2. Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya; “banklarning banki” funktsiyasi
I.A.Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
Download 37.39 Kb.
|
Markaziy bankning rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funksiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Markaziy bank faoliyatining maqsadi. Markaziy bankning tashkiliy to’zilishi. Markaziy bankning funktsiyalari.
I.A.Karimov
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki — Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ qonuniga muvofiq, mamlakatning Davlat banki sifatida tashkil etilib, 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga aylantirildi. Markaziy bankning faoliyati asoslari „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi qonunida (1995-yil 21-dekabr) belgilab berilgan. Markaziy bank oʻz sarf-harajatlarini oʻzining daromadlari hisobidan amalga oshiradigan, iqtisodiy jihatdan mustaqil yuridik shaxs boʻlib, davlatning mutlaq mulki hisoblanadi. Markaziy bankning asosiy vazifalari milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash, monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish, respublikada hisob-kitobning samarali tizimini tashkil etish va taʼminlash, banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish. Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini, shu jumladan, kelishuv boʻyicha hukumat rezervlarini saqlash va boshqarish, davlat byudjetining kassa ijrosini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir. 1.Markaziy bank faoliyatining maqsadi. Markaziy bankning tashkiliy to’zilishi. Markaziy bankning funktsiyalari. Markaziy bank – kredit tizimining bosh banki bo`lib, mamlakatda pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi. Birinchi markaziy banklar bundan qariyib uch yuz yil oldin tijorat banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668 yilda tashkil bo`lgan Shved Riks Jiro banki, 1694 yilda tashkil qilingan Angliya banklaridir. Yevropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechroq, asosan XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko`rsata boshlagan. AQShda Markaziy bank funksiyasini 12 federal rezerv bankidan iborat federal rezerv tizimi bajaradi. Markaziy bank kapitaliga bo’lgan mulk shakliga ko’ra ular Davlat (kapital davlatga tegishli) aktsioner va aralash kapitalli turlariga bo’linadi. Ba’zi Markaziy banklar Davlat banklari ko’rinishlarida shakllanadilar. Ularga Nemis Federal Banki (Germaniya Buides banki). 1957 yilda Rexs bankning davomchisi (1975 yilda paydo bo’lgan ) sifatida shakllandi. Ba’zi Markaziy banklar- oldin xususiy bank masalan, Angliya banki ( 1694 ), Frantsiya banklari (1800y.) sifatida keyinchalik esa milliylashtirilib davlat bankiga aylantirilgan. Aktsioner turidagi Markaziy bank qatoriga AKSh FRT (Federal Rezerv tizimi) kiritish mumkin. FRS 1913 yildagi Federal Rezerv asosida paydo bo’lgan aralash turdagi Markaziy banklar jumlasiga kapitalida davlat, aktsioner va xususiy va kapital ishtirok etgan banklar kiradi. Bu guruxlar qatoriga kiruvchi Yaponiya banklar (1882y.) misol kilinib keltirilishi mumkin. Qonun buyicha 1942yilda 55% ustav kapitali davlatga tegishlidir. Deyarli barcha mamlakatlarda Markaziy bank xukukiy meyorlarini tartibga soluvchi, aniklovchi (belgilovchi) qonunlar mavjuddir. Turli mamlakatlarda Markaziy banklarga turli funktsiyalarni belgilab berilishi mumkin. Lekin Markaziy bank doimo Davlat va bank belgilarini o’zida mujassamlashtirilgan o’zida Davlatning tartibga soluvchi organi bo’lib qoladi. Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining asosiy qismi bo’lib xisoblanadi. Markaziy bank- birinchi o’rinda davlat va iqtisodiyot o`rtasida vositachi bo’lib xizmat qiladi. Ammo Markaziy bank o’z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo`ymaydi. Markaziy bankning asosiy maqsadi bo’lib milliy valyuta kursini barqaror holatda saqlash va shu orqali mamlakat hududida baholar barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bugungi kunda har qanday davlatning moliya-kredit tizimida eng asosiy va muhim o’rinni rasmiy pul-kredit siyosatini yurgizuvchi - Markaziy bank egallaydi. O’z navbatida pul-kredit siyosati byudjet siyosati bilan birgalikda iqtisodiyotni butun mamlakat miqyosida tartibga solishning asosi bo’lib hisoblanadi. Banklar paydo bulishining boshlang`ich davrlarida ular markaziy emissiya yoki tijorat banklari tariqasida yuzaga kelgan emas, ya’ni ular o’rtasida xozirgidek bo’linish bo`lmagan. Bank ishi rivojlanishining birinchi bosqichlarida rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklari kapitallarni yig’ish maqsadida muomalaga banknotalar chiqarganlar. Banklarning yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni muomalaga chiqarish yirik tijorat banklar qo’liga o’ta borgan va keyinchalik biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu bank milliy yoki emission bank keyinchalik Markaziy bank deb atalgan. Markaziy bank ya’ni kredit tizimini boshqarib turuvchi, barcha banklar faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit instituti sifatida namoyon bo’ladi. Jaxon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo’li mavjud. Birinchi yo’l - bu uzok davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida, ularni milliylashtirish yo’li bilan Markaziy banklarning tatkil tsilinishi. Bunga misol kilib Angliya bankini 1844yil, Frantsiya bankini 1848 yil, Ispaniya banki 1874 yil, Germaniya Reyxsbanki - 1875 yil, Italiyada 1893 yilda, Ispaniyada 1874 yilda mavjud banklarning emission markaz sifatida faoliyat ko’rsatishga moslashganligini keltirish mumkin. Ikkinchi yo’l - tashkil kilingadayok Markaziy bank -emission markaz sifatida kabul qilingan banklar. Bunday banklarga AKShning Federal banklari, 1913 yillarda kupgina Lotin Amerika mamlakatlarda tashkil kilingan banklar, Avstriya banki va boshqalarni misol keltirish mumkin. AKShda Markaziy bank funktsiyasinm 12 federal rezerv bankdan iborat Federal Rezerv tizimi bajaradi. Federal rezerv banklar aktsioner banklar bo’lib, bu banklarning aktsionerlari sifatida milliy tijorat banklari faoliyat ko’rsatadi. Tijorat banklar aktsioner sifatida dividend olishadi. Dividend miqdori 6% dan oshmasligi kerak. Jaxonda o’z faoliyatini olib borishda eng mustakil bo’lgan banklardan biri bu Nemis Federal banki - Bundes bank zxisoblanadi. Ba’zi bir davlatlarda Markaziy bank parlamentga xisobot beradi- Ko’pgina hollarda Markaziy banklar o’z faoliyatida mustaqil bo’lsada, shu bilan birga davlat banki xisoblanadi: O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki faoliyati "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 124-moddasida O'zbekiston Respublikasining bank tizimini Respublika Markaziy banki boshqarishi belgilangan. O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq Markaziy bank yuridik shaxs hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir. Markaziy bank - o'z sarf-xarajatlarini o'zining daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir. Markaziy bank davlatga qarashli yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan va moliyaviy faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi. Markaziy bank davlat organi bo'lib, o'z vakolatlari doirasida yagona davlat pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqadi, qonuniy to'lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko'rinishdagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega, davlat tomonidan valyutani tartibga soluvchi va nazoratini olib boruvchi organ hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti sifatida banklar va boshqa kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi. Markaziy bankning mol-mulki uning pul va boshqa moddiy boyliklaridan iborat bo'lib, ularning qiymati Markaziy bank balansida aks ettiriladi. Markaziy bank quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: -banknotalar (naqd pullar) emissiyasi, -davlatning oltin - valyuta zaxiralarini saqlash, -pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni muvofiqlashtirish, -kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish, -davlat banki sifatida faoliyat ko’rsatish, -to’lov-xisob munosabatlarini tashkil qilishni belgilab berish, -valyuta kursini muvofiqlashtirish. Jahonning barcha mamlakatlarida banknotalarni muomalaga chiqarish funktsiyasi Markaziy banklarning asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi va u bu sohada monopol huquqga ega. Kredit pullar Markaziy bank tomonidan qonunda belgilangan ravishda chiqariladi va Markaziy bank muomalaga chiqarilgan pullarning qaytib bankga kelib tushishi choralarini ishlab chiqishlari zarur. Markaziy banklar mamlakat valyuta rezervlarini o’zida yig’adi va burezervlar xaltaro xisob-kitoblarni amalga oshirish, to’lov balansi defitsitini koplash va mamlakat uilliy valyutasi kursining barqarorligini ta’minlash uchun ishlatiladi. Markaziy bank orkali davlatning iktisodiy siyosati, yanada anikrogi davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati davlatning shugisodni boshkarish siyosatining bir qismi bo’lib, muomaladagi pul massasi, kredit xajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko’rsatkichlarini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlar yig’indisidan tashkil topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barkarorligini ta’minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o’rnatish asosida inflyatsiya sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradoryaigini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o’sishini ta’minlashdan iborat. Pul-kredit siyosati ikki yo’nalishda olib borilishi mumkin. Birinchi yo’nalish - kredit ekspantsiyasi bo’lib, bu siyosat pul-kredit emissiyasini rag’batlantirish yo’li bilan olib boriladi, ya’ni ishlab chikarish sur’atlari tushib ketgan holda, konyunkturada rivojlanishga erishish mumkin. Ikkinchi yo’nalish - kredit restriktsiya siyosati bo’lib, u iqtisodiy o’sish davrida pul-kredit emissiyasining qiskarishiga asoslanadi. Markaziy bank “tor” va “keng” ma’noda pul -kredat siyosatini olib borishi mumkin. “Tor” siyosatda valyuta bozorida investitsiya, xisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar buyicha foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi boshqa instrumentlar yordamida valyuta kursini maqbulliliga erishish tushuniladi. “Keng” siyosatda muomaladagi pul massasiga ta’sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi ko’rash olib borish tushiniladi. Pul-kredit siyosatining xalqaro jixatlari valyuta kursi, valyuta rezervlari va to’lov balansi kabi masalalarning echimiga karatilgan bo’ladi. Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib boradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo’lib quyidagilar xisoblanadi: -minimal majburiy rezerv normalarini o’rnatish, -foiz (diskont) siyosati , -tijorat banklarini qayta moliyalashtirish, -ochiq bozor siyosati, -targetlash va boshqalar. Download 37.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling