2-laboratoriya mashg’uloti mavzu
Download 151.52 Kb.
|
2-quy taj ish-1
Asbobning tavsifi
Yig’indi va sochilgan nurlanishini o’lchashda asosan Yu.D.Yanishevskiyning piranometri ishlatiladi. Piranometrning asosiy qismi termobatareyadan iborat bo’lib, termobatareya bir-biriga ketma-ket kavsharlangan manganin va konstantta ploskalardan iborat. Barcha ploskalar gorizontal tekislikda joylashtirilib, yorug’lik nurlarini qabul qiladigan plastinka vazifasini bajaradi. Termobatariyalarni barcha toq nomerli kovsharlarni sirti magnin bilan oq rangga bo’yalgan. Piranometrning nur tushadigan termobatariyasining qora va oq rangga bo’yalgan katakchalari shaxmatlashtirilgan ketma-ket almashtiradigan qilib o’rnatilgan. Quyosh nurlarini qabul qiluvchi plastinka metall prizmalarga o’rnatilib, ustini yarim shar shaklidagi mahsus shishadan yasalgan qopqoq bilan qoplanadi. Bu qopqoqcha termobatareyani shamol, yomg’ir va qordan saqlaydi. O’lchash vaqtida termobataryaning uchlariga mahkamlangan yumshoq mis simlari GSA-1 tipidagi gaьlvanometrga ulanadi. Nur tushuvchi sirtga bir vaqtda to’g’ri va sochilgan nurlanish tushadi. Ammo oq rangga bo’yalgan katakchalar o’ziga tushuvchi Quyosh nurlanishining 15 foizini yutsa, qora katakchalar esa Quyosh radiatsiyasining 98 foizini yutadi. Natijada oq va qora termokavsharlarning tempraturalari bir-biridan farq qiladi. Bu temperaturalar ayirmasi nurni o’tadigan sirtga tushuvchi nurlanish kattaligiga proportsionaldir. Termobatareyalarda temperaturalar ayirmasiga prportsional ravishda termotok hosil bo’ladi. Termotok kattaligini asbobga ulangan galьvanometr strelkasining og’ishidan bilamiz. Galьvanometr strelkasining ko’rsatishlari da ifodalash uchun galьvanometr strelkasi ko’rsatishini aktinometr doimiysi K ga ko’paytiriladi. K ning qiymatini aktinometrik stantsiyalarda tekshirilgan aktinometrdan olish kerak. Agar faqat piranometr bo’lsa, u holda shu piranometr va unga ulangan galьvanometr uchun almashtiruvchi doimiy K ma’lum bo’lishi kerak. Bunda K ning qiymati shu piranometr va galьvanometrgagina tegishli ekanligini unutmaslik kerak. Piranometr va galьvanometrdan birontasi boshqasi bilan almashtirilsa, u holda K ning qiymati ham o’zgaradi. Download 151.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling