2-ma’ruza: arab alkimyosi ajratilgan vaqt – 2 soat O`quv mashg`ulоtining maqsadi


Download 68.33 Kb.
bet7/16
Sana25.11.2021
Hajmi68.33 Kb.
#177435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
2 5271757152485116436

Abu Rayhon Beruniy
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o’rta asrning eng buyuk olimlaridan biridir. Beruniy fizika, matematika va tabiiy-tarixiy fanlarni egallagan buyuk qomusiy darg’a va Xorazmning ko’zga ko’ringan siyosiy arboblaridan biri ham bo’lgan. Xorazm tilidan tashqari sug’diy, fors, yunon, hind, suryoniy, qadimgi yahudiy tillarini bilar edi. Beruniyni ustozi Abu Nasr Mansur ibn Iroq Yevklid geometriyasi va Ptolomeyning astronomik ta’limoti bilan tanishtiradi. Juda yosh bo’lishiga qaramasdan O’rta Osiyoda birinchi globus yaratdi. Kuzatishlar uchun o’zi astronomik asboblar ixtiro etgan.

Geograf Klavdiy Ptolemey (90-168-yy.) o’zining „Geografiyaga qo’llanma“ kitobining 12 qismida meridianlar, parallellar va aholi punktlarini ko’rsatuvchi globus tayyorlash qo’llanmasini beradi. Ammo bu qo’llanmaga muvofiq biror kishining globus yasagani haqida ma’lumot saqlanmagan. Adabiyotlarda qayd qilinishicha, birinchi ilmiy globus 1492-yili ritsar Martin Bexaym tomonidan yasalgan deb e’tirof etiladi. „Geode­ziya“ asarida esa dastlabki globus O’rta Osiyo va Yaqin Sharqda Beruniy tomonidan yasalgani isbotlandi.

Tog’ cho’qqisidan ko’rinadigan gorizont chizig’ini kuzatish yo’li bi­lan Beruniy ungacha va undan keyin hech kim erishmagan aniqlikda Yer qit’asi o’lchamlarini topgan, 10 kattalikdagi Yer meridiani aylanasining uzunligini Beruniy 110624 metr deb hisoblagan. Zamonaviy astronomik va geografik o’lchashlar natijasida bu kattalik 111,1 km ekanligi isbotlanganini e’tiborga olsak, Beruniy bor-yo’gi 476 metrga adashganining guvohi bo’lamiz.

1010-yili Beruniyni Abu Abbos Ma’mun II ibn Ma’mun (997-1017-yy.) Urganchga “Ma’mun akademiyasi” ilmiy markaziga taklif qiladi. Bu akademiyaga o’sha zamonning olim, shoir va faylasuflarini to’playdi, lekin “Ma’mun akademiyasi” 1017-yilgacha o’zining faoliyatini davom etdi, holos. Bu davrda olim kamyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida eng murakkab kuzatish va tajribalar o’tkazish imkoniga ega bo’ldi va “Mineralogiya” kitobining yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Abu Rayhon Beruniy ham simob metall emas, balki “metallar onasi” deb hisoblaydi, o’zining qomusiy “Mineralogiya” (1048-yil) asarida metallar guruhida simobni oltindan oldinga qo’yadi va ularning zichligini juda katta mahorat bilan aniqlab chiqadi.

Beruniy Urganchda yashagan davrida Ibn Sino bilan yozishmalar olib borgan. Bizgacha faqat 18 tasi yetib kelgan bu xatlarlarda fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issiqdan va suvning esa muzlash paytida kengayishi, nurning qaytishi va sinishi kabi masalalar ustida ikki olim tortishishadi. javoblarning mazmunidan Aristotelning aql bilan his qilish orqali chiqargan xulosalariga Beruniy o’zining kuzatish va tajriba orqali aniqlagan xulosalarini qarshi qo’yadi, Ibn Sino esa Aristotelni himoya qiladi.

1030-yili Beruniy Hindiston nomli mashhur eng yirik asari “Tahqiq mo-l-Dind min ma’qula masbo’la fil-aql av marzula” (“Hindlarning aqlga sig’adigan va aqlga sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash”) ni yaratdi. U Hindiston asarini yozish uchun sanskrit tilini o’rgangan va Hindiston shimolidagi Nandia qal’asida yashab, hind madaniyati, adabiyoti va mashhur olimlari bilan yaqindan tanishgan. Akade­mik V.R. Rozen: “Sharq va G’arbning qadimgi va O’rta asrdagi butun ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar yo’q”- deb yozgan edi.

Beruniyning “qimmatbaho toshlarni bilib olishga oid ma’lumotlar kitobi” (“Kitob ul-jamohir fi ma’rifat ul-javohir”), ya’ni G’arbda mashhur “Mineralogiya” asaridir. Bu kitob 1048-yi­li G’aznada yozilgan, birinchi marta qimmatbaho toshlarning solishtirma og’irligini aniqlagan. Buning uchun etalon (ya’ni “kutb”) sifatida oltin andoza qilib olingan. Beruniy astrono­miyaga oid maxsus asari “Mas’ud qonuni” (“Al-Qonun al-Mas’udiy”) ni o’z himoyachisi Sulton Ma’sudga bag’ishlaydi. “Al-qonun al-Mas’udiy” asari matematika va astro­nomiyaga oid Beruniygacha yozilgan barcha kitoblar izini o’chirib yubordi”, - deb yozadi tarixchi Yoqut al-Hamaviy.
1-jadval


Download 68.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling