2-Ma’ruza Avtomobil yo’llarini topografik xaritada trassalash. Avtomobil trassasi bo’ylab teodolit va nivelirda bajariladigan ishlar. Avtomobil trassasi bo’ylab geometric niverlirlash ishlari mohiyati


Nivelirlash natijalariga qayta ishlov berish


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1573029
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-ma\'ruza

Nivelirlash natijalariga qayta ishlov berish. Bu jarayon dala jurnalini 
tekshirishdan boshlanadi. Burchak va tomonlar oʻlchash natijalariga asoslanib 
trassaning burilish uchlari koordinatalari hisoblanadi. Keyin trassaning barcha 
nuqtalarining koordinatalari aniqlanadi. Buning uchun nivelirlash yoʻli boʻyicha nisbiy 
balandliklar yigʻindisi hisoblanadi va ohirgi reperlar (markalar) otmetkalaridan 
foydalanib nivelir yoʻlining
𝑓

balandlik bogʻlanmasligi hisoblanadi.
𝑓

= ∑ ℎ − (𝐻
0
− 𝐻
𝑏

bunda: 
𝐻
0
,𝐻
𝑏
- boshlangʻich va oxirgi reperlarning otmetkalari. 
Keyin ushbu bogʻlanmaslikning yoʻl qoʻyarli qiymati hisoblanadi, agarda 
hisoblangan bogʻlanmaslik qiymati yoʻl qoʻyarli qiymatdan oshib ketmasa
𝑓

bogʻlanmaslik qiymati teskari ishora bilan barcha nisbiy balandliklarga teng 
ravishda taqsimlanadi.
Bogʻlovchi nuqtalar otmetkalari boshlangʻich nuqtaning berilgan N

otmetkasidan
foydalanib hisoblanadi. Hisoblash natijasida ohirgi nuqtaning berilgan N
0
otmetkasi 
kelib chiqishi kerak. Oraliq nuqtalar otmetkalari asbob gorizonti orqali hisoblanadi.
Trassaning boʻylama va koʻndalang profilini tuzish. Trassaning boʻylama 
profili inshootni loyihalash va qurish uchun zarur boʻladi.
U millimetrli qogʻozga piketlash va nivelirlash jurnali ma’lumotlari asosida 
tuziladi. Trassa profili ifodali (tushunarli) koʻrinishi uchun vertikal masofa masshtabi 
gorizontal masofa masshtabidan 10 baravar yirik qilib tanlanadi. Turli inshootlar uchun 
boʻylama masshtab turlicha qabul qilinadi 
7-boʻlimga barcha piket va plyusli nuqtalar tanlangan gorizontal masshtabda 
belgilanadi. 6-boʻlimga nivelirlash jurnalidan nuqtalar otmetkasi koʻchirib yoziladi, 2 
boʻlimda trassa plani joylashtiriladi.



Boʻlim oʻrtasidan yoʻl oʻqi oʻtkaziladi. Trassadagi tuproqlarni geologik tadqiq 
qilish natijalari birinchi boʻlimda joylashtiriladi. Bu boʻlimning yuqorgi chegarasi 
shartli gorizont chizigʻi deyiladi. 
Shartli gorizont chizigʻining yuqorisida PK 0 nuqtasidan vertikal chiziq (shartli 
gorizont chizigʻiga perpendikulyar) chiqariladi. Bu vertikal chiziqqa qabul qilingan 
vertikal masshtab asosida otmetkalar shkalasi chiziladi. Shartli gorizont chizigʻining 
otmetkasi qilib piket va oraliq nuqtalarining eng kichik otmetkasidan 10-20 m ga kichik 
boʻlgan butun son olinadi (odatda juft son). Soʻngra har bir piket va oraliq nuqtadan 
chiqarilgan vertikal chiziqlarda shkala yordamida piket va oraliq nuqtalarning 
otmetkalari boʻyicha nuqtalar belgilanadi. Bu nuqtalar birin-ketin toʻgʻri chiziq bilan 
birlashtirilib, trassaning boʻylama profili hosil qilinadi. 8-boʻlimda trassaning toʻgʻri va 
egri qismlari koʻrsatiladi. Qayrilish joylari shartli ravishda yoylar bilan ifodalanadi va 
qayrilish oʻngga boʻlsa qavariq yuqoriga, chapga qayrilish boʻlsa qavariq pastga 
qaratiladi. Yoylarning chekka nuqtalaridan perpendikulyar tushiriladi, ular qayrilma 
boshi va qayrilma oxiriga mos boʻlishi kerak.Har bir qayrilma ichiga aylanma 
qayrilmaning asosiy elementlari yoziladi. 4 va 5 boʻlimlarda loyihaviy nishablik va 
otmetkalar joylashtiriladi. Profil tush bilan rasmiylashtiriladi: 2 boʻlimdagi yoʻl oʻqi, 4, 
5, 8 va 9 boʻlimlar va undagi barcha yozuvlar qizil rangda, qolgan boʻlimlar va yozuvlar 
qora rang bilan chiziladi. 
Koʻndalang profil (11.1-rasm) boʻylama profilning vertikal masofasi masshtabiga 
tegishli ravishda bitta masshtabda chiziladi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling