1. Manfaatdor aloqalar. Arxitektura tizimning yuqori darajadagi taqdimoti
bo’lib, bir qator turli manfaatdor tomonlar tomonidan muhokama qilish uchun
bir muammo markazi sifatida foydalaniladi.
2. Tizim tahlili. Tizimni ishlab chiqishning erta bosqichlarida tizim
arxitekturasini yaratish bir qancha tahlillarni talab qiladi. Arxitekturaviy loyiha
yechimlari tizimning ishlab chiqilish, ishonchlilik, keng ko’lamda qo’llanilish va
qayta ishlab chiqilish talablarini qondira olishiga chuqur ta’sir ko’rsatadi.
3. Keng ko’lamli qayta qo’llash. Tizim arxitekturasi modeli tizimning qanday
tashkil qilingani va komponentalar qanday o’zaro ta’sir qilishini ixcham,
boshqarilga ta’rifidir
.
Dasturiy tizim arxitekturasi alohida arxitekturaviy shablonlar va stillarga
asoslangan. Arxitekturaviy shablonlar xuddi klient-server tashkillanishi yoki
bosqichlangan arxitektura kabi tizimni tashkillashtirish tushunchasidir.
Arxitekturaviy shablonlar turli dasturiy tizimlarda qo’llanilgan arxitekturalar
jamlanmasini o’z ichiga oladi. Tizim uchun arxitektura tanlashda ehtiyotkorlik
bilan qaror qabul qilishingiz lozim. Nofunksiyaviy talablar va dastur arxitekturasi
o’rtasida yaqin bog’liqliklar bo’lganligi sababli, siz tanlayotgan arxitekturaviy stil
va tizim, nofunksional tizim talablaridan kelib chiqqan holda tanlanishi lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |