2-Maruza Alternativ energiya manbalari fanining fan va texnika taraqqiyoti rivojlantirishdagi o’rni. Jaxondagi hozirgi mavjud energetik va ekologik muammolar


Gidroelektrostansiyalarning muhitga ta’siri


Download 22.08 Kb.
bet3/3
Sana11.09.2023
Hajmi22.08 Kb.
#1675852
1   2   3
Bog'liq
2-Maruza Alternativ energiya manbalari fanining fan va texnika t

Gidroelektrostansiyalarning muhitga ta’siri
Hozirgi vaqtda Er yuzida ishlab chiqilayotgan elektr energiyasining 23 % gidroelektrostansiyalar hissasiga to`g`ri keladi. O`zbekistonda esa bu ko`rsatkich 8,5 – 13 % (4,0 – 6,5 mlrd. KVt/s. Bu sohaning ham ekologik vaziyatga ta’siri sezilarli darajada. Uzluksiz suv oqimini tashkil qilish esa suv omborlari qurish va ularda suv to`plashni taqozo qiladi. Suv omborlarining tabiiy muhitga ta’siri nimada? Birinchidan, tekislik maydonlarda quriladigan suv omborlari yuzlab, minglab gektar unumdor erlarni egallaydi. Ikkinchidan, suv omborlari o`zlarining atrofidagi hududlardagi er osti suvlari sathining ko`tarilishiga, ikkilamchi sho`rlanish jarayonini keltirib chiqarishga sabab bo`ladi. Uchinchidan, suv ombori yaqinidagi hududlarda joylashgan aholi punktlari suv toshqini xavfidan holi bo`lmaydi. Bundan tashqari er ostidagi tektonik harakatlar natijasida bunday joylarda to`g`onlarning buzilish xavfi ham yuqori bo`ladi. 1960 yilda Hindistonda suv ombori to`g`onining buzilishi 15 ming kishining halok bo`lishiga sabab bo`ldi. Suv omborlarining tashkil qilinishi ularning joylashgan mintaqalari atmosfera havosiga ham ta’sir qiladi. Bunday joylarda suvning bug`lanib turishidan o`ziga xos mikroiqlim hosil bo`ladi - havoning harorati boshqa erlarga ko`ra odatda past bo`ladi, tumanli kunlar nisbatan ko`p bo`lib, quyosh radiasiyasi kamayadi, suv ombori va atrofdagi quruqlik er orasida issiqlik balansi o`zgarishidan shamolli kunlar ko`payadi. Buning oqibati dehqonchilikka ham ta’sir ko`rsatadi. Suv omborining tashkil qilinishi mahalliy joyning ekotizimlarini tubdan o`zgartirib yuboradi, to`g`onlarda to`plangan zararli moddalar esa ko`pgina suv organizmlari uchun ekologik vaziyatni yomonlashtirishi mumkin. Mana shu sabablarga ko`ra kelajakda jahon energobalansida gidroelektrostansiyalar ulushini 5 % dan oshirilmaslik ko`zda tutilmoqda.[3]
Download 22.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling