2. Leviyev Manas Betyanovich


O`rik gullaganda “ asari xususida


Download 221.11 Kb.
bet4/5
Sana27.01.2023
Hajmi221.11 Kb.
#1132036
1   2   3   4   5
Bog'liq
odamboy

,, O`rik gullaganda “ asari xususida









Xulosa
Musiqashunoslikning har bir yo‘nalishi alohida tarmoq sifatida muhim bo‘lsada, ularning bir-biri bilan bog‘liqlik darajasi ulkandir. Zero, musiqa san’atining negizida asosan sado bilan bogiiq jarayon, ya’ni musiqaning o‘zi asosiy manba sifatida xizmat qiladi. Shu bois, musiqaning kelib chiqishi, tarixi, nazariy asoslari, ijrochilik masalalari, cholg‘ular rivoji, ijrochi namoyandalar hamda ijodkor-bastakorlar bilan bogiiq jabhalari bir butun amalning turli bolaklari sifatida ahamiyatli ekanligini e’tirof etish joizdir. 0 ‘zbek musiqashunosligida bir qator tadqiqotlar olib borgan va kerakli manbalami meros qilib qoldirgan Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Najmiddin Kavkabiy, Zaynullobiddin Husayniy, Darvesh Ali Changiy va Abdurauf Fitrat kabi musiqashunos allomalaming ilmiy merosi ushbu yo‘nalishning asosini tashkil etadi. Warning yaratgan musiqiy risolalari, musiqa haqidagi fikrlari o‘zbek musiqasi tarixini bilish, anglash va o‘rganish uchun asosiy manbalar sifatida xizmat qilib kelmoqda. 0 ‘tmish musiqashunosligida yuzaga kelgan an’analarida o‘zga xos tartib yoki qonuniyatlar shakllanganligi va ushbu qoidalar asosida risolalar tarkiblashgan hamda shunga xos bayon etilganligini guvohi bo‘lamiz. Unga ko‘ra asosiy maqsad va vazifalar, musiqaning tarixiy, nazariy, ta’lifiy (kompozistion) usul, cholg‘ular va namoyandalar haqida bayon etilgan tazkiraviy yondashuvlar shaklida tarkiblashtirilgan. Har bir risolada avvalo musiqashunoslikning o‘tmishdagi holati va zamona musiqa san’ati va ilmiy tavsifi hamda ijodiy munosabatlarni bayoni shaklida zikr etilgan. 0 ‘zbekiston musiqashunosligining XX asr boshlaridagi holati, aynan o‘zbek xalq musiqa merosini o‘rganish, amaliyotda mavjud bo‘lgan xalq va mumtoz musiqa merosi namunalarini yig‘ish va zamonoviy nota yozuviga olish bilan boshlanadi. Ya’ni XX asr boshlarida xalq musiqiy folklorini va mumtoz musiqa namunalarini o‘rganish borasida alohida harakatlar boshlanadi. Bunga rus musiqashunos olimlari V.Mironov, V.Belyayev, V.Uspenskiy, 163 Yu.Kon va E.Romanovskayalar o‘zlarining ilk munosabatlari bilan ish boshlovchilarga aylanadilar. Ular o‘tmish musiqashunoslarining olib borgan ilmiy-nazariy tadqiqotlarini, amaliy jarayoni, ya’ni bevosita amaliyotdan o‘rganish ishlarini boshlaydilar. 1918-yili Toshkentda Xalq konservatoriyasi tashkil etiladi va aynan xalq musiqa merosini o‘rganish bo‘yicha amaliy harakatlar boshlanadi, Avvaliga respublikaning turli vohalariga, (Farg‘ona vodiysi, Buxoro va Xorazm) folklor ekspedistiyalarini tashkil etib, xalq musiqa namunalarini yozib olishga erishadilar.

Download 221.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling