5. Kesmalar gematoksilin va eozin bo‘yoqlarida bo‘yaladi.

  6. Gistopreparat tayyorlanadi.

  7. Muzey preparatlaridan foydalanib makroskopik ko‘rinishi o‘rganiladi.



Adabiyotlar:

1. F.Ibodullev “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining patologik anatomiyasi” Toshkent 2000 yil.


2. B.A. Kuliyev, D.E.Eshimov J.B. Yulchiyev, “Patologik anatomiya (Gavda yorish va SVE) fanidan o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2017 yil.


Xorijiy adabiyotlar

  1. Gavin M. Donald, Jachary James F. Pathologic Basis of Veterinary Disease. Mosby. 2006

  2. Жаров А.В. Патологическая анатомия животных. Санкт-Петербург, Москва, Краснодар. 2013 год.

Tuzuvchilar:


O’qituvchi : A.Chorshambiyev


Tayanch so‘zlar: Lipoma, stroma, parenxima, yog’ to‘qimasi, metastaz, residiv, eozin, gemotoksilin.
Mashg’ulotning mazmuni.Xavfsiz o‘smalar hamma to‘qimalarda rivojlanadi. Ular ekspansiv o‘sadi. Metastaz va residiv bermaydi. Parenximasi yetilgan ho‘jayralardan tuzilgan bo‘lib, ona to‘qima ho‘jayralariga o‘xshaydi.
Lipoma-yetilgan xujayrali o‘sma bulib, yog’ to‘qimasidan tuzilgan. Zardob pardalarda, teri osti kletchatkasida, oshqozon-ichak yo‘lida uchraydi. Tugunchasimon tuzilishga ega. Sigirlarda lipomalar 27 kg.gacha bo‘lishi mumkin. Yumshoq va qattiq lipomalar farqqilinadi. Lipoma distrofik va nekroz o‘zgarishlariga olib keladi.
Lipoma yog’ to‘qimasida tuzilgan o‘smalar guruxiga kiradi. Uy hayvonlarida ko‘p uchraydi.
Yumshoq va qattiq lipomalar farq qilinadi. Gemotoksilin – eozin va sudan - III bo‘yoqlarida bo‘yab o‘rganiladi. Gemotoksilin-eozin bo‘yog’i bilan bo‘yalganda lipomaning parenximasi yog’ bo‘lakchalaridan tuzilganligini ko‘ramiz. Yog’ hujayralarida yog’ning o‘rnini ko‘ramiz, yadro hujayra chetida surilgan, hujayralar o‘rtasidagi chegara yo‘q, stromada biriktiruvchi to‘qima va shakllanmagan qon tomirlar ko‘rinadi. Biriktiruvchi to‘qima tolalari har xil yo‘g’onlikda va xar xil uzunlikdadir. Katta ko‘zguda yog’ hujayralarining atipik tuzilishiga e’tibor beramiz.
Hujayralar har xil kattalikda, beo‘xshov, sitoplazmasi bo‘sh, rangsiz. Stromada tolasimon ba’zida shilliqsimon biriktiruvchi to‘qimani ko‘ramiz. Stromada kalsiy tuzlari metoplaziya natijasida shakllangan suyak to‘qimasi ko‘rinadi.(3)
Sudan – IIIda bo‘yalgan yog’ hujayralarida tomchisimon, qizg’ish rangda yog’ tomchilari ko‘rinadi. Lipoma otlarda YShH, itlarda tugunchasimon shaklda qattiq konsistensiyasili bo‘lib uchraydi. Otlarda charvida, qoramollarda – teri osti kletchatkasida vacharvida uchraydi.
Makroskopik ko‘rinishi. Bu o‘sma oqimtir, sarg’ich ranglarda bo‘lib yumshoq yoki qattiq konsistensiyasilidir. Qattiqligi har xil bo‘ladi. Bu o‘sma teri osti kletchatkasida, yurakda, bachadonda ko‘p uchraydi. Qattiq yoki yumshoq lipomalar parenximasining stromasiga nisbatan kamligi yoki ko‘pligiga qarab farq qilinadi.



Lipomaning makroskopik kurinishi (9-rasm)
Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling