№2 Mа’ruzа Bitumli yoʻl emulsiyalari. Mastika va germetiklar(6 soat) Reja
Download 68.37 Kb. Pdf ko'rish
|
2 Mа (1)
Qatronlar. Toshko‘mir qatroni tarkibiga ko‘mirsimon moddalar, erimaydigan
qattiq qatron smolalari, eriydigan qatron yog‘i bo‘ladi. Qatronning zichligi 0,96-1,3 g sm 3 , pekniki (qatron qoldig‘i) 1,19-1,3 g sm 3 , yumshash xarorati 50-60 0 S teng. Qatron atmosfera ta‘sirida tez eskiradi, biologik muxitga esa qatron bitumga nisbatan chidamli bo‘ladi. Qatron gidroizolyatsiya va o‘rama materiallar tayyorlashda ishlatiladi. Arxitektura yodgorliklarini ta‘mirlash va konservatsiyalashda bitum va qatronlar fundamentlar va er ustki qismlari gidroizolyatsiyasida ishlatilishi mumkin. Bitum yoki qatron va suvdan tashkil topgan suyuq material emulsiya deb ataladi. Emulsiyalar, mineral materiallar yuzasida tez yoyilishi bilan organik mahsulotni 30 foizgacha tejash imkonini beradi. Bitum va qatron emulsiyalari muhit tuzilishiga ega bo‗lib,suv muhit va bitum (qatron) zarrachalari esa faza rolini bajaradi. Yo‗l emulsiyalarida bitum (qatron) taxminan 1 mk kattalikda bo‗lib, muhit tuzilishining 50-60 foizini tashkil etadi. Agar ularning miqdori 70 foiz bo‗lsa, bunday emulsiya yuqori konsentratsiyali emulsiya deyiladi. Bitum (qatron) qutbsiz modda bo‗lib, qutbli suyuqlikda (suvda) yerimaydi. SHuning uchun ular suv bilan kolloid muhit tuzilishini hosil qiladi. Emulsiyaning ikki turi, ya‘ni to‗g‗ri va teskari turi mavjud. To‗g‗ri emulsiya uchun dispyers muhit vazifasini emulgatorning suvli muhiti bajaradi, dispyersiyalangan moddalarning dispyers fazasi kattaligi 1mk bo‗lgan bitum yoki qatronning himoyalovchi emulgator qatlamidan iborat. To‗g‗ri yo‗l emulsiyalari ishqorli va nordon, yuqori va normal konsentratsiyali bo‗lishi mumkin. Har xil suyuqliklar (dispers muhit)da dispers materiallar qattiq zarralarining erishi oqibatida, har xil fizik-kimyoviy tuzilishlar vujudga keladi va bular gomogenlar deb ataladi. Muhit tuzilishi gomogen (bir fazali) yoki getyerogen (ikki yoki ko‗p fazali) fazalardan tashqari, yirik geterogenli juda mayda getyerogenli va ultrageterogenli tuzilmadan iborat bo‗lib, ular juda mayda zarrachalar bilan ultramikroskopik zarrachalardan iboratdir. Download 68.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling