2-ma'ruza. Harakatli o‘yinlarni turlari va ularni pedagogik axamiyati


Download 185.5 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.04.2023
Hajmi185.5 Kb.
#1371305
Bog'liq
2-ma;ruza



2-ma'ruza. Harakatli o‘yinlarni turlari va ularni pedagogik 
axamiyati 
 
 
Pedagog harakatli o‘yinlarning keng qo‘llanilishini ish sharoitini 
hisobga olish bilan har xil pedagogik vazifalarni hal etish uchun 
o‘yinni maxsus tanlab olishi talab qilinadi.Buning uchun ma'lum 
belgilar bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan o‘yinning ishchi guruhi tashkil 
etiladi.
O‘yinlar quyidagicha taqsimlanadi:
1. Ularni mazmuniga ko‘ra murakkablik darajasi bo‘yicha. Oddiy 
o‘yinlardan to murakkab o‘yinlargacha (yarim sportga).
2. Bolalarning yoshi bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga 
olish (7—9, 10—12,13—15 yoshli bolalar uchun o‘yinlar). Bu belgilar 
umumiy ta'lim maktablari uchun jismoniy tarbiya dasturida foydala- 
nilgan (1—4, 5—9-sinflar uchun).
3. O‘yinlarda ko‘proq keladigan harakat turlari bo‘yicha (umum- 
rivojlantiruvchi mashq elementlari bilan o‘ynaladigan o‘yinlar, 
yugurish, balandlikka sakrash bilan o‘ynash, turgan joyda yugurib 
o‘ynash, harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan nishonga uloqtirish 
bilan o‘ynash, koptokni oshirish va ilib olish bilan o‘ynash).
4. O‘yinda ko‘proq namoyon qilinadigan jismoniy sifatlar (kuch, 
chidamlilik, epchillik, tezlik, egiluvchanlikni ko‘proq tarbiyalashga 
yordam beradigan o‘yinlar). Hammasi bo‘lib, bu sifatni tez-tez birga 
qo‘shib bajarilganda namoyon bo‘ladi. O‘yinni harakat turlari va 
jismoniy sifatlari bo‘yicha taqsimlashni asosan jismoniy tarbiya 
bo‘yicha mashg‘ulotlarning barcha shakllarida foydalaniladi.
5. Alohida sport turlariga tayyorlaydigan o‘inlar u yoki bu sport 
turlariga zarur bo‘lgan jismoniy sifatlarni tarbiyalashda, ayrim texnika 
va taktika elementlarini mustahkamlash va takomillashtirishda foyda- 
laniladigan harakatli o‘yinlar.
6. O‘ynovchilarni o‘zaro munosabatiga bog‘liq bo‘lgan o‘yinlar:
a) o‘yinchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri «raqibi» bilan bir-biriga tegmasdan 
o‘ynaladigan o‘yinlar; b) «raqibi» bilan bir-biriga tegish chegaralangan 
o‘yinlar; d) «raqib» bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kurashadigan o‘yinchilar, 
ayrim pedagoglar o‘ynovchilarni o‘zaro munosabati bo‘yicha o‘yin- 
larni taqsimlab, uni «oddiy»ga bo‘ladilar, bunda har bir maqsad 
ketidan yurib boshqalarga nisbatan munosabatsiz bo‘ladi va «mu- 


rakkab» o‘ynovchilarni guruhlarga, jamoalarga, bo‘limlarga bo‘linish


bilan o‘ynaladigan, bunda har bir o‘yinchi o‘zlarining jamoalariga e'tibor beradi.
Turli-tuman ish holatida uni ko‘proq to‘g‘ri tanlashga yordam beradigan boshqa har xil belgilar 
vabo‘yicha guruhlarga ajratila- digan o‘yinlar:
a) mashg‘ulotni tashkil qilish shakli bo‘yicha (darsda, tanaffusda, yig‘ilishlarda, bayramlarda 
o‘tkaziladigan o‘yinlar); b) motor zichligi xususiyati bo‘yicha (katta, o‘rtacha harakatchanlik va kam 
harakatli o‘yinlar); d) ish joylarini va mavsumlarni hisobga olish bilan (yozda, qishda, bino ichida, 
ochiq havoda) o‘ynaladigan o‘yinlar.
Har xil ish sharoitida qo‘yilgan pedagogik vazifani yechish maqsadida o‘yinlar ko‘proq 
batafsil taqsimlash uchun bir vaqtning o‘zida to‘liq bir qator belgilari hisobga olinadi, uning eng 
asosiylari: bolalarning tayyorgarligi va yoshi, o‘smirlar, o‘yinga kiruvchi, harakat turlarini ushbu 
o‘yinlar u yoki boshqa axloqiy-irodaviy va jismoniy sifatlarni ko‘proq namoyon qilish, o‘yinda 
o‘ynovchilarni o‘zaro munosabat prinsiplaridir.
Professor V.G. Yakovlev o‘yinlarning alohida guruhlarini bir- lashtirib, o‘yin qatnashchilarining 
o‘zaro harakati va o‘zaro muno- sabati prinsiplaridan kelib chiqib, jamoa bo‘lib o‘ynaladigan hara- 
katli o‘yinlarning pedagogik tasnifini taklif qildi.
Ushbu tasnif pedagogni bolalarda jamoaning qiziqishini tarbiya- lashga yo‘naltiradi.
Bunday o‘yin materiallarini taqsimlanishi metodik ketma-ketlikni yoki izchillik o‘rnatishni 
yengilashtiradi va o‘yinni mazmuni va shakli bo‘yicha murakkablik darajasini aniqlashga yordam 
beradi.
1.1. HARAKATLI O¹YINLARNINt PEDAtOtIK AHAMIYATI
Bizning mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash amaliyoti shunga guvohlik 
beradiki, bolalarda va o‘smirlarda yuqori axloqiy hamda jismoniy sifatlarni shakllantirishning eng 
muhim vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi 
bolalarning jismoniy tarbiyasida juda katta o‘rin egallaydi, chunki ular salomatlikni saqlash va 
mustahkamlashda, jismoniy rivojlanishni normal bo‘lishiga, harakat malakalarini kompleks 
takomillashtirishga qulaylik tug‘diradi. 




1.2. HARAKATLI O’YINLARNING GIGYENIK 
VA SOG’LOMLASHTIRISH AHAMIYATI
Harakatli o‘yinlarning eng asosiy mazmuni o‘ynovchilarning 
harakatlanishi va turli-tuman harakati hisoblanadi. Uni to‘g‘ri bosh- 
qarib borilganda ular organizmning boshqa sistemalari va nafas olish, 
mushak, yurak-qon tomirlariga samarali ta'sir ko‘rsatadi. Harakatli 
o‘yinlarning funksional faoliyatini oshiradi, tanadagi har xil yirik va 
mayda mushaklarga xilma-xil dinamik ishlarni jalb qiladi, bo‘g‘in- 
lardagi harakatchanlikni oshiradi.
Ayniqsa o‘yinchilarning sog‘lomlashtirish nuqtai nazaridan aha- 
miyati shundan iboratki, harakatli o‘yinlarni ochiq havoda barcha 
fasllarda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
O‘yinda qo‘llaniladigan jismoniy mashqlar ta'siri ostida moddalar 
almashuvi har tomonlama faollashadi (uglevod, oqsil, yog‘ va mine- 
rallar). Mushak ishi ichki sekretsiya bezlarining vazifalarini kuchay- 
tiradi. hug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi va yosh xu- 
susiyatlarini hisobga olish bilan faqatgina mashg‘ulot to‘g‘ri qo‘yil- 
gandagina ana shunday harakatli o‘yinlar yordam beradigan gigiyenik 
va sog‘lomlashtirish ahamiyatiga ega bo‘lish mumkin.
huni hisobga olish kerakki, ya'ni harakatli o‘yinlarda yuklamani 
aniq taqsimlash imkoniyati chegaralangan, chunki har bir o‘yin 
qatnashchisining tayyorgarligini oldindan bilish imkoniyati yo‘q. 
O‘yinda doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi holat, yuqori jo‘shqin- 
likdagi o‘zaro harakatning ayrim o‘yin qatnashchilaridan mashqning 
mazmunini dasturga kiritilmasa yuklamaning o‘lchami hamda yo‘na- 
lishini aniq tartibga solishga imkon bermaydi.
huning uchun jismoniy yuklama optimal bo‘lishi uchun uni kuzatib 
borish zarur. O‘yin bilan muntazam shug‘ullanishda shiddat bilan 
yuklamani qo‘llashi mumkin, chunki bolalar organizmi unga sekin-
asta moslashib borishi kerak.
hug‘ullanuvchilarning asab sistemasiga o‘yin samarali ta'sir 
ko‘rsatib borishi kerak. Bunga optimal yuklama berish yo‘li orqali 
erishiladi, shuningdek, o‘yinni shunday tashkil qilinishi, o‘ynov- 
chilarda ijobiy ruhiy kechinmalarni keltirib chiqaradi, o‘yinni yomon 
tashkil qilinishi, salbiy ruhiy kechinmalariga olib keladi, asab jarayon- 
larining normal ishlashi buziladi, stresslar (qattiq hayajonlanish) paydo 
bo‘ladi, bu esa salomatlikka zarar yetkazadi.


Harakatli o‘yinlarning qoidasi o‘yin qatnashchilarining o‘zaro harakatini tartibga soladi va 
ortiqcha hayajonlanishlarini yo‘qotadi. O‘yin qoidasi bo‘yicha aniq xolisona hakamlik qilish 
o‘yinchilarda ijobiy ruhiy kechinmalarni keltirib chiqaradi.
Harakatli o‘yinlarni muntazam ravishda qo‘llanilishi asab ja- rayonlarida dinamik stereotipni 
ishlab chiqishga yordam beradi, bu esa harakatni bajarishni yengillashtiradi.
O‘yinning ayniqsa yoz va qish fasllarida ochiq havoda o‘tkazilishi (ob-havoni hisobga olish 
bilan) bolalarning chiniqishlariga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda axborot oqimini kuchayib borishi, o‘quv mash- g‘ulotlari vaqtining ortishi
harakatni namoyishi, mushakni zo‘r berishni talab qilinishi, harakatning faolligining 
pasayishi sababli o‘sib kelayotgan yosh avlodda gipodinamiya oshib borishi kuzatiladi. Harakatli 
o‘yinni keng miqiyosda foydalanilishi gipodinamiyani pasaytirishga yordam beradi, chunki 
bu harakat faoliyatini yetishmasligi o‘rnini to‘ldiradi.
Harakatli o‘yinda o‘yinchilar uzoq davom etgan aqliy faoliya- tdan keyin faol dam olishlari 
mumkin. Uni maktabda tanaffus vaqtida, dars tugagandan keyin maydonchada sayr qilish 
vaqtida (kuni uzaytirilgan guruhda), maktabdan qaytib kelgandan keyin uyda va darsni tayyorlab 
bo‘lgandan so‘ng shunday maqsadda qo‘llaniladi. Harakatli o‘yinlar maktabda kichik sinflarda 
iloji boricha dars vaqtida vaqtli jismoniy tarbiya (fizkultpauza) ko‘rinishida o‘tkazilishi kerak, 
chunki 7—8 yoshli bolalar 45 daqiqa davomida zo‘riqadi, ayniqsa o‘quv kunining oxirgi darslarida 
juda ham qiyin bo‘ladi. Parta yonida bolalar bilan qisqagina o‘ynaladigan harakatli o‘yin asab 
markazlarining ishini o‘zgartiradi, dam olishga imkon beradi (asab markazlarining qo‘zg‘alishini 
tormozlaydi) va mushak faoliyatini
faollashtiradi.
Bolalarda jismoniy rivojlanish orqada qolganda harakatli o‘yin- lardan foydalanish zarur, 
chunki u organizmni sog‘lomlashtirishga yordam beradi, jismoniy rivojlanishning umumiy 
darajasini oshiradi.
Harakatli o‘yinlar sanatoriya va statsionarlarda kasal bolalarning salomatligini tiklashda 
maxsus davolash maqsadida qo‘llaniladi. O‘yin jarayonida bolalarda ro‘y beradigan funksional va 
jo‘shqinlikni ruhiy ko‘tarilishiga yordam beradi.

Download 185.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling