2-Lobaratoriya ishi. Mavzu: Elektron jadval protsessorlarida ma’lumotlarni yig’ish va ularni qayta ishlash
Download 17.21 Kb. Pdf ko'rish
|
2-lobaratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jihozlar va dasturiy vositalar
- Savol va topshiriqlar
2-Lobaratoriya ishi. Mavzu:Elektron jadval protsessorlarida ma’lumotlarni yig’ish va ularni qayta ishlash.Kasbiy faoliyatda elektron jadval protsessorlarida ma’lumotlarni yig’ish. Elektron jadval protsessorlarida ma’lumotlarni qayta ishlash. Lobaratoriya ishining maqsad va vazifalari: MS Excel jadvallarida hisoblarni tashkil qilish uchun axborot texnologiyalarini o'rganish. MS Excel jadvallarida o'rnatilgan funksiyalar yordamida hisob-kitoblarni tashkil qilish uchun axborot texnologiyalarini o'rganish. Jihozlar va dasturiy vositalar: kompyuter, Microsoft Excel. MS Excel - bu hisoblarni bajarish, ma’lumotlarni qidirish va tahlil qilish, ularni grafik ko’rinishida taqdim etish uchun universal tizim. MS Excel hujjati - bu ixtiyoriy nomi va kengaytmasi .xls (.xlsx) bo‘lgan, ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash uchun mo’ljallangan fayl. MS Excel dasturida bunday fayl ishchi kitob deb ataladi. Excel ishchi kitobi - bu bitta faylda saqlanadigan varaqlar to'plami. Bu Excel uchun makroslarni ishlab chiqishda Visual Basic tilidan foydalaniladi. Excelda ishchi varaqlar, jadvallar, diagrammalar, makroslar, dialog varaqlari yoki Visual Basic modullaridan foydlanish mumkin. Ishchi jadvallar asosiy elektron jadval sifatida tushuniladi. Jadvalda hisob-kitoblarni bajarish uchun sizga formulalar kerak. Ba’zi formulalar va ularning kombinatsiyalari juda keng tarqalganligi sababli, Excelda funktsiyalar deb nomlangan 250 dan ortiq oldindan dasturlashtirilgan formulalarni taklif qiladi. MS Excelning asosiy ishlov berish ob’yekti hujjatlar hisoblanadi. MS Excel hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va xls kengaytmasiga ega bo‘lgan fayllardir. MS Excelda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Har bir Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» deb ataladi. Har bir ishchi varaq o‘z nomiga ega bo‘ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun MS Excel dasturini ishga tushurish zarur. Ishchi kitobning tarkibiy elementlaridan biri ishchi varaq, ya’ni elektron jadval hisoblanadi. MS Excel 2019 elektron jadvali 16348 ta ustun (XFD da tugaydi) va 1048576 ta satrdan iborat. Ustunlar lotin alfavitining bosh harflari bilan, satrlar esa raqamlar bilan nomlanadi. Elektron jadvalning asosiy elementlari esa katak va diapazonlardir. Katak – bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda bir satr va bir ustun kesishmasi oralig‘ida joylashgan elementdir. Katak kesishmalarida hosil bo‘lgan ustun va satr nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A ustun, 4-satr kesishmasida joylashgan katak – A4 deb nom oladi. Bir nechta ketma-ket joylashgan kataklardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan kataklarning chap yuqori va o‘ng quyi kataklar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratib yoziladi. Masalan: A1:A4, B3:F3, C5:H8. Ishchi jadvallarni ko‘rib chiqishda yoki kataklarni bichimlashda ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lekin formulalar bilan ishlayotganda bu narsa juda muhimdir. Elektron jadvallarda bir katakchadan boshqa joyga murojaat qilish mumkin. Murojaat bu – formula yozishda ishlatilayotgan katakcha yoki satr yoki ustun yoki katakchalar blokining (shu varaqdagi, boshqa varaqdagi, boshqa kitobdagi) adresidir. Elektron jadvallarda ikki xil: nisbiy va absolyut murojaat qo‘llaniladi. Shuni yodda tutingki, murojaat boshqa fayl yoki varaqga ham bo’lishi mumkin. Nisbiy murojaatda formula nusxasidagi katakchalar adreslari nusxa joylashtirilayotgan katakchaga mos o’zgaradi. Masalan, A2 katakchadagi A1 + B4 yig’indining A3 katakchaga nusxasi A2 + B5, A7 katakchaga nusxasi A6 + B9, F17 katakchaga nusxasi D16 + E19 kabi o’zgarib joylashadi. Absolyut murojaatda katakcha adresi o’zgarmaydi. Elektron jadvallarda absolyut adres xususiyatini ifodalash uchun maxsus belgidan (Excelda - $) foydalaniladi. Masalan, A2 katakchadagi A1 + $B$4 yig’indining F17 katakchaga nusxasi D16 + $B$4, C7 katakchadagi B3 – C$6 ayirmaning F9 katakchaga nusxasi E5 – F$6, L11 katakchadagi D6 * $C3 ko’paytmaning M14 katakchaga nusxasi E9 * $C6 kabi joylashadi. Bundan ko’rinadiki, $ belgisi qo’yilgan ustun yoki satr nusxa ko’chirilganda o’zgarmay qolar ekan. Savol va topshiriqlar: Download 17.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling